Matt Targett

From Wikipedia, the free encyclopedia

Matt Targett

Matthew Robert Targett (talaffuzi: Metyu Robert Target) (1995-yil 18-sentyabrda tugʻilgan) — professional futbolchi. Matt Targett Premyer-liga vakili „Newcastle United「 futbol klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Targett „Southampton「 futbol klubining yoshlar akademiyasida tarbiyalangan. Matt Targett 2015-yilda mavsumning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topilgan. Matt Targett Shotlandiya va Angliya sharafini xalqaro oʻyinlarda yoshlar jamoasi safida himoya qilgan.

Qisqa faktlar Shaxsiy maʼlumot, Toʻliq ismi ...
Matt Targett
Thumb
Targett 2017-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Matthew Robert Targett[1]
Tavallud sanasi 18-sentyabr 1995-yil (1995-09-18) (29 yosh)[2]
Tavallud joyi Eastleigh, Hampshire, Angliya
Boʻyi 1.83 m[3]
Ampluasi chap qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Newcastle United
Raqami 13
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2013 Southampton
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2019 Southampton 43 (1)
2018Fulham (ijara) 18 (1)
2019—2022 Aston Villa 83 (2)
2022Newcastle United (ijara) 16 (0)
2022 Newcastle United 9 (0)
Milliy terma jamoa
2013

Shotlandiyaning 19 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
2 (0)
2013—2014

Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
5 (0)
2014

Angliyaning 20 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
5 (1)
2015—2016

Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
12 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 29-oktyabr uchun)
Yopish

Klubdagi faoliyati

Southampton

Angliyaning Hampshire shtatidagi Eastleigh shahrida tugʻilgan Targett sakkiz yoshida „Southampton「 futbol klubining yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan[4]. Matt Targett keyinchalik, 2013-yil 24-sentyabrda klubning asosiy jamoasi safiga qoʻshilgan[5]. 2014-yilning 26-aprelida Matt Targett birinchi marta Premyer-liga doirasidagi „Everton「 futbol klubiga qarshi uchrashuvda (2:0 hisobida gʻalaba) „Southampton「 futbol klubi safida maydonga tushgan[6].

Matt Targett „Southampton「 futbol klubining 2014—2015-yilgi mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan[7].

2017-yilning 4-avgustida Targett „Southampton「 futbol klubi bilan yangi besh yillik shartnoma imzolagan va klubdagi faoliyat muddatini 2022-yilning yoziga qadar uzaytirgan[8].

Fulham (ijara)

2018-yilning 22-yanvarida Targett Chempionat vakili „Fulham「 futbol klubi safiga mavsumning qolgan qismida ijara asosida qoʻshilgan[9]. Matt Targett klub safidagi birinchi golini 10-fevral kuni „Bolton Wanderers「 futbol klubiga qarshi uchrashuvda (1:1 hisobidagi durang oʻyinda) kiritgan[10].

Southampton klubiga qaytish

2019-yil 27-aprel kuni „Fulham「 futbol klubi safidagi soʻnggi oʻyinida Targett „Bournemouth「 futbol klubi bilan 3:3 hisobidagi durang oʻyinda klub uchun yagona golini urgan[11].

Aston Villa

2019-yilning 1-iyulida Targett nomaʼlum toʻlov evaziga „Aston Villa「 futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[12].

2020—2021-yilgi mavsum oxirida Targett Premer-liganing barcha 38 oʻyinida asosiy jamoaning ilk tarkibida maydonga tushgan yagona oʻyinchisi boʻlgan va jamoadoshlari tomonidan mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan[13].

Newcastle United

2022-yilning 31-yanvarida Matt Targett 2021—2022-yilgi mavsum oxirigacha ijara shartnomasi asosida „Newcastle United「 futbol klubi safiga qoʻshilgan[14]. Ijara muddati tugagach, 2022-yil 8-iyun kuni Targett klub bilan 4 yilga moʻljallangan 15 million funt sterlinlik yangi shartnoma imzolagan[15][16].

Faoliyat statistikasi

2022-yil 29-oktyabr holatiga ko'ra;
Batafsil maʼlumot Klub, Mavsum ...
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Southampton 2013—2014 Premyer liga 0 0 0 0 0 0 0 0
2014—2015 Premyer liga 6 0 2 0 4 0 12 0
2015—2016 Premyer liga 14 0 1 0 2 0 3 0 20 0
2016—2017 Premyer liga 5 0 0 0 1 0 2 0 8 0
2017—2018 Premyer liga 2 0 0 0 0 0 2 0
2018—2019 Premyer liga 16 1 2 0 3 0 21 1
Jami 43 1 5 0 10 0 5 0 63 1
Fulham (ijara) 2017—2018 Chempionat 18 1 3 0 21 1
Aston Villa 2019—2020 Premyer liga 28 1 0 0 4 1 32 2
2020—2021 Premyer liga 38 0 0 0 0 0 38 0
2021—2022 Premyer liga 17 1 1 0 1 0 19 1
Jami 83 2 1 0 5 1 0 0 89 3
Newcastle United (ijara) 2021—2022 Premyer liga 16 0 16 0
Newcastle United 2022—2023 Premyer liga 9 0 0 0 1 0 10 0
Jami 25 0 0 0 1 0 0 0 26 0
Jami 169 4 6 0 16 1 8 0 199 5
Yopish

Manbalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.