From Wikipedia, the free encyclopedia
Sosiska (fransuzcha: saucisse) — qaynatilgan qiyma goʻshti yoki uning oʻrnini bosuvchi mahsulotlardan tayyorlangan kolbasa mahsuloti. Bu kichik kolbasa koʻrinishida boʻlsada, undan farqli oʻlaroq qoida tariqasida, termik ishlov ishlov berilgandan (qaynatish, qovurish) keyin isteʼmol qilinadi. Qalin kalta kolbasa sardelka[1] nomi bilan mashhur. Choʻchqa goʻshti, shpik solingan (ogʻirligi boʻyicha 30 %) 4 smli kalta sardelkalar shpikachka deb ataladi[2][3][4].
Zamonaviy sosiska 1805-yil 13-noyabrda Frankfurtdan Venaga koʻchib oʻtgan qassob Iogann Laner (1772—1845) tomonidan ixtiro qilingan. Sosiskalarni aynan kim ixtiro qilgani haqidagi savol Frankfurt va Vena shaharlari oʻrtasida uzoq vaqtdan beri davom etayotgan bahsli masaladir. Sosiskalar Frankfurtda oʻrta asrlardan beri ishlab chiqarilgan. Ammo Vena sosikalarini tayyorlashda birinchilardan boʻlib mol goʻshti va choʻchqa goʻshti aralashmasi ishlatilgan. Bu retsept hozirgi zamonaviy sosikalarga tadbiq qilinadi.
Sovet Ittifoqi davrida kolbasa mahsulotlarini ommaviy ishlab chiqarish 1936-yilda oziq-ovqat sanoati xalq komissari Anastas Mikoyan yangi goʻsht mahsulotlarini ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi buyruqni imzolaganida yoʻlga qoʻyilgan[5]. Xuddi shu yillarda Moskva, Leningrad, Engels, Sverdlovsk shaharlarida oʻsha davr uchun eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan yigirmadan ortiq yirik goʻshtni qayta ishlash zavodlari qurildi.
Sosiskalar turlari ham hajmi, ham rangi jihatidan sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Ushbu guruh mahsulotlarining umumiy xususiyatlari elastiklikdir (bosgandan keyin shaklini tiklashi kerak). Ularda yogʻli dogʻlar boʻlmasligi kerak, agar sosiska sunʼiy qobiqda boʻlsa, unda silliq boʻlishi kerak. Muzlatilgan sosiska tahminan bir oy davomida saqlanishi mumkin.
Sosiskaning klassik navlari Frankfurt[7], oq myunxen sosiskasi va Vena (choʻchqa goʻshti va mol goʻshti, ziravorlar bilan tayyorlangan)sosiskalari. Kolbasalarning boshqa turlariga parhezbop (parranda goʻshtidan), soyali, gril sosiskalar (grillda qovurish uchun), sut mahsulotlari qoʻshilgan (ularning tarkibiga yogʻlilik darajasi 28 % dan koʻp boʻlmagan sut kukuni qoʻshiladi), qaymoqli (quruq qaymoq qoʻshilgan holda), ovchilik (yuqori darajada dudlangan ingichka), buzoq goʻshtidan (mol goʻshti, qaymoq), doktorlik (doktorlik kolbasasi retsepti), havaskor, pishloqli, dudlangan choʻchqa goʻshtilik, sardelkalar kiradi.
Kolbasa hayvonlarning ichaklari yoki jelatindan tayyorlangan tabiiy qobiqlarda ham, poliamid qoplamalarda ham ishlab chiqarilishi mumkin. Tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan qobiq isteʼmol uchun tayyor boʻladi. Plastik qobiq esa isitish yoki qovurishdan oldin olib tashlanadi. Har qanday goʻsht mahsulotlari kabi sosiskalarning saqlash muddati cheklangan.
Sosiskalar navidan kelib chiqib qaynatilishi, qovurilishi, hom holda isteʼmol qilinishi, boʻlaklarga boʻlinib boshqa taomlarga qoʻshilishi, mangalda tayyorlanishi, qiyma qilib maydalanishi mumkin. Sosiska bilan tayyorlanadigan yana boshqa taomlar orasida xamirga oʻralgan sosika, hot dog, korn doglar uchraydi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.