From Wikipedia, the free encyclopedia
Poligrafiya sanoati - bosma mahsulotlar (kitob, gazeta, jurnal, geografiya haritalari, plakat, blan-kalar, etiketka va boshqa matbaa mahsulotlari), bosma shakllar (muhr va turli shtamplar)ni yasash va maketlarni tayyorlaydigan korxona (bosmaxona)lar tarmogʻi; noshirliknish moddiy-texnika bazasi.
Oʻzbekiston hududida Poligrafiya sanoatining ilk korxonalaridan 1-toshbosma Xivaxoni Muhammad Raqimxon II (Feruz)nint tashabbusi bilan 1874-yilda (Xiva) ish boshlagan. Unda mahalliy matbaachi Ota-jon Abdalov tomonidan 1876-yilda tosh-bosma (litografiya) kitoblar — Ab-dunosir Farohiyning "Nisab us-Si-byon" asari va 1880-yilda Alisher Navoiyning "Hamsa"si ("Hayrat ul-abror" qismi) va boshqa asarlar nashr etilgan. Keyinroq, 1898-yilda Turkiston har-biy okrugi shtabi huzurida (Toshkent-da) yangi, ancha takomillashtirilgan bosmaxona tashkil etilgan. 20-asr boshida matbaa mahsulotlariga boʻlgan ehti-yojlarning oshib borishi bilan poligrafiya korxonalarining soni koʻpaydi. 1920-yilga kelib Toshkentda 15 ta, Samarqandda 8 ta, Kattaqoʻrgʻon, Qoʻqon, Fargʻona va boshqa shaharlarda 3 tagacha kustar bosmaxonalar boʻlgan. 20-yillardan soʻng mayda matbaalar birlashtirilib, yirik korxonalarga aylantirildi, texnika vositalari bilan qayta jihozlandi. 1922-yilda Toshkentda eng soʻnggi mashi-nalar bilan jihozlangan 1-namunali bosmaxona tashkil topdi. 1924-yillarda OʻzSSR XKS xuzurida nashriyot va poligrafiya ishini boshqaruvchi matbuot bo-shqarmasi tuzildi. 1955-yilga kelib respublikada 141 Poligrafiya sanoati korxonasi bor edi. 1963-yil 13-sentabrda OʻzSSR Ministrlar Soveti huzurida Matbuot komiteti tashkil etildi (1978-yildan Oʻzbekiston Nashriyot, poligrafiya va kitob savdosi ishlari Davlat komiteti, 1990-yil 24-yanvardan Davlat matbuot qoʻmitasi). 1960—75 yillarda Poligrafiya sanoati jadal yuksaldi, ishlab chiqarish quvvatlari oshdi va tarmoq korxonalari qayta jihozlandi. Bu yillarda Toshkent va Nukus poligrafiya kombinatlari, "Fan" nashriyoti bosmaxonasi qurilib, ishga tushirildi. Ofset bosma fabrikasi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy komiteti nashriyoti (hozirgi "Sharq" nashriyotmatbaa aksiyadorlik kompaniyasi) bosmaxonalari qayta qurildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishga-nidan soʻng Poligrafiya sanoatida tub islohotlar amalga oshirilib, sohada xususiy sektor shakllandi. Davlat matbuot qoʻmitasiga qarashli bosmaxonalarning aksariyati xususiylashtirildi va mustaqil poligrafiya korxonalari tarmogʻi vujudga keldi. Poligrafiya ishlarini keng koʻlamda rivojlantirish maqsadida 2002-yil 3-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligiga aylantirildi. Res-publikada 800 dan ziyod matbaa korxonalari mavjud (2003). Ularning 125 tasi Matbuot va axborot agentligi tizimida, 85 tasi vazirliklar va davlat ido-ralari tarkibida, 25 tasi qoʻshma korxonalar va 500 dan ziyodi xususiy, maʼsuliyati cheklangan jamiyat, shoʻʼba korxonalari shaklida. Ularda zamona-viy kompyuterlarda matn terish, mah-sulotlarni tezkor usullarda va yuqori sifatda chop etish tarmoklari mavjud. Matbaa va axborat agentligi tizimida faoliyat koʻrsa-tayotgan 125 matbaa korxonalarining 6 tasini respublika, 10 tasini viloyat, 109 tasini shahar va tuman bosmaxon alari tashkil etadi. Tizimdagi 6 ta bosmaxona yuqori sifatli kitob bosib chiqarishga ixtisoslashgan. Ularda chop etish hamda muqovalashtikish ishlari "Sirkon", "Koroset", "Ult raset", "Planeta", "Xeydelberg", "Kolbus", "Ziklix", "Adast" singari firmalarining rulonli va varakli chop etish mashinalari hamda agregatlarida amalga oshiriladi.Oʻzbekiston Poligrafiya sanoatida Toshkent matbaa kombinati, Toshkent 1-bosmaxonasi, Toshkent rangli bosma fabrikasi, Toshkent kitob-jurnal fabrikasi, Yangiyoʻl kitob fabrikasi va "Rastr" qoʻshma korxonalari samarali faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Bundan tashkari, "Davlat belgisi" ishlab chitsarish birlashma-si, "Yangi asr avlodi" bosmaxonasi, Toshkent matbaa majmuasi va "Groteks" qoʻshma korxonalari bor. Respublika Poligrafiya sanoati korxonalarida yiliga oʻrtacha 20 ming bosma taboq, 82 mln. nusxada kitob va kitob mahsulotlari, kuniga 7—10 mln. nusxada gaz. va jur.lar, yiliga 10 mlrd. soʻmlik etiketka va boshqa bosma mahsulotlari chop etish quvvatlari mavjud. Respublikada izchil amalga oshirilayotgan islohotlar davomida barcha viloyat va tuman bosmaxonalarini kayta texnik ji-hozlash, zamonaviy ofset mashinalari, raqamli chop etish texnologiyalarini joriy etish dasturi qabul qilingan.
Matbaa sohasi uchun mutaxassislar Toshkent toʻqimachilik va yengil sano-at institutining matbaachilik fakulteti, Usmon Nosir nomidagi Toshkent matbaa kolleji hamda Toshkentdagi 1-biznes maktabida tayyorlanadi.
Chet ellarda Poligrafiya sanoati korxonalari yirik zamonaviy nashriyot korporatsiyalari va firmalari bilan aloqaga ega va aksariyat hollarda ularga tegishlidir. Poligrafiya sanoati AQSH, Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada va boshqa mamlakatlarda taraqqiy etgan va rivojlangan texnika bazasiga ega. Ular eng soʻnggi poligrafiya mashinasozligi mahsulotlarini eksport qiladi (yana qarang Bosmaxona, Noshirlik).
Jabbor Razzoqov, Roʻzmat Safoyev.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.