(1905-yil, Buxoro — 1937-yil, Toshkent) — Jadidchilik harakati aʼzolaridan biri From Wikipedia, the free encyclopedia
Misboh yoki Misbohiddin Burhonov (1905-yil, Buxoro — 1937-yil, Toshkent) — Jadidchilik harakati aʼzolaridan biri. Oʻzbekiston Respublikasi Madhiyasining bastakori Mutal Burhonovning akasi. Qatagʻon qurboni boʻlgan.
Misboh Burhonov | |
---|---|
Tavalludi |
1905-yil |
Vafoti |
1937-yil Toshkent |
Fuqaroligi | Buxoro amirligi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi, SSSR |
Taʼlimi | Moskva davlat universiteti |
Misboh Burhonov 1905-yilning 26-dekabrida Buxoro amirligi poytaxti Buxoro shahrida tavallud topgan. Burhonlar sulolasi ilk oʻrta asrlardan boshlab Buxorodagi badavlat xonadon sanaladi. XX asr boshlaridan boshlab sulola vakillari Buxorodagi jadidchilik harakatida muhim oʻrin tuta boshlaganlar. Onasi somoniylar sulolasining eng soʻnggi vakilasi boʻlgan. Misbohlar oilada besh farzand boʻlgan: akasi Minjohiddin, opasi Mohida, singlisi Fotima va ukasi Mutavakkil. Ilk taʼlimni otasi Muzainiddin Burhonov qoʻlida olgan. Muzainiddin Burhonov Buxoroning mashhur mudarrislaridan, bilimi chuqur, fikri ochiq, jaholat va mutaassiblikni jinidan battar yomon koʻrgan, ijtimoiy hayotdagi ilgʻor harakatlarga, jumladan, jadidchilikka xayrixoh odam boʻlgan[1].
Ziyoli xonadonda oʻsgan Misbohiddin jadid maktablari va zamonaviy taʼlim dargohlarida o‘qib o‘z davrining ilg‘or fikrli yoshlaridan biriga aylandi. Misboh Burhonov 14 yoshga kirganda Buxoro amiri Olimxon tomonidan otasi Muzain bilan birgalikda zindonga tashlanadi. 1919-yil otasi vafot etgach, Burhonov Buxorodan chiqib ketadi. Misboh Burhonov Samarqand, Toshkent bilim yurtlarida oʻqishini davom ettiradi. Shundan keyin Moskva davlat universitetining Jurnalistika fakultetiga o‘qishga qabul qilinadi. 1928-yilda oliy maʼlumotli degan diplom olgach, bir muddat Samarqand shahriga, shundan so‘ng Tojikistonning poytaxti Stalinobod (hozirgi Dushanbe) shahriga ko‘chib ketadi. 1933-yilgacha „Tojikistoni surx“ roʻznomasining bosh muharriri bo‘lgan. Ayni paytda yosh yozuvchi sifatida o‘zining o‘tkir qalami bilan xalq va ijod ahli orasida tanila boshlaydi. Misboh Burhonov Tojikiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosiga qabul qilingan. Biroq, 1933-yilning 11-oktabrida chaquv sababli aksilinqilobchi degan ayblov bilan hibsga olinib, oʻsha yilning 2-noyabrida 5 yilga qamoqqa hukm qilinadi[2]. 1937-yilning 1-sentabrda Misboh Burhonovga yana bir karra O‘zSSR Jinoyat Kodeksining 60-, 67-moddalariga asosan ayblov eʼlon qilinadi. 1937-yil 11-oktabrda qamoqqa olingan Misboh Burhonov qamoqxonaning og‘ir sharoiti sababli butunlay sog‘lig‘idan ayriladi, zaif va kasalmand holga tushadi. Chunki uyqusizlik, ochlik, ruhiy bosimlar unga katta taʼsir qiladi. Uning shaxsiy varaqasida oila aʼzolari sifatida talaba ukasi Mutal (20 yosh) hamda Samarqandda uy bekasi bo‘lgan singlisi Fotima (23 yosh)larning nomlari keltirilgan. Misboh bilan deyarli so‘roq ham, yuzlashtirishlar ham o‘tkazilmaydi. Hech bir gunohini anglamagan zehnli Misboh hali oila qurib ulgurmay, 1937-yil 25-oktabr kuni amakilari Mazhar, Mukammil va Muhammir Burhonovlar bilan birga otib tashlanadi. Misboh Burhonov 1958-yil 16-yanvarda oqlangan. Ukasi Mutal Burhonov mashhur kompozitor boʻlib yetishadi. Singlisi Fotima Burhonova Abdurauf Fitratga turmushga chiqqan.
Misboh Burhonov 1937-yilning 25-oktabrda oʻlimga hukm qilingan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.