Dubay amiri, BAA Bosh vaziri (2006-yildan) From Wikipedia, the free encyclopedia
Shayx Muhammad bin Rashid al Maktum (arabcha: محمد بن راشد آل مكتوم) – Dubayning hozirgi hukmdori, amirlik siyosatchisi va qirollik arbobi, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) vitse-prezidenti, bosh vaziri va mudofaa vaziri lavozimlarida ishlaydi[1]. Muhammad akasi Maktum bin Rashid al Maktumning oʻrniga 2006-yilda BAA vitse-prezidenti va Dubay hukmdori lavozimini egalladi[2][3][4].
Muhammad ibn Rashid al Maktum | |
---|---|
arabcha: محمد بن راشد المكتوم | |
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri | |
Mansab davri 2006-yil | |
Prezident | Xalifa ibn Zayd al Nahayon |
Oʻtmishdoshi | Xalifa ibn Zayd al Nahayon |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
22-iyul 1949-yil Dubay, BAA |
Bolalari | (16 nafar farzandi bor) |
Mukofotlari |
Milliarder Muhammad oʻz daromadining katta qismini koʻchmas mulkdan oladi va „dunyodagi eng koʻzga koʻringan koʻchmas mulk egalardan biri“ sifatida tavsiflanadi[5]. Dubay hukumati va hukmron al Maktum oilasining mulklari oʻrtasida aniq chegara bor[6][7]. Unga tegishli boʻlgan yer davlat mulki sifatida boshqariladi[6]. U Dubayning global shaharga aylanishini, shuningdek, Emirates Airline, DP World va Jumeirah Group kabi bir qator davlat korxonalarining ishga tushirilishini nazorat qiladi[8]. Ulardan baʼzilari Dubai Holdingga tegishli. Muhammad Dubayda Palma orollari va Burj al Arab mehmonxonasi, shuningdek, dunyodagi eng baland bino boʻlgan Burj Xalifa kabi baʼzi loyihalarning rivojlanishini nazorat qilgan[9][10].
Muhammad Dubayning mutlaq hukmdori va BAA bosh vaziri boʻlib, prezident tomonidan tayinlangan[11][12]. Hukumat avtokratik, demokratik institutlar mavjud emas va ichki norozilik taqiqlangan[13][14][15][16]. Olimlar tomonidan avtoritar sifatida tavsiflanadi[17][18].
2020-yil 5-mart kuni Britaniya sudi Muhammad ikki qizi Shamsa va Latifani oʻgʻirlab ketgan hamda oʻzining sobiq rafiqasi, Iordaniya malikasi Haya bint Husaynga tahdid qilgan, degan qarorga keldi[19]. Aytilishicha, Shamsa va Latifa 2000-2018-yillarda buyon Muhammadning buyrugʻi bilan Dubayda hibsda saqlanayotganda majburan dorilangan[20]. 2021-yil 16-fevralda BBCning Panorama telekanali Latifani otasining buyrugʻi bilan Dubayda yashirincha hibsda boʻlgan videoxabarlari aks etgan hujjatli filmni efirga uzatdi[21][22].
Muhammad ot sporti bilan shugʻullanadi. Maktumlar oilasiga tegishli Godolphin otxonasining asoschisi va oltita davlatda faoliyat yurituvchi Darley zotli naslchilik korxonasining egasi[23].
2021-yil oktabr oyida Xalqaro tadqiqotchi jurnalistlar konsorsiumi (ICIJ) tomonidan olib borilgan tergov dunyo boʻylab 330 dan ortiq taniqli siyosatchilar va davlat amaldorlarining ofshor kompaniyalar bilan aloqalari borligini aniqladi. Ular orasida 35 nafar amaldagi va sobiq jahon yetakchilari bor edi. Sizdirilgan 11,9 million faylda Muhammad bin Rashid al Maktum ham oʻz boyligini boshqarish va kengaytirish uchun ofshor kompaniyalardan foydalanganini koʻrsatdi. Oʻz oldi-sotdisini amalga oshirish uchun Britaniya Virjiniya orollari va Bagama orollarida soliqlardan ozod etilgan uchta kompaniyani roʻyxatdan oʻtkazdi. Amirlikdagi Axiom Limited firmasi tomonidan roʻyxatga olingan uchta kompaniya – „Tandem Investco Limited“, „Tandem DirectorCo Limited BVI“ va „Allied International Investments Limited“ Bagama orollarida edi. Qisman Muhammadning asosiy aksiyalariga egalik qiluvchi Dubay xoldingiga tegishli boʻlgan Axiom Limited uchta kompaniyadan „asosiy biznesini kengaytirish“ uchun foydalangan[24][25][26].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.