Michael Schulte
From Wikipedia, the free encyclopedia
Michael Schulte (talaffuzi: Mixael Shulte; 30-aprel 1990-yil[1], Eckernförde, Schleswig-Holstein) – nemis qoʻshiqchisi, qoʻshiqnavis, gitarachi va aranjirovkachi.
Michael Schulte | |
---|---|
![]() Michael Schulte (2018) | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
30-aprel 1990-yil |
Janrlar | pop |
Kasbi | qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, kompozitor |
Faoliyat yillari | 2008-yildan hozirgacha |
Leybllar | Edel AG |
Fuqaroligi | Olmoniya |
2011-yilda Schulte „The Voice of Germany“ televizon kasting-shousida uchinchi oʻrinni egallagan va 2018-yil fevral oyida Lissabonga Eurovision qoʻshiq tanlovida Germaniya vakili sifatida qatnashish uchun bir ovozdan eng yaxshi deb topilib, tanlovda 4-oʻrinni egallagan[2][3].
Hayoti
Michael Schulte oʻz soʻzlariga koʻra, 11 yoshigacha oilasi bilan shimoliy Germaniyaning Schlei koʻrfazi boʻylab ochiladigan temir yoʻl koʻprigi bilan mashhur boʻlgan Lindau qishlogʻida yashagan[4] . Yetti yoshida dastlab gitara, keyin pianino chalishni oʻrgangan va gapira boshlashi bilanoq qoʻshiq aytishga harakat qiladi[5]. Michael Schulte oʻn yoshidanoq oʻz qoʻshiqlarini yaratgan. Oʻn bir yoshga toʻlganda, oilasi Flensburg yaqinidagi Dollerupga koʻchib oʻtadi, u yerda Michael Daniya gimnaziyasida oʻqiydi. 2009-yilda voyaga yetganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani olgach, muqobil fuqarolik xizmatini oʻtagan. Musiqa har doim uning hayotining asosiy qismi boʻlgan, shuning uchun oʻzini koʻcha musiqachisi sifatida sinab koʻrishga jur’at etadi, lekin oʻzini koʻpchilik osongina taniydigan joyda emas, balki Ekkernförde shahrida faoliyatini olib boragan[6][7].
Michael asta-sekin sahna tajribasiga ega boʻldi, lekin RTL telekanalidagi „Deutschland sucht den Superstar“ televizon kasting-shousida ishtirok etish taklifini rad etadi[5].
Unga mashhurlik internet tufayli kelgan. 2008-yil 4-fevralda Schulte oʻz kanalini YouTube portalida roʻyxatdan oʻtkazadi va darhol barbadoslik qoʻshiqchi Rihannaning birinchi singli „Umbrella“ga qilingan kaver versiyasi videoklipini joylashtiradi. Kutilmagan muvaffaqiyatdan ilhomlanib, Michael veb-kamera yordamida oʻz aranjirovkalarini yaratish va namoyish etishda davom etadi, bu esa unga asta-sekin taniqli boʻlishiga sabab boʻladi[3][8]. Vaqt oʻtishi bilan, Schulte oʻz kanalida turli qoʻshiqchilar bilan birgalikda suratga olingan kliplarni joylashtira boshlaydi, masalan, avstraliyalik qoʻshiqchi Gotyening „Somebody That I Used to Know“ qoʻshigʻiga Max Giesinger bilan kuylagan kaver versiyasini joylashtirigan[2][9][10].
2024-yil 31-yanvar holatiga koʻra, YouTubedagi kanali obunachilar soni 331 ming kishini, koʻrishlar soni esa 138 milliondan tashkil qilgan[11].
