From Wikipedia, the free encyclopedia
Birma tili – Xitoy-tibet til oilasiga mansub tibet-birma tillar guruhiga kiradi. Myanma davlatining rasmiy tili. Bu tilda 30 mln.dan ortiq kishi gaplashadi. Toʻrt – shimoliy, markaziy, tavoy va arakan lahjalariga boʻlinadi. Birma tili boʻgʻinli va ohangli tillardan boʻlib, tuzilish jihatdan analitik (ayiruvchi) boʻlsada, unda talay agglyutinativ unsurlar mavjud. Ot shakllari yasalishida maxsus postpozitiv koʻmakchi soʻzlar va feʼl shakllarida agglyutinativ qoʻshimchalar, ayrim prefiks lar va baʼzan koʻmakchi soʻzlar asosiy oʻrin tutadi. Leksik jihatdan tub soʻzlar bilan birga paliy tilidan uzlashtirilgan suzlar ham qoʻllanadi. Uslub jihatdan ikki – yozma va ogʻzaki koʻrinishga ega, bular bir-biridan grammatik va leksik jihatdan farqdanadi. Birma tili alifbosi qadimiy hind yozuvi brahmiyning janubiy tarmogʻidan kelib chiqqan[2].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.