Sherbaqti (tuman)
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Sherbaqti tumani — Pavlodar viloyatining tarkibidagi tuman. Aholisi 2012-yilgi statistika boʻyicha 21,349 kishi, Maydoni 6,9 ming km2. Tuman markazi — Sherbaqti qishlogʻi.
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Pavlodar viloyati |
Maʼmuriy markazi | Sherbaqti |
Asos solingan sanasi | 1928-yil |
Rasmiy tillar | qozoq, rus |
Aholi (2012) | 21 349[1] |
Millatlar tarkibi |
Qozoqlar - 41,36% Ruslar - 34,83% Ukrainlar - 11,74% Olmonlar - 6,82% Tatarlar - 1,7% Beloruslar - 0,84% Ingushlar - 0,75%[1] |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, Xristianlar |
Maydoni | 6,9 ming km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Pochta indeksi | 141100-141113[2] |
Avtomobil raqami kodi | S, 14 |
Xaritada | |
52°30′0″N 78°9′36″E |
1928-yili 17-yanvarda tarkibida shu paytda Volodarskiy deb nomlanuvchi hozirgi Sherbaqti tumani ham mavjud, jami 9 tumanni oʻz tarkibiga olgan Pavlodar okrugi tashkil topdi. Sherbaqti tumanining markazi Voznesenka qishlogʻi boʻldi. 1930-yillarning boshida Sherbaqti tumani Sharqiy Qozogʻiston viloyatining tarkibida boʻldi. 1938-yining 15-yanvaridan boshlab Pavlodar viloyatining tarkibiga kirdi. 1930-yillarning boshidan chegaralar doimiy ravishda oʻzgarishga uchrab turdi va qishloq-sovetlarga boʻlindi. 1944-yilning 8-mayida tuman Tsuryupinskiy va Galkinskiy boʻlib ikkiga boʻlindi. 1963-yilning 2-yanvarida Sherbaqti tumanining nomi Tsuryupiskiy tumanidan Sherbaktinskiy boʻlib oʻzgartildi. Markazi Sherbaqti qishlogʻi boʻldi, viloyat markazi Pavlodar shahridan 85 km uzoqlikda joylashgan. Tumanni Rossiya bilan bogʻlab turuvchi temir yoʻli mavjud.
Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2012-yil):[3]
Tuman aholisining soni 1999-yilda 29,0 ming kishini tashkil qildi, 2012-yilda esa — 21,3 ming kishi tashkil qildi.
Tuman shimoliy tarafidan Uspen tumani bilan, shimoliy-sharqida — Oltoy oʻlkasi bilan, janubiy tarafidan — Lebyaji tumani bilan, gʻarbida — Pavlodar tumanlari bilan chegaradosh.
Tuman iqlimi mutlaq kontinentalli. Tumanda bahor va yoz oylaridagi qurgʻoqchilik boʻladi, qish oyida qahraton sovuq boʻladi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −18º-19 °C, iyul oyiniki — +20º+21 °C. Tumanda asosan yogʻingarchilik bahor oylariga toʻgʻri keladi. Yogʻingarchilikning oʻrtacha miqdori 250–300 mm.
Tuman tarkibida 16 ta qishloq mavjud: Sherbaqti, Aleksandrovskiy, Alekseevskiy, Galkinskiy, Jilbulaq, Ilichyovskiy, Krasilovskiy, Qarabiday, Nazarovskiy, Orlovskiy, Severniy, Sosnovskiy, Tatyanovskiy, Xmelnitskiy, Chigirnovskiy, Shalday. Qishloqlarning pochta indekslari: Aleksandrovka — 141101; Alekseevka — 141102; Bogodarovka — 141103; Galkino — 141104; Krasilovka — 141105; Nazarovka — 141106; Orlovka — 141107; Saxnovka — 141108; Severnoe — 141109; Sosnovka — 141110; Tatyanovka — 141111; Xmelnitskoe — 141112.
Sherbaqti tumanida 28 ta umumiy bilim beruvchi maktab, 1 kasbiy maktab-litsey faoliyat yuritmoqda.
Tumanga Sherbaqti markaziy tuman kasalxonasi hizmat koʻrsatadi.
1931-yildan buyon tuman „Tribuna“ roʻznomasi nashr qilinmoqda. Tumanda Sherbaqti markaziy tuman kutubxonasi mavjud. Monumentalli tarixiy yodgorliklari: 1920-yili Fuqoro urushi fahriylarining ziyorathogi, Aleksandrovka qishlogʻi Mehnat unvoni haykali, DT-54 traktori, 1979-y., Saxnovka qishlogʻi. Ulugʻ Vatan Urushida vafot etganlar uchun memorial.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.