From Wikipedia, the free encyclopedia
Super Falcons laqabli Nigeriya milliy ayollar futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbolida Nigeriya sharafini ifodalaydi va Nigeriya Futbol Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Nigeriya ayollar milliy futbol terma jamoasi hozirgacha Afrika mintaqasining eng muvaffaqiyatli xalqaro ayollar futbol jamoasi boʻlib, finalda Janubiy Afrika Respublikasini magʻlub etganidan keyin 2018-yilda Afrika ayollar millatlar kubogida rekord darajadagi oʻn bir martalik chempionlikni qayd etgan. Nigeriya ayollar milliy futbol terma jamoasi, shuningdek , Afrika Futbol Konfederatsiyasining ayollar oʻrtasidagi FIFA Jahon chempionati va Yozgi Olimpiada oʻyinlarida futbol boʻyicha chorak finalga chiqqan yagona ayollar terma jamoasidir.
Nigeriya ayollar milliy futbol terma jamoasi, shuningdek, 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻz tarixidagi eng yaxshi oʻyin koʻrsatib, jahon chempionatida chorak finalga qadar yetib borgan. Nigeriya ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining har bir nashrida qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan kam sonli jamoalardan biri hisoblanadi.
Nigeriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Afrikaning dastlabki yettita chempionligini qoʻlga kiritdilar va dastlabki faoliyatining yigirma yili davomida Afrika musobaqalarida bor-yoʻgʻi beshta oʻyinda magʻlub boʻlishgan.
Nigeriya ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati yoki Olimpiada oʻyinlari kabi arenalarda Afrikadan chiqadigan asosiy jamoaga aylanib qolgan edi. Nigeriya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1991-yildan buyon har bir Jahon chempionatida qatnashadi, biroq bor-yo‘g‘i bir marta kuchli sakkizlikka kirishga muvaffaq bo‘ldi. 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Nigeriya ayollar milliy futbol terma jamoasi birorta ham gol ura olmadi va „A“ guruhidagi uchta oʻyinda ham magʻlub boʻldi. Nigeriya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida B guruhidagi oʻyinlarning faqat bittasida durang oʻynadi. Biroq, Nigeriya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2003 va 2007-yilgi Jahon chempionatlarida oʻlim guruhiga tushib qoldilar, ikkala safar ham oʻsib borayotgan Osiyo kuchi hisoblangan Shimoliy Koreya ayollar terma jamoasi, anʼanaviy Yevropaning qudratli jamoasi Shvetsiya ayolllar terma jamoasi va AQSh terma jamoalari bilan oʻynashdi.
Nigeriya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2006-yilda uchinchi marta Afrika ayollar chempionati finaliga mezbonlik qildi. Oʻsha yilgi turnirda Nigeriya ayollar milliy futbol terma jamoasi ketma-ket yettinchi marta gʻalaba qozondi. Nigeriyaning Super Falcons jamoasi va Gananing Qora malikalari laqabli jamoalari 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Afrika sharafini Xitoyda himoya qilishdi.
„Falconets“ laqabli mamlakatning oʻsmirlar jamoasi (U-20), 2006-yilda Rossiyada boʻlib oʻtgan FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida chorak finalda Braziliya tomonidan chiqarib yuborilishidan oldin Finlandiya yoshlar jamoasini 8:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan. Ular 2010-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Germaniyaga finalda magʻlub boʻlib ikkinchi oʻrinni egallashdi. Nigeriya yoshlar terma jamoasi 2014-yilda Kanadada boʻlib oʻtgan FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan va finalda yana Germaniya yoshlar jamoasiga 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan. Oʻsha turnirda Nigeriya ayollar yoshlar futbol terma jamoasi aʼzosi Asisat Oshoala ham oltin toʻp, ham oltin butsani qoʻlga kiritgan.
Nigeriya ayollar milliy futbol terma jamoasi „Super Falcons“ laqabi bilan tanilgan.
Nigeriya ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA reytingi | |||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Jahon reytingi | Reyting | Yil | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Magʻlubiyat | Durang | Oʻsish | Tushish | |||
Reyting | Koʻchish | Reyting | Koʻchish | ||||||||
38 | 2021-yil | 6 | 3 | 2 | 1 | 37 | 0 | 38 | 1 | ||
Ism | Murabbiylikni boshlash sanasi | Murabbiylikni tugatish sanasi | Izohlar | Man. |
---|---|---|---|---|
Jo Bonfrere | 1991-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Nigeriya erkaklar terma jamoasi bilan bir vaqtda Nigeriya ayollar ayollar terma jamoasini boshqargan. [2] | |||
Pol Hamilton | Nigeriya ayollar terma jamoasining birinchi murabbiyi sifatida qabul qilingan;
1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Nigeriya terma jamoasini boshqargan[3][4] |
|||
Ismoila Mabo | 1999-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Nigeriyani chorak finalga olib chiqdi va shu tariqa eng muvaffaqiyatli murabbiy sifatida eʼtirof etildi;[5][6] Nigeriyani 2000-yilgi Olimpiada va 2004-yilgi Olimpiya oʻyinlariga olib chiqdi | |||
Samuel Okpodu | 2002-yil | 2003-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Nigeriya terma jamoasini boshqargan | ||
Godvin Izilien | 2004-yilda Nigeriyani ayollar oʻrtasidagi Afrika chempionatida gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻldi[7] | |||
Ntiero Effiom | 2007-yilda ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Nigeriya terma jamoasini boshqargan;
Nigeriyani 2003-yilgi Butun Afrika oʻyinlarida gʻalaba qozonishga olib keldi[8]. |
|||
Jozef Ladipo | 2008-yilgi Olimpiada oʻyinlarida Nigeriyani boshqargan;
Nigeriyani 2007-yilgi Butun Afrika oʻyinlarida gʻalabaga olib keldi;[9] Nigeriyani 2008-yilgi Afrika ayollar chempionatida uchinchi oʻringa olib chiqdi[10][11] |
|||
Uche Eucharia | 2011-yil oktyabr | 2010-yilgi Afrika ayollar chempionatida gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻldi;
2011-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Nigeriya terma jamoasini boshqargan |
[12] | |
Qodiri Ikhona | 2012-yil aprel | 2012-yil noyabr | 2012-yilgi Afrika ayollar chempionatida Nigeriyani toʻrtinchi oʻringa olib chiqdi | [13] |
Edvin Okon | 2015-yil iyun | 2014-yilgi Afrika ayollar chempionatida gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻldi;
2015-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Nigeriya terma jamoasini boshqargan |
[14] | |
Kristofer Danjuma | 2015-yil sentyabr | Nigeriyani 2015-yilgi Butun Afrika oʻyinlarida toʻrtinchi oʻringa olib chiqdi | [15] | |
Florensiya Omagbemi | 2016-yil fevral | 2016-yil dekabr | Nigeriya terma jamoasi bilan 2016-yilgi Afrika ayollar kubogini qoʻlga kiritdi | [16] |
Tomas Dennerbi | 2018-yil yanvar | 2019-yil oktyabr | 2019 WAFU Zone B ayollar kubogida gʻalaba qozondi | [17][18][19] |
Rendi Valdrum | 2020 | Hozirga qadar |
Quyidagi futbolchilar 2022-yil 3 va 6-sentyabr kunlari AQSH ayollar terma jamoasiga qarshi oʻtkazilgan oʻrtoqlik oʻyinlarida Nigeriya ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan[20].
# | Poz. | Oʻyinchi | Tugʻilgan kuni (yoshi) | Klub |
---|---|---|---|---|
16 | Chiamaka Nnadozie | 8-dekabr 2000-yil | Paris | |
21 | Christy Ohiaeriaku | 13-dekabr 1996-yil | Edo Queens | |
3 | DF | Osinachi Ohale | 21-dekabr 1991-yil | Alavés |
12 | DF | Glory Ogbonna | 25-dekabr 1998-yil | ALG Spor |
20 | DF | Michelle Alozie | 28-aprel 1997-yil | Houston Dash |
26 | DF | Nicole Payne | 18-yanvar 2001-yil | West Virginia Mountaineers |
7 | Toni Payne | 22-aprel 1995-yil | Sevilla | |
10 | Rita Chikwelu | 6-mart 1988-yil | Levante Las Planas | |
11 | Regina Otu | 5-aprel 1992-yil | Saint-Étienne | |
13 | Ngozi Okobi-Okeoghene | 14-dekabr 1993-yil | Eskilstuna United | |
15 | Rasheedat Ajibade | 8-dekabr 1999-yil | Atlético Madrid | |
18 | Halimatu Ayinde | 16-may 1995-yil | FC Rosengård | |
22 | Peace Efih | 5-avgust 2000-yil | Braga | |
23 | Christy Ucheibe | 25-dekabr 2000-yil | Benfica | |
2 | HJ | Gift Monday | 9-dekabr 2001-yil | UDG Tenerife |
