Usmonli imperiyasining o'n beshinchi sultoni (1617-1618 va 1622-1623) From Wikipedia, the free encyclopedia
Mustafo I (/ˈmʊstəfə/; usmonli turkcha: مصطفى اول, tax. 1600, Konstantinopolda – 1639-yil 20-yanvar, Konstantinopolda) – Usmonli imperiyasini 1617-yil 22-noyabrdan 1618-yil 26-fevralgacha va 1622-yil 20-maydan 1623-yil 10-sentyabrgacha sultoni boʻlgan. Sulton Mehmed III va Halime Sultonning oʻgʻli edi. Ikki marta davlatning sultoni boʻlgan. Birinchi hukmronligi davrida tarixchilar Mustafoi avliyo (Vali Mustafo) deb atagan. Ikkinchi hukmronligida Mustafoi dalli (Deli Mustafo) deb atalgan[1][2].
Mustafo I | |
---|---|
Usmonlilar imperiyasi podshohi | |
Mansab davri 1622-yil – 1623-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | Usmon II |
Vorisi | Murod IV |
Usmonlilar imperiyasi podshohi | |
Mansab davri 1617-yil – 1618-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | Ahmad I |
Vorisi | Usmon II |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
8-yanvar 1592-yil Manisa, Usmonlilar imperiyasi |
Vafoti |
20-yanvar 1639-yil (47 yoshda) Istanbul, Usmonlilar imperiyasi |
Imzosi | [[Fayl:|128x80px|alt=]] |
Mustafo taxminan 1600-yilda Topkapi saroyida tugʻilgan. U Sulton Mehmed III va abxazlik kanizak Halime Sultonning oʻgʻli edi[3].
1603-yilgacha Usmonli sultoni taxtga oʻtirganidan soʻng akalarini qatl etish odat tusiga kirgan (Mustafoning otasi Mehmed III oʻzining 19 ukasini qatl qilgan edi). Ammo 1603-yilda Mustafoning oʻgay akasi, 13 yoshli Ahmad I taxtga oʻtirgach, u Mustafoning hayotini saqlab qoldi[4].
Mustafoning omon qolishida Koʻsem Sultonning (Ahmedning sevimli kanizagi) taʼsiri boʻlib, u Ahmadning toʻngʻich oʻgʻli Sulton Usmonning boshqa kanizakdan merosxoʻri boʻlishini xohlamagan boʻlishi mumkin. Agar Usmon Sulton boʻlsa, ehtimol oʻzining oʻgay akalarini, Ahmad va Koʻsemning oʻgʻillarini qatl qilishga harakat qilardi. Keyinchalik bu ssenariy Usmon 1621-yilda Ahmad va Koʻsemning toʻngʻich oʻgʻli Mehmedni qatl qilganida roʻyobga chiqdi[5]. Bundan tashqari, Ahmad taxtga oʻtirgach, Mustafo yagona merosxoʻr boʻlishi mumkin edi. Agar Ahmad uni qatl qilib, keyin oʻgʻilsiz vafot etganida, sulola nobud boʻlar edi[6][7]. Biroq, elchilarining xabarlari shuni koʻrsatadiki, Ahmad oʻzining oʻgay akasi bilan yaxshi munosabatda boʻlgan[8].
Mustafo dastlab buvisi Safiye Sulton bilan birga Eski Saroyda, keyinroq 1617-yilda Ahmad vafotigacha qafasda yashagan[9].
Ahmadning oʻlimi Usmonli imperiyasida nizoni keltirib chiqardi. Endi bir nechta shahzodalar Sultonlik huquqiga ega edilar va ularning barchasi Topkapi saroyida yashar edi[10]. Shayhulislom Esad afandi va Sofu Mehmed posho (U Konstantinopoldan uzoqda boʻlganida Sadr vazirning vakili boʻlgan) boshchiligidagi guruh Ahmadning oʻgʻli Usmon oʻrniga Mustafoni taxtga oʻtirishga qaror qildi. Sofu Mehmed, Usmonni taxtga oʻtirish uchun juda yosh boʻlib, xalq orasida noxush fikrlarga sabab boʻlmaganini taʼkidladi[11].
Mustafoning hukmronligi imperiyaning oxirigacha davom etadigan yangi vorislik tamoyilini yaratdi. Usmonli sultonining oʻrniga ukasi birinchi marta taxtga oʻtirdi. Uning onasi Halime Sulton Valide sulton, regent boʻlib, katta hokimiyatga ega edi.
Mustafo Topkapi saroyidagi guruhlar quroli edi[12]. 1618-yilda saroy guruhlari uni yosh jiyani Usmon II (1618–1622) foydasiga taxtdan agʻdardi va Mustafo Eski Saroyga qaytarildi. Yanicharlar va Usmon II oʻrtasidagi ziddiyat unga ikkinchi imkoniyatni taqdim etdi. 1622-yilda yanicharlar isyoni Usmonning taxtdan chetlatilishi va oʻldirilishiga olib keldi. Mustafo taxtga qayta tiklandi va uni yana bir yil ushlab turdi[13]. 1623-yili Murod IV tomonidan yana taxtdan agʻdarilib, umrining oxirigacha saroy tutqunligida yashagan[14][15].
Mustafo 1639-yil 20-yanvarda Kafesda vafot etdi[16][17][18]. Bir manbada aytilishicha, u 38 yillik umrining 34 yilini qamoqda oʻtkazgani tufayli epilepsiyadan vafot etgan. U Ayasofiya hovlisida dafn etilgan[19].
2015-yilgi „Muhteşem Yüzyıl: Kösem“ turk serialida Mustafo bir nechta aktyorlar tomonidan tasvirlangan:
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.