Nikol Pashinyan

From Wikipedia, the free encyclopedia

Nikol Pashinyan

Nikol Vovaevich Pashinyan (armancha: Նիկոլ Վովայի Փաշինյան; 1975-yil 1-iyunda tavallud topgan) – Armaniston davlat va siyosiy arbobi, 2018-yil 8-maydan Armaniston Bosh vaziri[1][2][3]. 2021-yil 25-apreldan 2-avgustgacha bosh vazir lavozimida ishlagan va iyun oyida boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida gʻalaba qozongan.

Qisqa faktlar 16-Armeniya respublikasi pemyer ministri, Prezident ...
Nikol Vovaevich Pashinyan
armancha: Նիկոլ Վովայի Փաշինյան
Thumb
 16-Armeniya respublikasi pemyer ministri
 
Prezident Armen Sarkisyan (2018—2022)
Alen Simonyan (2022;)
Vaagn Xachaturyan (2022 dan)
Oʻtmishdoshi Serj Sargsyan
Karen karapetyan
 Armeniya respeblikasi milliy yig'ilishida „ELK“ Fraksiya lideri
 
Mansab davri
18-may 2017  8-may 2018
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Idjevan, Armyan SSR, SSSR
Turmush oʻrtogʻi Anna Akopyan
Bolalari Mariam, Ashot, Shushan, Arpine
Onasi Svetlana Pashinyan
Otasi Vova Pashinyan
Maʼlumoti Yerevan davlat universiteti
Vebsayti primeminister.am (rus.)
Yopish

Faoliyati

Armaniston Milliy Assambleyasi deputati (2012–2018), Yelk fraksiyasi rahbari (2017–2018). Hozirgi paytda esa KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashi raisi sifatida faoliyat olib boradi.

Biografiyasi

Shahsiy hayoti

U uylangan, Mariam, Shushanna, Arpin ismi qizlari va Ashot ismli oʻgʻli bor. Uning rafiqasi Anna Akopyan „Aykakan Jamanak“[4] gazetasining bosh muharriri. Oʻgʻli Ashot Pashinyan 2018-yil iyul oyida oʻz xohishi bilan Togʻli Qorabogʻda harbiy xizmatga yuborilgan[5].

Pashinyan oʻzining ona tili boʻlmish arman tilidan tashqari, rus[6], ingliz[7][8] va fransuz[9][10] tillarini yaxshi biladi.

Yoshlik davrlari

Thumb
Pashinyan inqilob davrida

Nikol Pashinyan 1975-yil 1-iyunda Ijevan shahrida tugʻilgan. Uning ismi otasi tomonidan 1943-yilda[11] Ulugʻ vatan urushi paytida Kavkaz frontida halok boʻlgan bobosi sharafiga qoʻyilgan. Pashinyanning otasi jismoniy tarbiya oʻqituvchisi boʻlib ishlagan[12]. Onasi Svetlana Pashinyan 1987-yilda yaʼni Nikol 12 yoshligida vafot etgan. U otasining ikkinchi xotini boʻlgan, oʻgay onasi Yerjanik Chibuxchyan tomonidan tarbiyalangan[13][14]. Armen va Artak ismli ikki akasi bor[15]. Armiyada xizmat qilmagan, chunki undan oldin ikkita katta akasi xizmat qilgan va qonun boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashi shart emasdi[16][17].

Siyosiy faoliyati

2007-yilgi parlament saylovlarida Pashinyan prezident Robert Kocharyan va Bosh vazir Serj Sarkisyanning isteʼfosini talab qilgan „Impichment“ bloki roʻyxatida birinchi raqamda edi[18][19]. Natijada blok 1,29 foiz ovoz (17 mingdan ortiq saylovchi) toʻplab, 12-oʻrinni egalladi.

2008-yilda Armaniston prezidentligiga nomzod Levon Ter-Petrosyanning saylovoldi shtabining aʼzosi boʻlgan va 2008-yil 1-2 mart kunlari Yerevanda yuz bergan tartibsizliklardan keyin qidiruvga berilgan[20]. 2010-yil yanvar oyida, ommaviy tartibsizliklarni uyushtirganlikda ayblanib 7 yilga qamalgan. Keyinchalik sud hukmni ikki baravarga qisqartirdi va 2011-yil may oyida Pashinyan Armaniston mustaqilligining 20-yilligi munosabati bilan tayinlangan amnistiyaga binoan ozod qilingan[21].

Tashqi siyosatda

Pashinyan Yevropa Ittifoqini Armanistonning islohotlardagi asosiy hamkori deb atadi[22] va Yevropa Ittifoqi va Armaniston oʻrtasida vizasiz rejim joriy etish niyatini bildirgan[23][24].

2018-yilning 27-sentabr kuni Dushanbe shahrida boʻlib oʻtgan MDH sammiti doirasida Pashinyan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi vaziyatni yumshatish boʻyicha choralar koʻrish boʻyicha kelishuvga erishildi[25]. Uchrashuvdan soʻng Pashinyan Aliyev haqida ijobiy fikr bildirgan[26].

2019-yilda Nikol Pashinyan Facebook’dagi obunachilar bilan eng koʻp bogʻlanadigan yetakchilar roʻyxatiga kirgan[27].

Togʻli Qorabogʻ

Thumb
Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan Davosdagi Xalqaro iqtisodiy forumda

2016-yilgacha Pashinyan bir vaqtlar Levon Ter-Petrosyan tomonidan aytilgan Qorabogʻ masalasini murosa yoʻli bilan hal qilishni qoʻllab-quvvatlagan. Biroq, 2016-yildan keyin Pashinyan oʻz pozitsiyasi oʻzgartirib[28]shunday dedi: „Bizning Ozarbayjonga oʻtkazadigan yerlarimiz yoʻq“[29]. Shuningdek, Artsaxning Ozarbayjonga, yaʼni Ozarbayjon nazoratidagi Shohumyan viloyatiga oʻz hududiy daʼvolariga ega ekanligini aytdi[30].

2018-yil aprel oyida BBCga bergan intervyusida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Yerevanning zabt etilishi hamda Armaniston va Qorabogʻning „kapitulyatsiyasi“ haqida gapirar ekan, Pashinyan Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasida „konstruktiv muloqot“ boʻlishi mumkin emasligini taʼkidlagan[31].

2020-yil 27-sentabrda Ikkinchi Qorabogʻ urushi boshlandi, u shu yilning 10-noyabrgacha davom etgan va shundan soʻng Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari Togʻli Qorabogʻda oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisida qoʻshma bayonot qabul qildilar[32][33].

2021-yil 11-yanvar kuni Moskvada Rossiya Prezidenti, Ozarbayjon Prezidenti va Armaniston Bosh vaziri oʻrtasida uch tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi, unda yetakchilar qoʻshma bayonotni imzoladilar[34][35].

Manbalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.