From Wikipedia, the free encyclopedia
Bosmaxona – matbaa mahsulotlari (kitob, jurnal, gazeta, plakat, blank va boshqalar) tayyorlaydigan sanoat korxonasi. Qadimda risolalar asosan qoʻlyozma tarzida tayyorlangan. Sharqda qoʻlyozmalarni xattotlar bejirim qilib oqqa koʻchirib, naqqoshlar bezaklar bilan bezashgan, muqovasozlar varaqlarni tikib va qolipga tortib, kitob holida chiqarishgan (qarang Noshirlik). Kitob bosishga doir dastlabki tajribalar Xitoyda 1041—48 yillarda amalga oshirilgan (Bi Shen).
Dastlabki B. Germaniyada I. Guttenberg tomonidan 1445-yil tashkil qilingan. Turkistonda birinchi bosma kitob 1868-yil Turkiston harbiy okrugi shtabi (Toshkent) B.sida chop qilindi. Birinchi rasmiy gazeta – „Turkestanskiye vedomosti“ ham shtab B.sida bosila boshladi. Oʻzbek tilida nashr qilingan birinchi kitob Shohimardon Ibrohimovning „Kalendar“ („Taqvim“) kitobi (1871) boʻldi (Sh. Ibrohimov bir necha yil „Turkiston viloyatining gazeti“da tarjimonlik qilgan, keyinroq muharrir muovini lavozimida ishlagan). 1874-yil Xiva shahrida Muhammad Rahimxon (Feruz) tomonidan litografiya (toshbosma) qurildi vauyerda 19-asr 80- yillaridayoq anchamuncha kitoblar bosildi. Unda 1880-yilda Alisher Navoiyning „Hamsa“si, shoir Munis Xorazmiyning „Devoni Munis“ va „Devoni Roji“ bayozlari bosilib chikdi. 1898-yil Toshkentda eski shahar markazida hozirgi bosmaxona tashkil qilinib, bu yerda oʻzbek, tojik, turkman, qozoq va qirgʻiz tillarida darsliklar chiqarila boshladi. Ayni vaqtda u matbaachi kadrlar va matbaa tashkil otchilari tayyorlaydigan markazga aylandi. Keyinchalik Toshkentda, viloyatlar va tumanlar markazlarida birinketin Bosmaxonalarlar qurildi. Oʻzbekistonda 123 Bosmaxona faoliyat koʻrsatadi (2000). Shundan „Sharq“ nashriyotmatbaa aksiyadorlikjamiyati bosmaxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi ijaradagi Toshkent matbaa kombinati, rangli bosma fabrikasi, kitobjurnal fabrikasi, Birinchi Toshkent bosmaxonasi, Yangiyoʻl kitob fabrikasi, „Fan“ nashriyoti bosmaxonasi va Nukus matbaa kombinati, OʻzbekBritaniya „Rastr“ qoʻshma korxonasi yirik Bosmaxona hisoblanadi (yana qarang Matbaachilik sanoati).
Blarning har xil turlari mavjud. Ikki yoki undan koʻp bosma usullaridan foydalanadigan Bosmaxona matbaa kombinata deb ataladi. Asosan ofset bosma yoki chuqur bosma usullarida ishlaydigan Bosmaxona fabrika (mas, harita fabrikasi, kitob fabrikasi, rangli bosma fabrikasi, harf terish fabrikasi) deb ataladi, Tayyorlaydigan mahsuloti turiga qarab B. gazeta, jurnal, kitob, plakat, harita, blank chiqaradigan va boshqa turlarga bulinadi. Bosmaxonalar yirik, oʻrta va kichik xillarga ham ajratiladi. Bosmaxonalar birlashib, matbaa ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil qilishi mumkin. B.ning asosan bosma qoliplar tayyorlash, bosish, mahsulotlarni pardozlash va yordamchi sexlari boʻladi. Qoliplar tayyorlash sexida yuqori bosma usuliga – harf terish, sinkografiya klishelari va quyma stereotiplar; ofset usuliga – qolip va monometall (alyuminiy, rux), bimetall va trimetall (mas, poʻlat, mis, xrom); chuqur bosmaga – mis yoki xromlangan qoliplar tayyorlaydi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng Bosmaxonalar tubdan qayta jihozlandi. Bosmaxonalarda matn va rasmlar zamonaviy kompyuterlarda terilmoqda va chop etilmoqda. Chop etish jarayonida adadining kamkoʻpligiga qarab yuqori tezliqda ishlaydigan gʻaltak (rotatsiya) hamda tekis bosma, bir va koʻp rangli bosma mashinalar ishlatilmoqda. Pardozlash sexida ham adadining kamkoʻpligiga qarab yakka stanoklar yoki katta agregatlar, potok liniyalar qoʻllanilmoqda[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.