From Wikipedia, the free encyclopedia
Salome Zurabishvili[lower-alpha 1] (fransuzcha: Salomé Zourabichvili, gruzincha: სალომე ზურაბიშვილი, gruzincha talaffuzi: saɫome zuɾabiʃʷili, 1952-yil 18-martda tugʻilgan) — fransuz va gruziyalik siyosatchi, sobiq diplomat, 2018-yildan Gruziyaning beshinchi prezidenti. Salome Zurabishvili Gruziya prezidenti etib saylangan birinchi ayol prezident hisoblanadi[2]. 2024-yilda kuchga kiradigan konstitutsiyaviy oʻzgarishlar natijasida Zurabishvili Gruziyaning xalq tomonidan saylangan soʻnggi prezidenti boʻlishi kutilmoqda. Boʻlajak davlat rahbarlari bilvosita parlament saylovchilar kollegiyasi tomonidan saylanadi.
Salome Zurabishvili | |
---|---|
სალომე ზურაბიშვილი | |
Salome Zurabishvili 2024-yilda | |
5-Gruziya Prezidenti | |
Mansab davri 16-dekabr 2018-yil | |
Bosh vazir |
Mamuka Baxtadze Giorgi Gaxariya Irakliy Garibashvili Irakliy Kobaxidze |
Oʻtmishdoshi | Georgi Margvelashvili |
Gruziya parlamenti deputati | |
Mansab davri 18-noyabr 2016-yil – 22-dekabr 2018-yil | |
Oʻtmishdoshi | Zaza Papuashvili |
Vorisi | Lado Kaxadze |
Parlament guruhi | Mustaqil |
Saylov okrugi | Mtatsminda |
Gruziya Tashqi ishlar vaziri | |
Mansab davri 20-mart 2004-yil – 18-oktyabr 2005-yil | |
Prezident | Mixail Saakashvili |
Bosh vazir |
Zurab Jvaniya Zurab Nogaideli |
Oʻtmishdoshi | Tedo Japaridze |
Vorisi | Gela Bejuashvili |
Gruziya yoʻli rahbari | |
Mansab davri 11-mart 2006-yil – 12-noyabr 2010-yil | |
Oʻtmishdoshi | Partiya shkil etilgan |
Vorisi | Kaxa Seturidze |
Fransiyaning Gruziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi | |
Mansab davri oktyabr 2003-yil – 20-mart 2004-yil | |
Prezident | Jacques Chirac |
Oʻtmishdoshi | Mireille Musso |
Vorisi | Philippe Lefort |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
18-mart 1952-yil Parij, Fransiya |
Millati | Fransuz (2018-yilgacha) |
Siyosiy partiyasi |
Gruziya yoʻli (2006-2011)[1] Mustaqil (2011 — hozirgi kungacha) |
Turmush oʻrtogʻi |
|
Bolalari | 2 |
Qarindoshlari |
Niko Nikoladze (katta bobosi} Hélène Carrère d'Encausse (amakivachchasi) |
Istiqomat joy(lar)i | Atoneli qarorgohi, Tbilisi, Gruziya |
Taʼlim |
Parij siyosiy tadqiqotlar instituti Columbia universiteti |
Imzosi |
Salome Zurabishvili 1921-yilda Qizil Armiya Gruziya Demokratik Respublikasiga bostirib kirishi ortidan Fransiyaga qochib ketgan gruziyalik emigrantlar oilasida tugʻilgan[3]. Uning otasi, kasb-hunar muhandisi Levan Zurabishvili koʻp yillar davomida Fransiya Gruziya uyushmasi (AGF) raisi boʻlib ishlagan[4]. Levan XIX asr oxirlarida sotsial-demokratik partiya aʼzosi boʻlgan, Rossiya imperiyasi davrida Gruziya liberal ziyolilarining nufuzli rahbari boʻlgan tadbirkor, filantrop va gruzin siyosatchisi Niko Nikoladzening (1843-1928) ona tomondan nabirasi[5]. Uning onasi Zaynab Kedia (1921-2016) Gruziya Demokratik Respublikasi xavfsizlik xizmati rahbari Melkisedek Kedianing qizi edi[6].
