Mircea Lucescu
From Wikipedia, the free encyclopedia
Mircha Luchesku (rumincha: mirtʃe̯a luˈtʃesku; 1945-yil 29-iyulda tugʻilgan) – ruminiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi. U barcha davrlarning eng koʻp mukofotlangan mmurabbiylaridan biri[4].
![]() Lucescu in 2017 | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Mircea Lucescu[1] | ||
Tavallud sanasi | 29-iyul 1945-yil | ||
Tavallud joyi | Buxarest, Ruminiya | ||
Boʻyi | 1.77 m (5 ft 9 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Vinger | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1961–1963 | Școala Sportivă 2 București | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1963–1977 | Dinamo București | 250 | (57) |
1965–1967 | → Știința București (ijara) | 39 | (12) |
1977–1982 | Corvinul Hunedoara | 111 | (21) |
1990 | Dinamo București | 1 | (0) |
Total | 401 | (90) | |
Milliy terma jamoa | |||
1966–1979 | Ruminiya[izoh 1] | 70 | (9) |
Boshqargan klublari | |||
1978–1982 | Corvinul Hunedoara Oʻynovchi murabbiy | ||
1981–1986 | Ruminiya | ||
1985–1990 | Dinamo București | ||
1990–1991 | Pisa | ||
1991–1995 | Brescia | ||
1995–1996 | Brescia | ||
1996 | Reggiana | ||
1997–1998 | Rapid București | ||
1998–1999 | Inter Milan | ||
1999–2000 | Rapid București | ||
2000–2002 | Galatasaroy | ||
2002–2004 | Beşiktaş | ||
2004–2016 | Shakhtar Donetsk | ||
2016–2017 | Zenit Sankt Peterburg | ||
2017–2019 | Turkiya | ||
2020–2023 | Dinamo (Kiyev) | ||
2024– | Ruminiya | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Luchesku, shuningdek, Ruminiya chempionatining eng muvaffaqiyatli oʻyinchilaridan biri boʻlib[5], Dinamo Buxarest bilan yettita chempionlikni qoʻlga kiritgan. Lucescu shuningdek, „Ştiinta Bucureshti“ va „Korvinul Xunedoara“ klublarida ham oʻynagan va 1970-yilgi FIFA Jahon chempionatida Ruminiya terma jamoasiga sardorlik qilgan. Ruminiya terma jamoasida 70 ta oʻyinda maydonga tushgan[6].
Luchesku Ruminiya, Italiya, Turkiya, Ukraina va Rossiyada turli jamoalarni boshqargan. Mircea oʻn ikki yill davomida Donetskning „Shaxtyor“ klubini boshqargan faoliyati bilan mashhur. Bu davrda Donetsk jamoasi bilan birgalikda sakkiz marta Ukraina Premyer ligasi, oltita Ukraina kubogi, yettita Ukraina Superkubogi va 2008/2009-yilgi UEFA kubogida gʻalaba qozonib, jamoa tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiyga aylangan[7]. Mircea shuningdek, „Shaxtyor“ jamoasining raqibi „Dinamo Kiyev“ bilan ham Ukrainada sovrinlarni qoʻlga kiritgan. Lucescu faoliyati davomida shuningdek, Dinamo Buxarest va Rapid Buxarest bilan Divizia A chempionligini, Galatasaroy va Beshiktosh bilan Turkiya Superligasi chempionligini qoʻlga kiritgan.
Luchesku 2004, 2010, 2012, 2014 va 2021-yillarda Ruminiyada, 2006 va 2008 va 2014-yillarda Ukrainada yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan[8]. 2013-yilda u Ruminiyada oʻn yillikning eng yaxshi murabbiyi mukofotiga sazovor boʻlgan[9] va 2015-yilda Alex Ferguson, Carlo Ancelotti, Arsène Wenger va José Mourinho kabi UEFA Chempionlar Ligasida 100 ta oʻyinida murabbiylik qilgan beshinchi shaxs boʻlgan. Mircea murabbiylik faoliyatida gʻalaba qozonilgan rasmiy sovrinlar soni (38 ta) boʻyicha ham uchinchi oʻrindadir[10].
Murabbiylik faoliyati
Ruminiya
2024-yil 6-avgustda u birinchi bor Ruminiyani boshqarganidan 38 yil oʻtib yana Ruminiya terma jamoasi murabbiyi sifatida qaytdi[11][12].
Yozuvchilik faoliyati
Mircha Luchesku 1980-yilda „Drumul Socialismului“ gazetasida xronikalar, sharhlar va oʻyinlar tahlilini yozishni boshlagan[13]. U futbol haqida ikki jild ham yozgan:[14][15][16]
- Maysazor sarobi (1981)
- Shaxtyorske zhyttya (Shaxtyor hayoti) (2011)
Shaxsiy hayot
Luchesku poliglot. U oʻz ona tilidan tashqari ingliz, portugal, ispan, italyan, fransuz va rus tillarini biladi[17][18]. U koʻpincha oʻz oʻyinchilariga teatrga borish yoki kitob oʻqish klublar yoki restoranlarga borishdan koʻra foydaliroq ekanligini aytadi. Shuningdek, u oʻz futbolchilarini universitetga borishlari uchun bosim oʻtkazdi[19]. Uning oʻgʻli Razvan Luchesku ham futbolchi boʻlgan va hozirda PAOK jamoasini boshqarmoqda.
