From Wikipedia, the free encyclopedia
Robert Skov (dan. Robert Skov) — daniyalik futbolchi „Hoffenheim“ klubi va Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. 2020-yilgi Yevropa chempionatining yarim finalchisi.
Robert Skov | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlari | |
Ism sharifi | Robert Skov |
Tugʻilgan | 20-may 1996-yil[1][2](26 yosh) Kopengagen, Daniya[3] |
Fuqaroligi | |
Boʻyi | 183 sm |
Vazni | 79 kg |
Pozitsiyasi | yarim himoyachi |
Hozirgi jamoasi | |
Klub | Hoffenheim |
Raqami | 29 |
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Skov oʻz faoliyatini „Silkeborg“da boshlagan. 2013-yil 16-mayda u Daniya Superligasida „Midtyulland“ga qarshi oʻyinda debyut qildi[4]. Mavsum oxirida jamoa ikkinchi ligaga tushib ketdi, biroq oradan bir yil oʻtib yana birinchi ligaga qaytdi. 2014-yil 19-oktabrda „Midtyulland“ga qarshi kechgan bahsda Skov „Silkeborg“ safida ilk golini urdi[5]. 2018-yil boshida Skov „Kopengagen“ga koʻchib oʻtdi. 10-fevral kuni „Randers“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[6]. 25-fevral kuni „Odense“ga qarshi duelda Robert „Kopengagen“ safidagi ilk golini urdi[7]. 4-oktabr kuni Yevropa ligasi doirasida Fransiyaning „Bordo“ klubiga qarshi o‘yinda u gol urdi[8]. Mavsum oxirida Skov klubga chempion boʻlishiga yordam berdi va oʻzi 29 ta gol bilan uning eng yaxshi toʻpurari boʻldi.
2019-yilning yozida Skov Germaniyaning „Hoffenheim“ klubiga oʻtdi. Transfer summasi 10 million yevro deb belgilandi[9]. 18-avgust kuni Frankfurtning „Ayntraxt“ klubiga qarshi oʻyinda u Germaniya Bundesligasida debyut qildi[10]. 1-noyabr kuni „Paderborn 07“ga qarshi oʻyinda Robert „Hoffenheim“ safidagi birinchi golini urdi[11].
2016-yilda Skov Daniya olimpiya terma jamoasi tarkibida Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi. Turnirda u Janubiy Afrika, Braziliya va Nigeriya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[12][13][14]. Afrikaliklarga qarshi kechgan duelda Robert gol urdi.
2019-yil 10-iyun kuni Gruziyaga qarshi 2020-yilgi Yevropa chempionati saralash o‘yinida Skov Daniya terma jamoasi safida debyut qildi[15].
2019-yilda Daniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Skov Italiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Germaniya, Avstriya va Serbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[16][17][18]. Nemislarga qarshi kechgan bahsda Robert gol urdi.
Oʻsha yilning 5-sentabr kuni Gibraltarga qarshi 2020-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinida u milliy terma jamoadagi birinchi golini urgan[19].
№ | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2016-yil 7-avgust | Milliy stadion, Braziliya, Braziliya | Janubiy Afrika | 1 :0 | 1 :0 | Olimpiya oʻyinlari 2016 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.