Shehnaaz Gill

From Wikipedia, the free encyclopedia

Shehnaaz Gill
Remove ads

Shehnaaz Gill (hindcha: शहनाज गिल, ruscha: Шехнааз Гилл, 1993-yil 27-yanvar, 1994-yil) — hind aktrisasi, modeli va qoʻshiqchisi, asosan hind televideniesi va filmlarida faoliyat olib borgan[5]. U modellik faoliyatini 2015-yilgi Shiv Di Kitaab klipi bilan boshlagan[6][7]. 2017-yilda u Sat Shri Akaal England panjabi filmida aktrisa sifatida debyut qildi. 2019-yilda u Bigg Boss 13 realiti-shousida ishtirok etdi[8] va u yerda ikkinchi oʻrinni egalladi[9].

Qisqa faktlar Tavalludi, Fuqaroligi ...
Remove ads

Yoshligi

Gill 1993-yil 27-yanvar yoki 1994-yilda tugʻilgan va Hindistonning Panjob shahrida oʻsgan. U asli panjoblik va sikxlar oilasiga mansub. U aktyorlik qilishni va qoʻshiq aytishni yaxshi koʻrardi va bolaligidan aktyor boʻlishni orzu qilgan[10]. U Dalhousie Hilltop maktabida oʻqigan va Fagvaradagi Lovely Professional universitetini tamomlagan. 

Faoliyati

Gill oʻz faoliyatini 2015-yilda Shiv Di Kitaab filmida ishtirok etishdan boshlagan. Gill 2016-yilda Majhe Di Jatti va Pindaan Diyan Kudiyaan filmlarida rollari bilan tanilgan. Gillning yana Garri Sandhu bilan Yeah Baby Refix nomli bir musiqiy videosida suratga tushdi[11]. Gill shuningdek, 2017-yilda Sat Shri Akaal England, 2019-yilda Kala Shah Kala va Daaka kabi baʼzi panjob filmlarida rol ijro etgan[12]. 2019-yil sentyabr oyida Gill Bigg Boss 13 teleshousida ishtirokchi sifatida ishtirok etdi. U Bigg Boss uyida boʻlganida, uning birinchi „Veham「 singli, keyin esa „Sidewalk「, „Range「 va „Ronda Ali Peti「 kabi boshqa singllari chiqdi.  Mavsum 2020-yil fevral oyida yakunlandi, u yerda Gill ikkinchi oʻrinni egalladi[13]. 2020-yil fevral oyida u Mujhse Shaadi Karogeda faoliyat boshladi, ammo u COVID-19 pandemiyasi tufayli bir oy ichida tugatildi[14]. Keyin Gill bir qator musiqiy videolarda suratga tushdi, jumladan Bhula Dunga[15], Keh Gayi Sorry[16], Kurta Pijama[17], Waada Hai[18], Shona Shona[19] va Fly[20]. 2021-yilda Gill Diljit Dosanjhga bilan bosh rolda panjobilik Honsla Rakh filmida rol ijro etadigan boʻldi[21].

Thumb
Gill 2022-yilda studiyada suratga tushdi
Remove ads

Filmografiyasi

Filmlari

Batafsil maʼlumot Yil, Sarlavha ...

Tele-shoulari

Batafsil maʼlumot Yil, Sarlavha ...

Mehmon chiqishlari

Batafsil maʼlumot Yil, Sarlavha ...

Musiqiy videolari

Batafsil maʼlumot Year, Title ...
Remove ads

Diskografiyasi

Batafsil maʼlumot Yil, Sarlavha ...
Remove ads

Manbalar

Loading content...
Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads