From Wikipedia, the free encyclopedia
Gʻozsimonlar – qushlar turkumi. Palamedeyalar va oʻrdaksimonlar oilasiga boʻlinadi. 150 turi maʼlum. Yirik va oʻrtacha kattalikdagi suv ekosistemalarida yashaydi. Antarktidadan tashqari hamma qitʼalarda tarqalgan. Koʻpchiligi monogam. Tuxumlarini, asosan, modasi bosadi. 2–3 yilda voyaga yetadi. Koʻpchilik turlari uzoq migratsiya qiladi. Suvda yaxshi suzadi va shoʻngʻiydi. Tez uchadi. Bir necha turi ov obʼyekti hisoblanadi. Suv havzalaridan intensiv foydalanish gʻozsimonlar sonining kamayishiga sabab boʻlmoqda. Oʻzbekistonda Gʻozsimonlarning 36 turi uchraydi. Vishildoq va qiyqiroq oqqushlar, oq peshonali kichik gʻoz, qiziltomoq gʻoz, marmar churrak, olaqanot, oqbosh oʻrdak va boshqa turlari Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.