2009-yil 15-iyulda Luchesku angina xuruji boʻldi va infarktga uchragan. Donetskdagi tez tibbiy yordam shifoxonasida operatsiya qilingan[20].
2012-yil 6-yanvarda Buxarestda yoʻl-transport hodisasiga uchragan va jiddiy jarohat olgan[21].
Faoliyat statistikasi

Futbolchi
Jamoa | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Dinamo București | 1963–64 | Divizia A | 2 | 0 | – | 2 | 0 | |||
1964–65 | Divizia A | 1 | 0 | – | 1 | 0 | ||||
1967–68 | Divizia A | 17 | 1 | – | 17 | 1 | ||||
1968–69 | Divizia A | 28 | 8 | 1 | 0 | 29 | 8 | |||
1969–70 | Divizia A | 24 | 4 | – | 24 | 4 | ||||
1970–71 | Divizia A | 23 | 3 | 3 | 0 | 26 | 3 | |||
1971–72 | Divizia A | 26 | 7 | 3 | 0 | 29 | 7 | |||
1972–73 | Divizia A | 28 | 12 | – | 28 | 12 | ||||
1973–74 | Divizia A | 25 | 5 | 2 | 1 | 27 | 6 | |||
1974–75 | Divizia A | 31 | 4 | 3 | 1 | 34 | 5 | |||
1975–76 | Divizia A | 26 | 6 | 2 | 1 | 28 | 7 | |||
1976–77 | Divizia A | 19 | 7 | 1 | 0 | 20 | 7 | |||
Jami | 250 | 57 | 15 | 3 | 265 | 60 | ||||
Știința București (ijara) | 1965–66 | Divizia B | – | |||||||
1966–67 | Divizia B | – | ||||||||
Jami | 39 | 12 | 39 | 12 | ||||||
Corvinul | 1977–78 | Divizia A | 34 | 7 | – | 34 | 7 | |||
1978–79 | Divizia A | 27 | 5 | – | 27 | 5 | ||||
1979–80 | Divizia B | – | ||||||||
1980–81 | Divizia A | 27 | 7 | – | 27 | 7 | ||||
1981–82 | Divizia A | 23 | 2 | – | 23 | 2 | ||||
Jami | 111 | 21 | 111 | 21 | ||||||
Dinamo București | 1989–90 | Divizia A | 1 | 0 | – | 1 | 0 | |||
Umumiy faoliyat statistikasi | 401 | 90 | 15 | 3 | 416 | 93 |
Terma jamoadagi gollar
- Gollar va natijalar birinchi boʻlib Ruminiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Lucheskuning har bir golidan keyin hisobni koʻrsatadi.[2]
Gol | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musoboqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 1966-yil 3-dekabr | GSP Stadium, Nicosia, Kipr | ![]() |
2–1 | 5–1 | Yevro-1968 saralashi |
2 | 1967-yil 23-aprel | Stadionul 23 August, Buxarest, Ruminiya | ![]() |
1–0 | 7–0 | Yevro-1968 saralashi |
3 | 1970-yil 9-fevral | Estadio San Martín de Porres, Lima, Peru | ![]() |
1–0 | 1–1 | Oʻrtoqlik |
4 | 1971-yil 22-sentyabr | Olympic Stadium, Helsinki, Finland | ![]() |
4–0 | 4–0 | Yevro-1972 saralashi |
5 | 1971-yil 24-noyabr | Stadionul 23 August, Buxarest, Ruminiya | ![]() |
2–0 | 2–0 | Yevro-1972 saralashi |
6 | 1974-yil 29-may | Stadionul 23 August, Buxarest, Ruminiya | ![]() |
3–1 | 3–1 | 1973–1976 Bolqon kubogi |
7 | 1975-yil 19-mart | İnönü Stadium, Istanbul, Turkiya | ![]() |
1–1 | 1–1 | Oʻrtoqlik |
8 | 1975-yil 11-may | Stadionul 23 August, Buxarest, Ruminiya | ![]() |
5–0 | 6–1 | Yevro-1976 saralashi |
9 | 1976-yil 5-iyun | Stadio San Siro, Milan, Italiya | ![]() |
1–2 | 2–4 | Oʻrtoqlik |
Murabbiylik
- o'yin 2023 yil 3 noyabrda bo'lib o'tdi
Jamoa | Dan | Gacha | Natijalar | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
G | W | D | L | GF | GA | GD | Win % | |||
Ruminiya | 1981-yil 1-noyabr | 1986-yil 2-oktyabr | 58 | 24 | 19 | 15 | 77 | 63 | +14 | 41 |
Dinamo București | 1985-yil 1-noyabr | 1990-yil 30-iyun | 177 | 132 | 28 | 17 | 494 | 167 | +327 | 75 |
Pisa | 1990-yil 1-iyul | 1991 yil 11 mart | 24 | 8 | 5 | 11 | 32 | 49 | −17 | 33 |
