Muhammadali Gʻiyosov
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Muhammadali Gʻiyosov (ruscha: Гиёсов, Мухаммадали; 30-avgust 2002-yil, Buxoro, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik professional futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi. Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida asosida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Muhammadali Gʻiyosov | ||
Tavallud sanasi | 30-avgust 2002-yil | ||
Tavallud joyi | Buxoro, Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 175 cm (5 ft 9 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi, yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Neftchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2019—2020 | Buxoro | 7 | (1) |
2021—2022 | → Olimpik | 38 | (5) |
2023 | Olimpik | 8 | (0) |
2023 | → Qizilqum | 12 | (4) |
2024 | Qizilqum | 22 | (4) |
2025— | Neftchi | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2022— | Oʻzbekiston U-23 | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Muhammadali faoliyatini 2019-yilda „Buxoro“ jamoasida boshlagan[1]. 2020-yilgi mavsumda ilk bor asosiy tarkibda debyut qilgan[2]. 2021-yilgi mavsumda Toshkentda yangi tashkil etilgan, Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasining bazasi hisoblangan „Olimpik“ jamoasiga ikki yilga ijaraga berilgan[3]. Ikki yil davomida „Olimpik“ jamoasining asosiy futbolchilaridan biriga aylandi va 2023-yilgi mavsumda Buxoro jamoasi bilan shartnomasi yakunlangach, Olimpik jamoasi bilan shartnoma imzolagan[3].
2023-yilgi mavsumda Muhammadali oʻyin sifatida pasayish sababli[4] yozgi transfer oynasida Navoiyning „Qizilqum“ jamoasiga ijaraga berilgan[5]. „Qizilqum“ jamoasi tarkibida 13 ta oʻyinda 5 ta gol muallifi boʻlgan[6][7]. 2024-yilgi mavsumda Navoiy jamoasi tarkibida barcha musoboqalarda 25ta oʻyinda maydonga tushgan va 6 ta gol muallifi boʻlgan[8].
2024-yilgi mavsum yakunida Navoiy jamoasini tark etgan va Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.