Nora-Jane Noone

From Wikipedia, the free encyclopedia

Remove ads

Nora-Jane Noone (1984-yil 8-martda tugʻilgan) – irlandiyalik aktrisa. 2020-yilda „The Irish Times「 nashri tomonidan eʼlon qilingan barcha davrlarning eng buyuk irland kino aktyorlari reytingida 47-oʻrinni egallagan[1]. U oʻzining ekranlardagi debyutini „The Magdalene Sisters「 (2002) filmida qilgan va shundan soʻng „The Descent「 (2005), „Savage「 (2009) va „Wildfire「 (2020) filmlarida ijro etgan rollari uchun IFTA Film & Drama mukofotiga sazovor boʻlgan.

Qisqa faktlar Tavalludi, Fuqaroligi ...
Remove ads

Aktrisa yana „Doomsday「 (2008), „Ella Enchanted「 (2004), „The Ipcress File「 (2022) va „Hidden Assets「 (2023) kabi filmlardagi ishtiroki bilan ham mashhur.

Remove ads

Yoshlik yillari va taʼlimi

Noone Galway shahridagi Upper Newcastle koʻchasida oʻsgan[2]. U Galwaydagi „Performing Arts School「 maktabida ikki yil tahsil olgan va 7-sinfligidayoq mohir pianinochi va raqqosaga aylangan[3]. Noone aktrisalik karyerasini boshlashdan avval bir necha maktab va havaskorlar teatrida turli rollarni ijro etgan[4].

U 2004-yilda University of Galwayni ilmiy daraja bilan yakunlagan va keyinchalik London shahrriga koʻchib oʻtgan.

Remove ads

Karyerasi

Noone oʻzining ekranlardagi professional debyutini Peter Mullan tomonidan yozilgan va rejissyorlik qilgan „The Magdalene Sisters「 (2002) filmida Bernadette rolini ijro etishdan boshlagan[4]. Film 2002-yilgi Venetsiya kinofestivalida „Eng yaxshi film「 nominatsiyasida gʻolib deb topilgan. Bundan tashqari British Academy Film Awards mukofotida esa „Eng yaxshi Britaniya filmi「 nominatsiyasiga nomzodlar qatorida boʻlgan. Bernadette rolidagi ijrosi uchun Noone 2004-yilda London Film Critics' Circle Awardsda (London kino tanqidchilarining mukofoti) „Britaniyada yilning eng yaxshi yangi aktyori「 yoʻnalishidagi nomzodlar orasidan joy olgan, shuningdek ushbu kinoning rejisyori Peter Mullan ham mukofotning „Eng yaxshi rejissyor「 nomitatsiyasiga loyiq koʻrilgan[5].

2005-yilda Noone uchinchi Irish Film & Television Awards mukofotida „The Descent「 (2005) filmidagi Holly roli uchun „Badiiy filmlardagi eng yaxshi yordamchi aktrisa「 nominatsiyasiga nomzod boʻldi[6]. 2010-yilda aktrisa yana „Savage「 (2009) filmidagi ijrosi uchun ham oʻsha nominatsiyaga nomzodlar qatoridan oʻrin oldi[7].

2008-yilda u rejissyor Neil Marshall, Speed Dating va Ella Enchanted tomonidan suratga olingan „Doomsday「 filmida asosiy rollalrdan birini oʻynadi. Bundan tashqari ushbu yil davomida Noone Andrew McCarthy tomonidan yozilgan va rejissyorlik qilingan „News for the Church「 hamda Michael Chang tomonidan suratga olingan „The Listener「 qisqa metrajli filmlarida ishtirok etdi. Suningdek, BBC Radio 4 tomonidan ishlangan „Walking at Ringsend「 filmida ham koʻrinish bergan. Uning 2008-yilgi ishlari qatoriga „Insatiable「 filmini ham kiritish mumkin[8].

Noone „The Descent Part 2「, „The Day of the Triffids「 va „The Runaway「 filmlarida, „Jack Taylor「 serialining birinchi mavsumining 1-6-qismlarda ham turli rollarda ishtirok etgan[8]. 2013-yilda boshlab esa aktrisa qisqa metrajli filmlar yozishni boshlagan[9].

2023-yilda aktrisa Irlandiyaga qaytdi va RTÉ telekanalining „ Hidden Assets「 serialida detektiv serjant Claire Wallace rolini ijro etdi[3].

Remove ads

Shaxsiy hayoti

2023-yilda u „Hidden Assets「 filmini suratga olish jarayonida tugʻilgan shahri Galwayga yashash uchun qaytib keldi[3]. U aktyor Chris Marquette bilan turmush qurgan boʻlib, ularning hozircha yagona boʻlib turgan qizi 2020-yilda tugʻilgan[10]. Bu ham Noonening Irlandiyaga qaytishiga asosiy sabablardan biri boʻldi[3].

Filmografiyasi

Filmlar

Batafsil maʼlumot Yil, Nomi ...
Remove ads

Mukofot va nominatsiyalar

Batafsil maʼlumot Yil, Mukofot ...
Remove ads

Manbalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads