From Wikipedia, the free encyclopedia
Nyu-Xempshire — Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti — Concord shahri. AQSh tarkibiga 21-iyun 1788-yilda kirgan, undan oldin — Province of New Hampshire. Nyu-Xempshir shtatining nomi Angliyaning janubida Joylashgan Xempshir grafligi nomidan olib qoʻyilgan. Nyu-Xempshir kichkina shtat boʻlgani bilan, oʻrmonlar, togʻlar, koʻllar va tez oqar daryolarga boy. Nyu-Xempshirda 222ta shahar va shaharchalar bor.
| |||||
---|---|---|---|---|---|
Shtat | |||||
| |||||
Shtat laqabi: Granit Shtati | |||||
Mamlakat | AQSh | ||||
Poytaxt | Concord | ||||
Eng yirik shaharlar | Manchester Nashua Concord | ||||
Maydon • Butun |
AQSh: 46-oʻrinda 24,216 km² | ||||
Aholi • Butun (2021) |
AQSh: 41-oʻrinda 1,309,940 | ||||
YIM |
AQSh: 39-oʻrinda $51,871 million | ||||
Ittifoqqa kirish • Sana |
9-boʻlib 21 iyun 1788 | ||||
Vaqt | UTC-5 (EST) | ||||
Qisqartma | NH [33] | ||||
Shtat guli | Purple lilac | ||||
Shtat daraxti | American White Birch (Betula papyrifera) |
AQShning shimoli-sharqiy qismidagi shtat. Yangi Angliyada, Kanada bilan chegaradosh. Mayd. 24,03 ming km². Aholisi 1,27 mln. kishi (2002), 51% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Konkord sh. Eng katta shahri — Manchester. N.-X. maydo-nining katta qismida Appalachi togʻlari joylashgan, shimoli-sharqida Oq togʻlar bor. Yirikdaryolari: Merrimak va Konnektikut. Koʻl koʻp. Igna bargli oʻrmonlar bor.
Mashinasozlik, koʻn-poyabzal, toʻqimachilik, sellyuloza-qogʻoz, kemasozlik sanoatlari rivojlangan. Issiklik elektr st-yalari va GESlar bor. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining katta qismini sut chorvachiligi va parrandachilik beradi. Dehqonchilikda yem-xashak ekinlari, sabzavot ekiladi. Turizm rivojlangan.
Shtat hududiga yevropaliklar 1623-yildan borib urnasha boshlagan. N.-X. AQShni tuzishda qatnashgan dastlab-ki 13 shtatdan biri.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.