Remove ads
Leyboristlar partiyasi -Buyuk Britaniyaning Ishchi partiyasi. Shu mamlakatning ikki yetakchi partiyasidan biri. 1900-yilda tashkil etilgan (1906-yilgacha Ishchilar vakilligi qoʻmitasi deb atalgan). Ikkinchi jahon urushidan soʻng 194551, 1964-70, 1974-79 yillarda hokimiyatni boshqardi. 1997-yilda yana hokimiyat tepasiga keldi.[1]
1929-yilning may oyida Buyuk Britaniyada navbatdagi parlament saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda Leyboristlar, kichik farq bilan bo‘lsa-da, g‘alaba qozondi (287 o‘ringa ega bo‘ldi. Konservatorlar partiyasi 260 o‘ringa ega bo‘ldi). Leyboristlar bu g‘alabaga ko‘mir sanoatini, transport va banklarni milliylashtirish, ishsizlikni tugatish, 7 soatlik ish kunini tiklash, 1927-yilgi tred-yunionlar haqidagi bergan va’dasi tufayli erishdi. Iyun oyida R. Makdonald leyboristlarning ikkinchi hukumatini tuzdi. Leyboristlarning ikkinchi hukumati 1929-yilning kuzida boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi hukumat va’dalarining bajarilishini qiyinlashtirib qo‘ydi. 1930-yil boshlarida Buyuk Britaniyada ham iqtisodiy inqiroz boshlandi va u 1932-yilda o‘z cho‘qqisiga chiqdi. Shu yili sanoat ishlab chiqarishi 1929-yilga nisbatan 20 foizga qisqardi. Ishsizlar soni 3—3,5 mln kishini tashkil etdi. Funt sterling qiymati uchdan birga qadrsizlandi. Real ish haqi kamaydi. Qishloq xo‘jaligida ham ishlab chiqarish qisqardi. Tashqi savdo hajmi keskin kamaydi. Buyuk Britaniyani an’anaviy bozorlardan siqib chiqarish jarayoni kuchaydi. Shunday sharoitda ham hukumat qator va’dalarni bajardi. Chunonchi, ko‘mir konlarida 7 soatlik ish kuni joriy etildi. Ishsizlik bo‘yicha, sug‘urta to‘g‘risida yangi qonun qabul qilindi. Ishsizlik bo‘yicha nafaqa olish muddati 3 oydan bir yilga uzaytirildi. Ishsizlikka qarshi kurash bo‘yicha yangi vazirlik va ishsizlar uchun ish qidirish bo‘yicha maxsus qo‘mita tashkil etildi. Bu tadbirlar ishsizlarning ahvolini ma’lum darajada yaxshilashga xizmat qildi. Biroq yirik kapital tazyiqi ostida kun tartibida ish haqini, ishsizlik nafaqalarini kamaytirish, bilvosita soliqlarni oshirish masalasi ko‘ndalang bo‘lib qoldi. Bu hol Leyboristlar partiyasining bo‘linib ketishiga olib keldi. Yuqorida qayd etilgan masala tarafdori bo‘lgan R. Makdonald 1931-yil 25-avgustda «Milliy hukumat» deb atalgan koalitsion hukumat tuzdi (uning tarkibiga milliy-leyboristlar, milliy-liberallar va konservatorlar partiyasi vakillari kirdi). Shunday sharoitda, 1931-yil oktabr oyida parlamentga navbatdan tashqari saylov o‘tkazildi. Unda konservatorlar partiyasi g‘alaba qozondi (740 o‘rin). Yana milliy hukumat (1931—1935) tuzildi. Uni yana R. Makdonald boshqardi. Hukumat ish haqini va ijtimoiy sohalarga ajratiladigan xarajatlarni kamaytirish hisobiga inqirozdan chiqish dasturini amalga oshira boshladi. Ingliz kapitalining chetga ko‘plab chiqib ketishidan qo‘rqqan hukumat funt sterlingning oltinga nisbatan qiymatini bekor qildi. Binobarin, endilikda funt sterling oltinga almashtirilmaydigan bo‘ldi. Ayni paytda AQSH va Fransiya banklari Buyuk Britaniyaga 80 mln funt sterling miqdorda qarz berdi. Hukumat tashqi savdoda erkin savdodan voz kechish va proteksionizm (milliy iqtisodiyotni himoya qilish) yo‘lidan bordi. Unga ko‘ra, imperiya tarkibiga kiruvchi hududlarda ingliz tovarlaridan olinadigan boj chet davlatlar