Salome Zurabishvilining bitta ukasi bor. Otar Zurabishvili—shifokor, yozuvchi va AGFning 2006-yildan beri raisi[7]. Salome Zurabishvili hamda Otar Zurabishvili Fransiya akademiyasining aʼzosi boʻlgan tarixchi Hélène Carrère dʼEncausse va faylasuf Fransua Zurabichvilining amakivachchalaridir[8].
Salome Nino Zurabichvili 1952-yil 18-martda Parijda tugʻilgan va 1921-yilda Gruziya Demokratik Respublikasi qulaganidan beri Parij va Leuville-sur-Orge oʻrtasida joylashgan Fransiyadagi gruzinlar jamoasida oʻsgan[3]. Gruziyaning surgundagi hukumati bilan yaqin aloqada boʻlgan taniqli muhojir oilasida tarbiyalangan, diaspora uning bolaligida mamlakat bilan boʻlgan yagona aloqasi boʻlib, bir vaqtlar shunday degan edi:
Temir parda tushishidan oldingi yillarda Gruziya bilan aloqa yoʻq edi - na xatlar, na gazetalar, na tashriflar. Biz uchun u faqat kitoblarda mavjud boʻlgan afsonaviy mamlakat edi[3].
17 yoshida Zurabishvili bakalavr natijalarini oldi. Bu unga 1969-yil sentyabr oyida Parij siyosiy tadqiqotlar institutiga „dahshatli tayyorgarlik yilida toʻgʻridan-toʻgʻri oʻqishga kirish imtiyozi“ imkonini berdi[9]. 1970-yil may oyida uning „1917 va 1923-yillar oraligʻida Yevropada inqilob va aksilinqilob“ mavzusidagi yakuniy imtihon mavzusini tanlash unga institutda oʻqishni kafolatladi[9]. Keyinchalik 2019-yilda maktab Rerum novarum, Kulturkampf va Aleksandr II islohotlari mavzusidagi natijalarini „gʻalaba“ deb taʼriflagan[9].
1970-yilda Zurabishvili Xalqaro fanlar boʻlimiga qoʻshildi, diplomatik xizmat yoʻliga institutning 4000 nafar talabasidan faqat ozchilik kirgan, ulardan uchdan biri ayollar edi[9]. U bir qator taniqli fransuz professorlari, jumladan, tarixchilar Jean-Baptiste Duroselle, Louis Chevalier, uning amakivachchasi Hélène Carrère dʼEncausse va Parij siyosiy tadqiqotlar institutida dars beradiagan yagona ayol xalqaro huquqshunos Suzanne Bastid kabi bir qancha taniqli fransuz professorlari qoʻlida tahsil olgan[9]. Zurabishvili oʻz taʼlimini Sovet dunyosiga qaratdi va 1972-yil iyul oyida Parij siyosiy tadqiqotlar institutini tugatdi[9].
Parij siyosiy tadqiqotlar instituti Bosh kotibi René Henry-Gréardning tavsiya maktubida, ikkinchisi uni „uyatchanligi“ga qaramay, „alohida fazilatlarga“ ega boʻlgan talaba sifatida tasvirlangan[9]. Zurabishvili 1972-1973 yillarda Columbiya universitetiga oʻqishga kirdi. Universitetda uch tomonlama komissiya direktori boʻlgan Zbignev Bjezinskiy uni Sovet siyosati va Sovuq urush diplomatiyasi boʻyicha oʻqitgan[10].
Zurabishvilining soʻzlariga koʻra, diplomatiya sohasida kasb tanlash bir kun kelib Gruziyaga yordam berishda muhim rol oʻynashga umid qilish bilan bogʻliq[3].
Zurabishvili 2006-yilda Parij siyosiy tadqiqotlar institutiga qaytdi, bu safar Gruziya Tashqi ishlar vaziri lavozimidan ketganidan koʻp oʻtmay professor sifatida ish boshladi[9]. Salome Zurabashvili 2014-yilgacha Parij xalqaro munosabatlar maktabida ishladi, yirik davlatlarning tashqi siyosati, postsovet dunyosi, SSSR parchalanganidan keyin Yevroosiyoning rivojlanishi va uning qulashi sabablaridan dars bergan[9]. Bu postda u inqiroz davridagi Yevropa Ittifoqi taraqqiyotini akademik tahlil qildi[9]. Bir talaba keyinchalik uning darslarini „muhim bahslarni ragʻbatlantiruvchi“ deb taʼriflaydi[9].
Zurabishvili Parij siyosiy tadqiqotlar instituti taxsil olgan birinchi davlat rahbari va ayol professori hisoblanadi[9].
Jahon banki iqtisodchisi Nikolas Gorjestani bilan birinchi turmushidan Zurabishvilining ikki farzandi bor: Kethevane (France 24 jurnalisti[11]) va Teimouraz (fransuz diplomati[12]). 1993-yilda u Fransiyada siyosiy qochqin boʻlgan nufuzli gruzin yozuvchisi va jurnalisti, ikkinchi turmush oʻrtogʻi Janri Kashiaga uylandi. Kashia 2012-yilda vafot etgan[13].
Zurabishvili fransuz va gruzin tillaridan tashqari ingliz va italyan tillarida bemalol soʻzlasha oladi[14].
Zurabishvili 1974-yilda Fransiya diplomatik xizmatiga kirish uchun oʻqishni tashlab ketdi[15]. 1977-yilgacha Fransiyaning Rimdagi elchixonasiga uchinchi kotib sifatida yuborildi[16], shundan soʻng 1980-yilgacha Fransiyaning BMTdagi Doimiy vakolatxonasining ikkinchi kotibi lavozimida faoliyat olib bordi[17]. Tajribali diplomat Jak Lepret qoʻl ostida ishlagan holda Zurabishvili 1978-yil oktyabr va 1980-yil yanvar oylarida Fransiyani BMT Xavfsizlik Kengashiga ikki marta raislik qilgan.
Parijga qaytgach, Salome Fransiya Tashqi ishlar vazirligining Siyosatni rejalashtirish boʻlimi xodimi boʻlib ishladi, 1984-yilda Vashingtondagi Fransiya elchixonasining birinchi kotibi sifatida AQShga qaytib keldi[18]. AQShga qaytgach, Elchi Emmanuel de Margerie boshchiligida, siyosiy va harbiy boʻlimda ishlagan va AQSh-Sovet munosabatlariga eʼtibor qaratgan[3]. Aynan shu lavozim paytida u 1986-yil onasini olib, birinchi marta Gruziyaga tashrif buyurgan[3]. 1988-yildan 1989-yilgacha Salome Vena shahriga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik konferensiyasidagi Fransiya missiyasining birinchi kotibi sifatida yuborilgan va u oddiy kuchlarni qisqartirish boʻyicha fransuz muzokaralar guruhini boshqargan[19].
1989—1992-yillarda Chaddagi Fransiya elchixonasining ikkinchi maslahatchisi boʻldi[19]. Uning Chaddagi muddati Fransiya tomonidan qoʻllab-quvvatlangan davlat toʻntarishi natijasida Idriss Déby tomonidan hokimiyatni qoʻlga kiritish bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi.
1992-yilda Zurabishvili Fransiyaning Gʻarbiy Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili oʻrinbosari boʻlishdan oldin, 1993-yildan 1996-yilgacha Fransiyaning NATOdagi doimiy vakolatxonasiga birinchi kotib etib tayinlandi[19].
1996—1997-yillarda Parijdagi Tashqi ishlar vazirligida texnik maslahatchi lavozimida ishlagan.
2003—2004-yillarda Zurabishvili Fransiyaning Gruziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi boʻlgan[19].
Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili uni yangi hukumatda tashqi ishlar vaziri lavozimiga taklif qildi. Zurabishvili 2004-yil 18-martda Gruziyada bu lavozimga tayinlangan birinchi ayol boʻldi[20].
Zurabishvili BMT Xavfsizlik Kengashining Eronga qarshi sanksiyalar qoʻmitasiga yordam beruvchi ekspertlar guruhining koordinatori boʻlgan[21].
Gruziya tashqi ishlar vaziri sifatida Zurabishvili 2005-yil 19-mayda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan imzolangan Rossiya harbiy bazalarini Gruziya hududidan olib chiqish boʻyicha kelishuvning asosiy muzokarachisidir[22]. Zurabishvilining tashqi ishlar vaziri boʻlgan davrida Ukraina, Litva, Latviya, Estoniya, Ruminiya, Bolgariya, Chexiya va Polshani birlashtirgan „Gruziyaning yangi doʻstlari guruhi“ Gruziyaning NATOga boʻlgan intilishlariga yordam berish va Yevropa ittifoqini qoʻllab-quvvatlash uchun tuzildi.
Zourabishvili 2005-yil 19-oktyabrda parlament aʼzolari bilan boʻlgan bir qator tortishuvlardan soʻng bosh vazir Zurab Nogaideli tomonidan ishdan boʻshatildi[23]. U Gruziyaning bir qator elchilari tomonidan ham qattiq tanqid qilingan. Uning ishdan boʻshatilishi eʼlon qilinishidan biroz oldin, Zurabishvili vazirlik davrida unga maosh toʻlashda davom etgan Fransiya tashqi ishlar xizmatidan isteʼfoga chiqdi va siyosat bilan shugʻullanish uchun Gruziyada qolishini eʼlon qildi.
2005-yil noyabr oyida Zurabishvili „Salome Zurabishvili harakati“ tashkilotini tuzdi. 2006-yil yanvar oyida u Gruziya yoʻli yangi siyosiy partiyasi tashkil etilganini eʼlon qilib, mamlakatdagi „de-fakto bir partiyaviy tizimni“ tanqid qildi[24]. Zurabishvili Gruziyada maʼlum darajada obroʻ-eʼtiborga ega boʻlsa-da, uzoq muddat siyosiy sohada oʻzini koʻrsata olmadi. 2006-yil 5-oktabrda Tbilisida boʻlib oʻtgan shahar kengashiga saylovda okrugning atigi 2,77 foizi uning partiyasiga ovoz bergan. Olti oy oldin Gruziyaning haftalik nashri Kviris Palitra oʻtkazgan soʻrovda Zurabishvili prezidentlik saylovlarida 23,1% ovoz toʻplashini koʻrsatgan edi.
Gruziya muxolifatining 2009-yilda prezident Mixail Saakashvilini isteʼfoga majburlash kampaniyasi doirasida Zurabishvili 2009-yil 26-mart kuni Tbilisida muxolifatning yana uchta taniqli arbobi — Nino Burjanadze, David Gamkrelidze va Eka Beseliya bilan birgalikda norozilik yurishini oʻtkazdi[25].
2010-yil 12-noyabrda Zurabichvili Gruziya yoʻli yetakchiligidan ketishini eʼlon qildi. Uning oʻrniga Kaxa Seturidze keldi[26]. Siyosatdan ikki yillik taʼtildan soʻng, u 2013-yilgi prezidentlik saylovlari oldidan Gruzin orzusini omma oldida maʼqulladi[27]. Koʻp oʻtmay, Gruziya Markaziy saylov komissiyasi uni Gruziya-Fransiya fuqaroligi boʻlgani sababli prezidentlikka nomzod sifatida roʻyxatga olishdan bosh tortdi[28].
2016-yil 8-oktabrda boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida Zurabishvili Tbilisining Mtatsminda tumani vakili boʻlgan mustaqil deputatlik mandatini qoʻlga kiritdi. 18-noyabr kuni Zurabishvili deputat boʻldi. Deputatlik davrida Salome parlamentning Diaspora va Kavkaz masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻlgan[29].