Brescia | 1991-yil 1-iyul | 1995 yil 19 fevral | 151 | 47 | 59 | 45 | 197 | 188 | +9 | 31 |
Brescia | 1995-yil 1-iyul | 1996 yil 25 fevral | 29 | 7 | 9 | 13 | 32 | 36 | −4 | 24 |
Reggiana | 1996-yil 1-iyul | 1996 yil 25 noyabr | 13 | 1 | 4 | 8 | 13 | 22 | −9 | 8 |
Rapid București | 1997-yil 1-iyul | 1998 yil 25 noyabr | 57 | 41 | 11 | 5 | 122 | 42 | +80 | 72 |
Inter Milan | 1998-yil 1-dekabr | 1999 yil 21 mart | 17 | 4 | 4 | 9 | 26 | 26 | +0 | 24 |
Rapid București | 1999-yil 1-aprel | 2000 yil 30 iyun | 49 | 32 | 9 | 8 | 103 | 49 | +54 | 65 |
Galatasaray | 2000-yil 1-iyul | 2002 yil 30 iyun | 106 | 64 | 22 | 20 | 210 | 111 | +99 | 60 |
Beşiktaş | 2002-yil 1-iyul | 2004 yil 17 may | 89 | 53 | 19 | 17 | 162 | 98 | +64 | 60 |
Shakhtar Donetsk | 2004-yil 17-may | 2016 yil 24 may | 573 | 395 | 90 | 88 | 1 220 | 452 | +768 | 69 |
Zenit Saint Petersburg | 2016-yil 24-may | 2017-yil 28-may | 40 | 25 | 7 | 8 | 74 | 34 | +40 | 60 |
Turkiya | 2017-yil 2-avgust | 2019-yil 11-fevral | 17 | 4 | 6 | 7 | 17 | 25 | −8 | 24 |
Dinamo Kiyev | 2020-yil 23-iyul | 2023-yil 3-noyabr | 126 | 70 | 21 | 35 | 216 | 126 | +90 | 56 |
Ruminiya | 2024-yil 6-avgust | present | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | +0 | — |
Jami | 1 526 | 907 | 313 | 306 | 2 896 | 1 388 | +1508 | 59 |
Shaxtyordagi murabbiylik davri
Musoboqalar | Oʻyin | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | UG | OʻG |
---|---|---|---|---|---|---|
Ukraina Premyer ligasi | 357 | 273 | 49 | 35 | 817 | 234 |
Ukraina kubogi | 71 | 57 | 7 | 7 | 175 | 45 |
Ukraina Superkubogi | 11 | 5 | 4 | 2 | 22 | 12 |
Yevropa | 134 | 60 | 30 | 44 | 206 | 161 |
Total | 573 | 395 | 90 | 88 | 1220 | 452 |
Yutuqlar
Futbolchi sifatida
Dinamo București[26]
- Divizia A: 1963–64, 1964–65, 1970–71, 1972–73, 1974–75, 1976–77, 1989–90
- Cupa României: 1967–68
Corvinul Hunedoara
- Divizia B: 1979–80
Individual
- Ruminiyada yilning eng yaxshi futbolchisi (toʻrtinchi oʻrin): 1971
Murabbiy sifatida
Corvinul Hunedoara
- Divizia B: 1979–80
Dinamo București
- Divizia A: 1989–90
- Ruminiya kubogi: 1985–86, 1989–90
Brescia
- Serie B: 1991–92
- Anglo-Italian Cup: 1993–94
Rapid București
- Divizia A: 1998–99
- Ruminiya kubogi: 1997–98
- Ruminiya Superkubogi: 1999
Galatasaray
- Süper Lig: 2001–02
- UEFA Superkubogi: 2000
Beşiktaş
- Süper Lig: 2002–03
Shakhtar Donetsk[27]

- Ukraina Premyer ligasi: 2004–05, 2005–06, 2007–08, 2009–10, 2010–11, 2011–12, 2012–13, 2013–14
- Ukraina kubogi: 2003–04, 2007–08, 2010–11, 2011–12, 2012–13, 2015–16
- Ukraina Superkubogi: 2005, 2008, 2010, 2012, 2013, 2014, 2015
- UEFA kubogi: 2008–09
Zenit Saint Petersburg
- Rossiya Superkubogi: 2016
Dynamo Kyiv
- Ukraina Premyer ligasi: 2020–21
- Ukraina kubogi: 2020–21
- Ukraina Superkubogi: 2020
Individual
- Sport gazetasi: Ruminiyada yilning eng yaxshi murabbiyi: 2004, 2010, 2012, 2014, 2021
- Ukraina Premyer ligasi Oyning amg yaxshi murabbiyi (3): 2020-21 (mart, aprel, may),
Orders
- III darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (Ukraina) (2006)[28]
- Ruminiya yulduzi ordeni (2009)[31]
- II darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (Ukraina) (2009)[31]
- I darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (Ukraina) (2011)[32]
Manbalar
Eslatmalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.