Saluin, Saluen (bir.: သံလွင်မြစ်; tibetcha: ནག་ཆུ / NagChu; xitoycha Nutszyan) — Xitoy va Myanmadagi daryo, qisman Myanma bilan Tailand oʻrtasida chegara vazifasini oʻtaydi. Uzunligi 3200 km, havzasining maydoni 325 ming km². Tangla tizmasidagi muzliklardan boshlanadi. Yunnan va Shan togʻliklaridagi chuqur daralarda sharshara va ostonalar hosil qilib oqadi. Quyi qismida sohil boʻyi tekisligida oqib, Andaman dengiziga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 6700 m³/sek., yozda suvi toshadi. Quyi oqimda kema qatnaydi. Quyilish yerida Molamyayn dengiz porti joylashgan[1].
Manbalar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.