Oqqushlar
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oqqushlar (Cygnus), oqquvlar — gʻozlar oilasiga mansub yirik qushlar. Boʻyni tana uzunligiga teng. Patlari koʻpincha oq rangda. Oʻzbekistonda 3 turi uchraydi. Vishildoq O. — tumshugʻidagi qora gʻurrasi bilan boshqa turlardan ajralib turadi. Gavdasining uz. 180 sm, vazni 13 kg. Gʻarbiy Yevropadan Tinch okeanigacha boʻlgan hududlarda uya quradi. Baqiroq O. gavdasining uzunligi 160 sm gacha, vazni 12 kg gacha. Atlantika okeanidan Tinch okeangacha boʻlgan hududlarda tarqalgan. Kichik O. — gavdasining uzunligi 120 sm gacha, vazni 7 kg gacha; asosan, tundrada yashaydi; chuchuk suvli koʻl, baʼzan dengiz qirgʻoklaridagi qamishzorlarga uya quradi. Kichik O.ning urgʻochisi 5—12 ta tuxum qoʻyib, 35—40 kun bosadi. Nari ham uya qurishda va bolalarini boqishda qatnashadi. O. juda yaxshi suzadi va uchadi; oʻsimliklar, mayda suv jonivorlari bilan oziqlanadi. Ular chiroyli boʻlgani uchun hayvonot bogʻlarida boqiladi. Tutqinlikda koʻpayadi. Vishildoq va baqiroq O.lar Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.