From Wikipedia, the free encyclopedia
Korn dog (inglizcha: corn dog — "makkajoʻxori iti") — sosiska boʻlagi makkajoʻxori unidan tayyorlangan xamir bilan qoplanib, qizib turgan yogʻda qovurib olinadi. U sosiskali bulochka yoki hot dogning analogidir Deyarli har doim yogʻoch tayoqchalar bilan beriladi. Lekin baʼzi dastlabki versiyalarda tayoqchalari boʻlmagan.
Korn dog ning kelib chiqishi bilan bogʻliq baʼzi baxsli fikrlar mavjud. Qaysidir maʼnoda u 1920-yillarda AQShda paydo boʻlib,1940-yillarda milliy miqyosda ommalashgan. 1927-yilda patent uchun hujjat topshirilgan, 1929-yilda tasdiqlangan. pishirish jarayonini himoya qiluvchi AQSh patentida tayoqdagi qovurilgan ovqat haqida maʼlumot keltirilgan[1]. Oshxona kolleksiyalarining 300 yilida muallif Linda Franklin Kempbellning taʼkidlashicha, korn dog uchun birinchi mashina (Krusty Korn Dog baker) 1929-yilda ulgurji mehmonxona va restoran oziq-ovqat katalogida paydo boʻlgan. Korn doglar makkajoʻxori unidan boʻlgan xamir bilan pishirilgan, tayyor holatida makkajoʻxori soʻtasini yodga solardi[2].
The New York Times gazetasida „Korn dog“ga ishora qiluvchi maqola 1947-yildayoq yozilgan[3].Bir qancha sotuvchilar esa corn dogni aynan ular ixtiro qilganlarini daʼvo qilmoqdalar.
Korn dog koʻcha taomlari yoki tez tayyor boʻluvchi taom turiga kiradi. Baʻzi sotuvchilar yoki restaratorlar korn doglarni dasturxonga tortishdan yoki xaridorga berishdan oldin qovurishadi[4]. Bu turdagi taomlarni Shimoliy Amerikadagi deyarli har qanday supermarketda yaxna holatda topish mumkin, faqat uni qizdirib olish kerak boʻladi. Baʼzi sotuvchilar muzlagan yemakni eritib, qoʻngʻir rangga kirguniga bir sidra qovurib oladilar. Tayyor muzlatilgan Korn doglar mikrotoʻlqinli pechda pishirib olinishi mumkin, ammo ustki qatlami chiroyli chiqmaydi[5][6][7]. Bu taomlarni shunchaki oʻzini yoki ketchup, xantal va mayonez kabi turli xil souslar bilan isteʼmol qilinish mumkin.
Nonushta uchun sosiskalar frityurda pankeyklar ichiga solib qovuriladi.
Argentinada ular Panchukers deb ataladi va asosan vokzal yaqinida, sotiladi, shuningdek, mamlakatning markaziy qismida ham juda mashhur. Koʻpincha koʻchalarda sotiladi, baʻzan ichiga pishloq ham solinishi mumkin. Koʻp souslar bilan isteʼmol qilinadi.
Avstraliyada corn dog mintaqaga qarab Dagwood Dog, Pluto Pup yoki Dippy Dog nomlari bilan mashhur.
Amerikaliklar har yili mart oyining birinchi shanbasida Milliy Corn dog kunini nishonlaydilar.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.