Remove ads
From Wikipedia, the free encyclopedia
Missuri – AQShning markaziy qismidagi shtat. Missisipi va Missuri daryolari havzasida joylashgan. Maydoni 180,5 ming km². Aholisi 5,67 million kishi (2002). Shundan 69 % i shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi – Jefferson City shahri. Yirik shaharlari – Saint Louis va Kanzas-Siti. M.ning yer yuzasi toʻlqinsimon tekislik. Janubida Ozark platosi (eng baland joyi 540 m) bor. Iqlimi moʻʼtadil iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –G, iyulniki 26°. Yillik yogʻin 1000 mm; tez-tez qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Daryolari kuchli toshadi.
| |||||
---|---|---|---|---|---|
Shtat | |||||
| |||||
Shtat laqabi: | |||||
Mamlakat | AQSh | ||||
Poytaxt | Jefferson City | ||||
Eng yirik shaharlar | [[Kansas City uch
Mlkiyge huquqiy loo.]] | ||||
Maydon • Butun |
AQSh: 21-oʻrinda 180,533 km² | ||||
Aholi • Butun (2021) |
AQSh: 18-oʻrinda 5,800,310 | ||||
YIM |
AQSh: 20-oʻrinda $203,294 million | ||||
Ittifoqqa kirish • Sana |
24-boʻlib 10-avgust 1821 | ||||
Vaqt | UTC-6 (CST) | ||||
Qisqartma | MS [28] | ||||
Shtat guli | Hawthorn | ||||
Shtat daraxti | Flowering dogwood (Cornus florida) |
Missuri – industrial-agrar shtat. Iqtisodiy faol aholining 25% sanoatda band. Qoʻrgʻoshin, temir rudasi, toshkoʻmir, bariy, qurilish materiallari qazib chiqariladi. Mashinasozlik va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Aviaraketa, avtomobilsozlik, radioelektronika, kimyo, goʻsht-konserva, un tortish korxonalari bor. Yoʻl qurish va qishloq xoʻjaligi mashinalari, koʻn-poyabzal, sement ishlab chiqariladi. Kora va rangli metallurgiya korxonalari mavjud. Missurining yetakchi tarmogʻi – chorvachilik. Qoramol, choʻchqa boqiladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari: makkajoʻxori, soya, bugdoy. Ozark platosida suli, Missisipi daryosi vodiysida paxta ekiladi[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.