6 | HJ | Uchenna Kanu | 20-iyun 1997-yil | UANL |
8 | HJ | Asisat Oshoala | 9-oktyabr 1994-yil | Barcelona |
9 | HJ | Ifeoma Onumonu | 25-fevral 1994-yil | Gotham FC |
14 | HJ | Vivian Ikechukwu | 10-iyul 1997-yil | Gintra |
17 | HJ | Francisca Ordega | 19-oktyabr 1993-yil | CSKA Moscow |
24 | HJ | Chinonyerem Macleans | 1-oktyabr 1999-yil | Lokomotiv Moscow |
Reyting | Futbolchi | Oʻtkazgan oʻyinlari | Gollar | Faoliyat yillari |
---|---|---|---|---|
1 | Maureen Mmadu | 101 | ? | 1993-2011 |
Reyting | Futbolchi | Gollar | Oʻtkazgan oʻyinlari | Oʻyin boshiga gol koʻrsatkichi | Faoliyat yillari |
---|---|---|---|---|---|
1 | Perpetua Nkwocha | 80 | 99 | 0.81 | 1999-2015 |
Chempion Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Toʻrtinchi oʻrin
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Natija | Oʻrin | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar |
1991-yil | Guruh bosqichi | 10 | 3 | 0 | 0 | 3 | 0 | 7 |
1995-yil | 11 | 3 | 0 | 1 | 2 | 5 | 14 | |
1999-yil | Chorak final | 7 | 4 | 2 | 0 | 2 | 8 | 12 |
2003-yil | Guruh bosqichi | 15 | 3 | 0 | 0 | 3 | 0 | 11 |
2007-yil | 13 | 3 | 0 | 1 | 2 | 1 | 4 | |
2011-yil | 9 | 3 | 1 | 0 | 2 | 1 | 2 | |
2015-yil | 21 | 3 | 0 | 1 | 2 | 3 | 6 | |
2019 | Nimchorak final | 16 | 4 | 1 | 0 | 3 | 2 | 7 |
2023-yil | Yoʻllanma olgan | |||||||
Jami | 9/9 | - | 26 | 4 | 3 | 19 | 20 | 63 |
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati oʻyinlar tarixi | |||||
---|---|---|---|---|---|
Yil | Bosqich | Oʻyin oʻtkazilgan sana | Raqib terma jamoa | Natija | Stadion |
1991 | Guruh bosqichi | 17-noyabr | Germaniya | Magʻlubiyat: 0-4 | Jiangmen stadioni, Jiangmen |
19-noyabr | Italiya | Magʻlubiyat: 0-1 | Zhongshan stadioni, Zhongshan | ||
21-noyabr | Xitoy Taypeyi | Magʻlubiyat: 0-2 | Jiangmen stadioni, Jiangmen | ||
1995 | Guruh bosqichi | 6-iyun | Norvegiya | Magʻlubiyat: 0-8 | Tingvallen, Karlstad |
8-iyun | Kanada | Durang: 3-3 | Olympia stadioni, Helsingborg | ||
10-iyun | Angliya | Magʻlubiyat: 2-3 | Tingvallen, Karlstad | ||
1999 | Guruh bosqichi | 20-iyun | Shimoliy Koreya | Gʻalaba: 2-1 | Rose Bowl, Pasadena |
24-iyun | AQSh | Magʻlubiyat: 1-7 | Soldier Field, Chikago | ||
27-iyun | Daniya | Gʻalaba: 2-0 | Jack Kent Cooke stadioni, Landover | ||
Chorak final | 1-iyul | Braziliya | Magʻlubiyat: 3-4 | ||
2003 | Guruh bosqichi | 20-sentabr | Shimoliy Koreya | Magʻlubiyat: 0-3 | Lincoln Financial Field, Philadelphia |
25-sentabr | AQSh | Magʻlubiyat: 0-5 | |||
28-sentabr | Shvetsiya | Magʻlubiyat: 0-3 | Columbus Crew stadioni, Columbus | ||
2007 | Guruh bosqichi | 11-sentabr | Shvetsiya | Durang: 1-1 | Chengdu Sports Center, Chengdu |
14-sentabr | Shimoliy Koreya | Magʻlubiyat: 0-2 | |||
18-sentabr | AQSh | Magʻlubiyat: 0-1 | Hongkou stadioni, Shanghai | ||
2011 | Guruh bosqichi | 26-iyun | Fransiya | Magʻlubiyat: 0-1 | Rhein-Neckar-Arena, Sinsheim |
30-iyun | Germaniya | Magʻlubiyat: 0-1 | Commerzbank-Arena, Frankfurt | ||
5-iyul | Kanada | Gʻalaba: 1-0 | Rudolf-Harbig-stadioni, Dresden | ||
2015 | Guruh bosqichi | 8-iyun | Shvetsiya | Durang: 3-3 | Winnipeg stadioni, Winnipeg |
12-iyun | Avstraliya | Magʻlubiyat: 0-2 | |||
16-iyun | AQSh | Magʻlubiyat: 0-1 | BC Place, Vancouver | ||
2019 | Guruh bosqichi | 8-iyun | Norvegiya | Magʻlubiyat: 0-3 | Stade Auguste-Delaune, Reyms |
12-iyun | Janubiy Koreya | Gʻalaba: 2-0 | Stade des Alpes, Grenoble | ||
17-iyun | Fransiya | Magʻlubiyat: 0-1 | Roazhon Park, Rennes | ||
Nimchorak final | 22-iyun | Germaniya | Magʻlubiyat: 0-3 | Stade des Alpes, Grenoble |
Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Natija | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar |
1996-yil | Saralashdan oʻta olmadi | ||||||
2000-yil | Guruh bosqichi | 3 | 0 | 0 | 3 | 3 | 9 |
2004-yil | Chorak final | 3 | 1 | 0 | 2 | 3 | 4 |
2008-yil | Guruh bosqichi | 3 | 0 | 0 | 3 | 1 | 5 |
2012-yil | Saralashdan oʻta olmadi | ||||||
2016-yil | |||||||
2020-yil | |||||||
Jami | 3/6 | 9 | 1 | 0 | 8 | 7 | 18 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.