2017-yil 20-aprelda televideniyega bergan intervyusida Zurabishvili 2018-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi haqida „hech qanday gap-soʻz boʻlmasligini“ aytdi. 2018-yil 6-avgust kuni hovlisida oʻtkazilgan brifingda u saylovda ishtirok etish istagini bildirdi. 2018-yil 16-avgustda u prezidentlik kampaniyasini rasman Imereti viloyati, Didi Jixayshi qishlogʻidagi ajdodlari Niko Nikoladze uy-muzeyidan boshladi.
2018-yilning 23-avgustida, saylovlarga ikki oy qolganda, Zurabishvili prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun Fransiya fuqaroligidan voz kechdi. Gruziya konstitutsiyasiga koʻra, ikki fuqarolik shaxsi prezident, bosh vazir yoki parlament raisi lavozimlarini egallashi mumkin emas. 2018-yil 9-sentabrda Gruziya orzusi partiyasi Zurabishvilining prezidentlik saylovlarida mustaqil nomzodini qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qildi.
Prezident saylovi 2018-yilning 23-oktabr kuni boʻlib oʻtdi. Zurabishvili 38,64 foiz ovoz (615 572 ovoz) oldi va Birlashgan muxolifat nomzodiga qarshi saylovning ikkinchi bosqichida ishtirok etishini taʼminladi. 28-noyabr kuni prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Zurabishvili 59,52% ovoz (1 147 625 ovoz) olib, raqibi Grigol Vasadzeni magʻlub etib, Gruziya tarixidagi birinchi ayol prezident boʻldi.
16-dekabr kuni Telavi shahridagi Erekle II saroyida Gruziyaning 5-prezidentining inauguratsiyasi boʻlib oʻtdi. Zurabishvili marosimga Fransiyada ishlayotgan gruziyalik dizayner Jaba Diasamidze tomonidan yaratilgan Gruziya bayrogʻi ranglari boʻlgan oq va qizil libosni kiygan.
Tadbirda jami 1800 nafar mehmon ishtirok etdi. Tashkilotchilar qaroriga koʻra, sogʻligʻida muammosi boʻlganlardan tashqari barcha mehmonlar tik turib kutib olishdi. Inauguratsiya marosimida Gruziyaning 4-prezidenti Georgi Margvelashvili va uning rafiqasi, Butun Gruziya katolikos-patriarxi Ilya II, Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan, Fransiyaning sobiq prezidenti Nicolas Sarkozy va boshqa delegatsiyalar vakillari ishtirok etishdi.
Zurabishvilining prezident sifatidagi ilk yillik hisoboti 2019-yil 6-mart kuni parlamentning 9-chaqiriqiga taqdim etilgan[30].
2021-yil 20-aprel kuni Zurabishvili Yevropa kengashi prezidenti Charles Michel sharafiga rasmiy kechki ovqat berdi. Kechki ovqatda Yevropa ittifoqining Gruziyadagi elchisi Carl Hartzell va AQSh elchisi Kelly Degnan ishtirok etdi.
2020-yil 10-mart kuni prezident Zurabishvili koronavirus pandemiyasi sababli Bolgariya, Belgiya va Ukrainaga rejalangan tashriflarini bekor qildi. Oʻsha yilning 21-mart kuni u mamlakatda favqulodda holat eʼlon qildi. Favqulodda holat bir oy davom etishi kerak edi. Ammo 2020-yil 21-aprelda prezident 21-maygacha uzaytirgan.
2020-yil 22-dekabr kuni Zurabishvili Orbeliani saroyida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Hans Klugeni qabul qildi. Uchrashuv chogʻida Gruziya tomonidan pandemiya davrida sogʻliqni saqlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar va COVID-19 vaksinasi bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi. 2021-yilning 26-yanvarida Zurabishvili Jeneva xalqaro muzokaralari hamraisi, Yevropa Ittifoqining Janubiy Kavkaz va Gruziyadagi inqiroz boʻyicha maxsus vakili Toivo Klaar bilan uchrashdi.
