From Wikipedia, the free encyclopedia
Sergey Elefertovich Lebedev (ruscha: Сергей Элефертович Лебедев; 1969-yil 31-yanvar, Oʻzbekiston SSR, Sovet Ittifoqi) – nafaqadagi yarim himoyachi. Lebedev Oʻzbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi boʻlib, u faoliyati davomida jami 33 ta oʻyin oʻtkazib, 10 ta gol urgan. Keyinchalik u futbol murabbiyi boʻldi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Sergey Elefertovich Lebedev | ||
Tavallud sanasi | 31-yanvar 1969-yil | ||
Tavallud joyi | Fargʻona Oʻzbekiston SSR | ||
Boʻyi | 1.76 m (5 ft 9 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Murabbiy | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1985–1987 | FC Turbina Naberezhnye | 55 | (8) |
1988 | Dynamo Kirov | 3 | (0) |
1989 | Neftchi Fargʻona | 3 | (0) |
1989 | Dynamo Kirov | 39 | (8) |
1990–1991 | Neftchi Fargʻona | 54 | (7) |
1992–1999 | Neftchi Fargʻona | 196 | (60) |
1999 | Shinnik Yaroslavl | 2 | (0) |
2000–2001 | Nasaf Qarshi | 50 | (0) |
2002–2004 | Neftchi Fargʻona | 58 | (6) |
2004 | Soʻgʻdiyona Jizzax | 11 | (1) |
2005 | Metallurg Bekobod | 10 | (0) |
2006 | Neftchi Fargʻona | 2 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
1994–2000 | Oʻzbekiston | 33 | (10) |
Boshqargan klublari | |||
2008—2013 | Neftchi Fargʻona (assistant) | ||
2014—2017 | Yozyovon (assistant) | ||
2017—2019 | Istiqlol Fargʻona (coach) | ||
2019—2020 | Neftchi Fargʻona | ||
2022— | FarDU | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Sergey Lebedev Fargʻona shahrida tugʻilgan boʻlib, 1985-yilda Brejnev shahridan SSSR ikkinchi ligasi Turbina jamoasi tarkibida ustalar jamoalarida futbol maydonlarida oʻynagan. 1988-yildan boshlab u ikki yil davomida ikkinchi liganing Dinamo (Kirov) va „Neftchi“ (Fargʻona) klublarida almashdi. 1990-yilda u nihoyat Fargʻona jamoasi futbolchisiga aylandi va u bilan oʻsha yili ikkinchi liganing bufer zonasi turnirida gʻolib chiqdi, keyingi yili esa SSSR birinchi ligasida uning tarkibida oʻynadi. SSSR parchalanib, Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilinganidan keyin Lebedev Fargʻona jamoasi tarkibida Oʻzbekiston oliy divizionida toʻp suradi. Oʻz oʻyinlari davomida toʻrt karra mamlakat chempioni boʻldi, 1994-yilda esa jamoa bilan birgalikda Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylandi. 1999-yilda Sergey Lebedev qisqa muddat Rossiyaning Shinnik klubida toʻp surgan, shundan soʻng Oʻzbekistonga qaytib, 2000-2001 yillarda „Nasaf“ klubida toʻp surgan. 2002-yilda yana Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga qaytdi. 2004-yil Jizzatning „Soʻgʻdiyona“ klubida, 2005-yilda esa Bekobodning „Metalurg“ klubida bir yil oʻynagan. Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibida 2006-yilda futbol maydonlarida oʻyinlarini yakunlagan.[1]
1994-yilda Sergey Lebedev 1994-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish uchun milliy terma jamoaga kiritildi. OFK bu yil terma jamoalar safiga faqat 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilarni jalb qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa-da, bu turnirga deyarli barcha jamoalar eng kuchli tarkib bilan kelgan. Lebedev terma jamoa safida Osiyo oʻyinlarida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qildi va bu oʻyinda gol urdi.[2] Sergey Lebedev ham Xitoy jamoasiga qarshi final oʻyinida gol urib, jamoaga turnir gʻolibi boʻlishiga yordam berdi.[3] Keyinchalik, terma jamoa tarkibida u ikkita Osiyo kubogida ishtirok etdi – 1996 va 2000-yillarda, lekin Oʻzbekiston terma jamoasi bunday muvaffaqiyatga erisha olmadi. 2000-yilda terma jamoadagi oʻyinlarini yakunladi. U terma jamoa tarkibida jami 33ta oʻyinda maydonga tushib, 10ta gol urgan.
1997-yilda Sergey Lebedev Roberto Karlos, Jorj Vea, Luis Enrike kabi futbolchilar bilan birga Gonkongning XXR suverenitetiga qaytishiga bagʻishlangan oʻyinda jahon terma jamoasi safida oʻynagan postsovet hududidan yagona futbolchiga aylandi. Enrike va boshqa bir qator mashhur futbolchilar.[4]
Futbolchi faoliyatini yakunlaganidan soʻng bir necha yillik tanaffusdan soʻng Sergey Lebedev murabbiylik faoliyatini boshladi. 2010-yildan soʻng oʻzining sobiq klubi „Neftchi“ (Fargʻona) murabbiylar shtabiga qoʻshildi va shu kungacha oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.[5]
Futbolchilik faoliyati | ||
---|---|---|
1985—1987 | Turbina (Brejnev) | 55 (8) |
1988 | Dinamo (Kirov) | 3 (0) |
1989 | Neftchi (Fargʻona) | 3 (0) |
1989 | Dinamo (Kirov) | 39 (8) |
1990—1991 | Neftchi (Fargʻona) | 54 (7) |
1992—1999 | Neftchi (Fargʻona) | 196 (60) |
1999 | Shinnik | 2 (0) |
2000—2001 | Nasaf | 50 (0) |
2002—2004 | Neftchi (Fargʻona) | 58 (6) |
2004 | Soʻgʻdiyona | 11 (1) |
2005 | Metallurg (Bekobod) | 10 (0) |
2006 | Neftchi (Fargʻona) | 2 (0) |
Milliy terma jamoa | ||
1994—2000 | Oʻzbekiston | 33 (10) |
Murabbiylik faoliyati | ||
201?—n. v. | Naftchi (Fargʻona) | Yordamchi |
2020 | Neftchi (Fargʻona) |
Shundan keyin Lebedev futboldagi faoliyatini „Neftchi“da yakunlagan. 2014-yilda „Neftchi“da murabbiy yordamchisi boʻlib faoliyat olib borgan[6].
Neftchi (Fargʻona)
Oʻzbekiston terma jamoasi
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.