Lebyaji (tuman)
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Lebyaji tumani 1939-yili tashkil topgan, Pavlodar viloyatining janubiy-sharqida joylashgan va janubiy-sharqida rossiyaning Oltoy oʻlkasi bilan, shimolida Sherbaqti tumani bilan chegaradosh, gaʼrbda tuman chegarasi Irtish orqali oʻtadi. Tuman maydoni 806,1 ming km2. Pavlodar shahrigacha oraliq masofa 120 km. Tuman markazi — Aqqu qishlogʻi.
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Pavlodar viloyati |
Maʼmuriy markazi | Aqqu |
Asos solingan sanasi | 1939-yil |
Rasmiy tillar | qozoq |
Aholi (2012) | 13 972[1] |
Zichligi | 1,72 kishi./km² |
Millatlar tarkibi |
Qozoqlar - 80,9% Ruslar - 11,32% Ukrainlar - 1,54% Olmonlar - 1,72% Tatarlar - 1,43% Chechenlar - 0,88% Boshqirdlar - 0,42% Beloruslar - 0,46%[1] |
Dinlar tarkibi | musulmonlar |
Maydoni | 8,1 ming km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 71839[2] |
Pochta indeksi | 140700-140710[3] |
Avtomobil raqami kodi | S, 14 |
Xaritada | |
51°30′0″N 78°10′0″E |
Shimolida Pavlodar va Sherbaqti tumanlari bilan, sharqida — Oltoy oʻlkasi bilan, janubida — Sharqiy Qozogʻiston viloyati bilan, gʻarbida — May tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududidan Pavlodar — Semey avtomobil yoʻli oʻtadi.
Tuman iqlimi jiddiy kontinentalli. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17º-18 °C, iyulniki — +20º+21 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 250–300 mm tashkil qiladi.
Tuman aholisining milliy tarkibi (2010-yil 1-yannvar):[4]
Tuman Qozoq KSR Oliy Kengash Prezidiumining 1939-yilgi 16-oktabrdagi farmoniga binoan Lebyaji qishlogʻi markazi bilan Besqaragʻay, Qaganovich va Pavlodar tumanlarini kengaytirish natijasida tashkil topgan. Qozoq KSR Oliy Kengash Prezidiumining 1963-yilgi 2-yanvardagi farmoni bilan Lebyaji tuman tarqatildi, uning hududi esa Pavlodar tumanining tarkibiga qoʻshildi. Qazaq KSR Oliy Kengash Prezidiumining 1964-yilgi 31-dekabrdagi farmoniga binoan Lebyaji tumani qayta tashkil topdi. Qozogʻiston Respublikasining 1992-yilgi 18-dekabrdagi „Semey yaderli poligonidagi yaderli tajribadan zarar koʻrgan fuqorolarga ijtimoiy himoyalash haqidagi“ qonunga muofiq tuman radiatsiyali xavfli hudud hisoblanadi.
Tuman tarkibida 11 qishloq bor: Lebyaji, Baymoʻlda, Jambul, Qazin, Qizilagʻash, Kizilasker, Mayqaragʻay, Malibay, Shaqi, Sharbaqti, Yamishevo.
Tuman hududida 27 ta bilim beruvchi mahkamalar bor, shulardan 1 maxsus oʻrta, 18 oʻrta, 4 asosiy, 1 boshlangʻich, 3 maktab yoshigacha. Shu jumladan 6 filiali bor 305 kishi ishlaydigan bolalar-yosh oʻspirimlar sport maktabi bor.
Tibbiyot obʼektlari 24, uning 1 markaziy tuman kasalxonasi, 1 silga qarshi kasalxona, 8 shifokorlik ambulatoriya, 14 tibbiyot punkti.
Tuman boʻyicha 18 madaniyat obʼektlari, 24 kutubxona va 1 „Bulaq“ kompleksi faoliyat yuritadi. „Aqqu kuyi“ tuman nashri chiqadi. (1940-yildan buyon).
Ijtimoiy mehnat qahramonlari:
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.