tovarlarinikidan 10 foiz kam miqdorda belgilandi. Bu tadbir Buyuk Britaniyaning imperiya bozorlaridagi mavqeyini mustahkamladi.1929-yilning may oyida Buyuk Britaniyada navbatdagi parlament saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda Leyboristlar, kichik farq bilan bo‘lsa-da, g‘alaba qozondi (287 o‘ringa ega bo‘ldi. Konservatorlar partiyasi 260 o‘ringa ega bo‘ldi). Leyboristlar bu g‘alabaga ko‘mir sanoatini, transport va banklarni milliylashtirish, ishsizlikni tugatish, 7 soatlik ish kunini tiklash, 1927-yilgi tred-yunionlar haqidagi bergan va’dasi tufayli erishdi. Iyun oyida R. Makdonald leyboristlarning ikkinchi hukumatini tuzdi. Leyboristlarning ikkinchi hukumati 61 1929-yilning kuzida boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi hukumat va’dalarining bajarilishini qiyinlashtirib qo‘ydi. 1930-yil boshlarida Buyuk Britaniyada ham iqtisodiy inqiroz boshlandi va u 1932-yilda o‘z cho‘qqisiga chiqdi. Shu yili sanoat ishlab chiqarishi 1929-yilga nisbatan 20 foizga qisqardi. Ishsizlar soni 3—3,5 mln kishini tashkil etdi. Funt sterling qiymati uchdan birga qadrsizlandi. Real ish haqi kamaydi. Qishloq xo‘jaligida ham ishlab chiqarish qisqardi. Tashqi savdo hajmi keskin kamaydi. Buyuk Britaniyani an’anaviy bozorlardan siqib chiqarish jarayoni kuchaydi. Shunday sharoitda ham hukumat qator va’dalarni bajardi. Chunonchi, ko‘mir konlarida 7 soatlik ish kuni joriy etildi. Ishsizlik bo‘yicha, sug‘urta to‘g‘risida yangi qonun qabul qilindi. Ishsizlik bo‘yicha nafaqa olish muddati 3 oydan bir yilga uzaytirildi. Ishsizlikka qarshi kurash bo‘yicha yangi vazirlik va ishsizlar uchun ish qidirish bo‘yicha maxsus qo‘mita tashkil etildi. Bu tadbirlar ishsizlarning ahvolini ma’lum darajada yaxshilashga xizmat qildi. Biroq yirik kapital tazyiqi ostida kun tartibida ish haqini, ishsizlik nafaqalarini kamaytirish, bilvosita soliqlarni oshirish masalasi ko‘ndalang bo‘lib qoldi. Bu hol Leyboristlar partiyasining bo‘linib ketishiga olib keldi. Yuqorida qayd etilgan masala tarafdori bo‘lgan R. Makdonald 1931-yil 25-avgustda «Milliy hukumat» deb atalgan koalitsion hukumat tuzdi (uning tarkibiga milliy-leyboristlar, milliy-liberallar va konservatorlar partiyasi vakillari kirdi). Shunday sharoitda, 1931-yil oktabr oyida parlamentga navbatdan tashqari saylov o‘tkazildi. Unda konservatorlar partiyasi g‘alaba qozondi (740 o‘rin). Yana milliy hukumat (1931—1935) tuzildi. Uni yana R. Makdonald boshqardi. Hukumat ish haqini va ijtimoiy sohalarga ajratiladigan xarajatlarni kamaytirish hisobiga inqirozdan chiqish dasturini amalga oshira boshladi. Ingliz kapitalining chetga ko‘plab chiqib ketishidan qo‘rqqan hukumat funt sterlingning oltinga nisbatan qiymatini bekor qildi. Binobarin, endilikda funt sterling oltinga almashtirilmaydigan bo‘ldi. Ayni paytda AQSH va Fransiya banklari Buyuk Britaniyaga 80 mln funt sterling miqdorda qarz berdi. Hukumat tashqi savdoda erkin savdodan voz kechish va proteksionizm (milliy iqtisodiyotni himoya qilish) yo‘lidan bordi. Unga ko‘ra, imperiya tarkibiga kiruvchi hududlarda ingliz tovarlaridan olinadigan boj chet davlatlar tovarlarinikidan 10 foiz kam miqdorda belgilandi. Bu tadbir Buyuk Britaniyaning imperiya bozorlaridagi mavqeyini mustahkamladi.
Bu ishtirokchi tarixga qiziqadi. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.