From Wikipedia, the free encyclopedia
Neil John Taylor (1989-yil 7-fevralda tugʻilgan) Uelslik sobiq professional futbolchi boʻlgan shuningdek, chap qanot himoyachi boʻlgan va hozirda Gulf Unitedning menejeri boʻlib faoliyat olib bormoqda.
Neil 2007-yilda faoliyatini Wrexham klubida boshlagan shu bilan birga, 2010-yilda £ 150,000 evaziga Swansea City klubiga koʻchib oʻtgan. Neil 2017-yil yanvar oyida Jordan Ayewga oʻrinbosar sifatida Aston Villa klubiga chaqirilgan va bu klubda jami 103 marta maydonga tushgan. Aston Villa bilan shartnomasi tugagandan soʻng, 2021-yil noyabr oyida Middlesbrough klubi bilan shartnoma imzolagan.
Taylor 2010-yilda Uels terma jamoasida xalqaro debyutini amalga oshirgan shuningdek, 2019-yilgacha 43 marta maydonda harakat qilgan. Neilning jamoasi UEFA Euro 2016 yarim finalgacha yetib borgan jamoalarning biri boʻlgan hamda, 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlari Buyuk Britaniya mamlaktida oʻtkazilgan.
2009 va 2010-yilgi mavsum oxirida Taylor Championshipdagi Swansea City klubiga hech qanday mablagʻsiz kelib qoʻshilgan[1]. 2010-yil 30-sentabr kuni 150 ming funt sterling shuningdek, kelajakdagi foydaning 10 foiziga egalik qilish sharti bilan futbolchi va klub oʻrtasida ikki tomonlama qayta kelishuvga erishilgan[2][3]. Neil 21-avgust kuni Norvich Sity bilan kechgan 2:0 hisobidagi magʻlubiyatli oʻyinda, oʻyinning yarmida Albert Serranning oʻrniga maydonga tushgan. Bu esa Neilning „Oqqushlar“ safidagi ilk oʻyini boʻlgan. U 2011-yil 1-yanvarda „Reding“ klubiga qarshi harakat qilgan oʻyinda toʻpigʻidan jarohatlangan. Neil 19-fevral kuni Donkaster Roversga qarshi kechgan oʻyinda nmaydonga qaytgan. 12-may kuni Chempionship yarim finalining „Nottingem Forest“ga qarshi birinchi oʻyinida Neil Lyuis MakGuganga kuchli zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan shuningdek, bu oʻyin golsiz durang bilan yakunlandi[4].
Stiven Kingsli va Martin Olsson „Aston Villa“ning chap qanot himoyasida muammo borligini taʼkidlab oʻtgandan soʻng, 2017-yil 31-yanvarda Neil Jordan Ayew uchun oʻrinbosar sifatida taxminan 5 million funt sterling evaziga „Aston Villa“ klubiga jalb etilgan[5]. Aston Villa kubi oʻz uyida Ipsvich Taun klubiga 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda, Neilning yonoq suyagi singani bois, himoya niqobini taqqan holda 77 daqiqa maydonda harakat qilgan. Yordamchi murabbiy Stiv Bryus Neilning jarohati va yetarli oʻyin amaliyoti berilmagan boʻlishiga qaramay maydonda juda yaxshi oʻynaganini aytdi[6].
2017-yil 30-sentabrda Neil Bolton Vanderers futbolchisi Adam Le Fondrega qarshi qoʻpol oʻynagani uchun 1-0 hisobida kechgan gʻalabali oʻyinning yakunida hakam tomonidan chetlatildi[7]. Neil 2018-yilgi EFL Chempionatining play-off finalida jarohati sababli, Aston Villa jamoasining tarkibiga kiritilmagan shuningdek, finalni oʻtkazib yuborgan[8][9].
Jarohatlari tufayli Neil 2019-2020-yillarda 14 ta Premier League oʻyinlarini oʻtkazib yuborishga majbur boʻlgan. Keyingi mavsumda Neil Manchester City klubiga oʻtgan va klub safida faqatgina 15 daqiqa Matt Targetning orniga maydonga tushgan shu bilan birga, shartnomasi yakunida jamoadan ketgan[10][11].
Neil Denbighshirning Sent Asaf shahrida tugʻilgan, ammo yaqin Ruthin shahrida katta boʻlgan[12], Ruthin shahridagi Ysgol Brynhyfryd maktabida oʻqigan[13]. Neilning kelib chiqishi uels-bengal boʻlgan[14] [15]; chunki uning onasi Shibani Chakraborti Kalkuttadan hindistonlik bengal boʻlgan, otasi Jon Teylor esa uelslik boʻlgan. „Suonsi“da oʻynab yurgan davrlarida turmush oʻrtogʻi Genna hamda ularning ikki farzandi bilan Suonsidagi Killay shahrida yashashgan. 2016-yil Neil va uning turmush oʻrogʻi Genna bilan British Heart Foundation jamgʻarmasi tomonidan sotiladigan minglab funt sterlinglik turli xil buyumlarni sotib olishgan hamda, ularni nochor oilalarga sovgʻga qilishgan[16].Teylor futbolni keng miqyosda tarqatish uchun Hindistonga boradi. Hindistonliklar Neilning ismini eshitib hayratalanganini aytib oʻtgan[17]. Teylor Ruthin Town futbol klubining prezidenti boʻlgan[18].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.