Zurabishvili Gruziya prezidenti sifatida koʻplab mamlakatlarga tashrif buyurgan va xorijiy davlatlar rahbarlari bilan uchrashgan. 2019-yil 25-sentabr kuni Zurabishvili Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida nutq soʻzladi. Zurabishvili oʻz nutqida Gruziyada kechayotgan siyosiy jarayonlar, sogʻliqni saqlash va iqlim oʻzgarishlari haqida gapirdi.
2020-yil yanvar oyida Belgiyaga, fevralda esa Fransiya va Afgʻonistonga tashrif buyurdi. Shuningdek, Ukraina, Armaniston, Germaniya, Polsha, Latviya, Ozarbayjon va boshqa koʻplab davlatlarga tashrif buyurgan.
2022-yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Gruziyadagi ommaning fikri Rossiyaga qarshi qattiqlashdi va 3-mart kuni bu davlat Moldova bilan birgalikda Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish uchun rasmiy ariza berdi. Gruziya orzusi partiyasi raisi Irakliy Kobaxidze Yevropa Ittifoqi organlarini „favqulodda vaziyatda“ arizani koʻrib chiqish va Gruziyaga Yevropa Ittifoqi aʼzoligiga nomzod maqomini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga chaqirdi[31].
2022-yil may oyida DW News nashriga bergan intervyusida Zurabishvili Gruziya Rossiyaga qoʻyilgan xalqaro moliyaviy sanksiyalarga toʻliq rioya qilishini taʼkidladi. Zurabishvili taʼkidlashicha, Makron boshchiligidagi Fransiya ham, Scholz boshchiligidagi Germaniya ham 2008-yil avgustida Rus-Gruzin urushi oldidan oʻz pozitsiyasini oʻzgartirgan va hozirda ekspansion siyosatni qabul qilmoqda[32].
Zurabishvili prezidentlik kampaniyasi chogʻida, agar saylansa, 2009-yilda Mixail Saakashvilining prezidentligi davrida ochilgan Gruziya tantanalar saroyida ishlamasligini maʼlum qilgan edi. Saylanganidan soʻng u toʻrtinchi prezident bilan Gruziya tantanalar saroyida uchrashdi, ammo uning maʼmuriyati Tbilisining markaziy qismidagi Atoneli koʻchasidagi Orbeliani saroyiga koʻchib oʻtdi[33]. 2018-yil 18-dekabr kuni u birinchi marta Atoneli qarorgohiga tashrif buyurdi. Ommaviy axborot vositalari uni kiraverishda kutib olishdi va Zurabishvili ofisga piyoda kelganiga urgʻu berishdi[34].
Zurabishvilining idorasi kichikroq qarorgohga koʻchib oʻtish bilan bir qatorda, byudjetni sezilarli darajada qisqartirishga duch keldi. 2019-yilgi byudjetga koʻra, prezident maʼmuriyatini moliyalashtirish 3,5 million yevrodan sal koʻproqqa qisqartirildi. Natijada, sobiq xodimlarning aksariyati ishdan boʻshatildi, ulardan faqat 60 nafari maʼmuriyatda qoldi[35].
Oʻzgarishlar, shuningdek, 5 million funt sterlingni tashkil etgan va stipendiyalar, taʼlim dasturlari va boshqa turli loyihalarni moliyalashtirgan Prezident jamgʻarmasining tugatilishiga olib keldi. Bu qaror sobiq prezident Georgi Margvelashvili va sobiq birinchi xonim Maka Chichua uning qolishini targʻib qilganlar tomonidan qattiq tanqid qilindi[36].
Lenta paneli | Mamlakat/Shaxs | Mukofot |
---|---|---|
Fransiya | Chevaliver Faxriy legion ordeni (2003)[37] | |
Fransiya | Milliy xizmatlari uchun ordeni[38] | |
Italiya | Italiya yulduzi ordeni (1978)[38] | |
Italiya | Italiya Respublikasining xizmatlari uchun ordeni (2022)[39] | |
Quddus yunon pravoslav patriarxiyasi | Muqaddas qabr ordeni (2020)[40] | |
Kipr | Makarios III ordeni (2021)[41] |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.