Musiqa tanlovlarida ishtirok etishi
The Voice of Germany
2011-yilning yozida, Kil haftaligida (nemischa: Kieler Woche ) Schulte mashhur irlandiyalik gitarachi va qoʻshiqchi Rea Garvey, nemis pop-rok guruhining solisti Reamonn[12] bilan konsertda qoʻshiq kuyladi. Rea Garvey „The Voice of Germany“ teleshousining 1-mavsumi (2011—2012) tashkilotchilaridan biri boʻlgan, bu yerda undan tashqari Nena, Xavier Naidoo va The BossHoss[13] ham bor boʻlishgan. Michaelni ushbu musobaqada ishtirok etishga taklif qilgan Rea Garvey edi. Schulte avvaliga peshqadamlar safida edi, ammo oxir-oqibat uchinchi oʻrinni egallaydi[14]. Oʻzining soʻzlariga koʻra, shouning finalida uning britaniyalik pop musiqachisi Ed Sheeran bilan qilagn dueti uning yangi ijodiy gʻoyalari paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Sheeran va Schulte nafaqat tashqi koʻrinishida, balki ichki jihatdan ham bir-biriga oʻxshash musiqiy xislatlarga ega edilar[15][16].
2020-yilda Schulte „The Voice of Germany“ televizion kasting-shousiga nomzod sifatida emas, balki onlayn murabbiy sifatida (inglizcha: Online-Coach Comebackstage) qaytadi. Uni tanlovdan oʻta olmagan daʼvogarlar bilan ishlash imkoniyati quvontirgan, chunki u ularning ahvolini, his-hayajoniniyaxshi tushunar va ularga shouga qaytishiga yordam bergan[17].
Eurovision
- Eurovision 2018 finali oldidan chiqishlari
Germaniyada Eurovision tanloviga ishtirokchilarni saralashda asosan ARD teleradiokompaniyalari uyushmasi shugʻullanadi. 2018-yil 22-fevral kuni Birinchi kanalda „Lissabon uchun bizning qoʻshiqlar“ (nemischa: Unser Lied für Lissabon ) koʻrsatuvi namoyish etildi, unda olti nafar nomzod ishtirok etgan. Yangilangan qoidalar boʻyicha ovoz berish natijasi teng ravishda uchta natijadan iborat boʻladi – teletomoshabinlar, xalqaro hakamlar hay’ati va Eurovision ekspertlarining ovozi. Michael Schulte vafot etgan otasiga[10][18] bagʻishlangan „You Let Me Walk Alone“ balladasini ijro etgani uchun uchta baholash guruhining har biridan 12 ball oladi.
2017-yildan buyon Quyi Saksoniyaning Buxtehude shahrida istiqomat qilayotgan Michael[19][20] muxbirlarga bergan turli intervyularida xotirjamligini, tabiat qoʻynida yashashni yoqtirishini, u yerda „qushlarning sayrashi, shamol shovqini va barglarning shitirlashi ostida“ yangi qoʻshiqlarini yozishi mumkinligini, megapolislar uni hech qachon oʻziga jalb qilmaganligini tan oladi[3] . Biroq Michael „Eurovision-2018“ tanlovi boshlanishidan oldin London, Madrid, Amsterdamda rejalashtirilgan konsertlar va „You Let Me Walk Alone“ qoʻshigʻi taqdimoti bilan bogʻliq gastrol safariga mamnuniyat bilan qoʻshiladi[21]. Tayyorgarlik bosqichida Michael odatiy xotirjamligini saqlab qoldi va uning balladasi ohangiga mos ravishda kulrang jinsi shim va qora koʻylakda final chiqishida paydo boʻlishni rejalashtiradi[5]. Shu jumladan, oʻgʻlining tugʻilishini kutayotgani uchun oʻz otasi haqidagi shaxsiy xotiralari alohida ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlaydi. Gitara chalgan sevimli otasi Michaelga birinchi akkordlarni oʻrgatgan. Otasining eski gitara kamarini u oilaviy yodgorlik sifatida asraydi[5][22][23].
Schulte Germaniya vakili oʻlaroq „Eurovision-2018“dagi chiqishi haqidagi fikrlarini oldingi yillardagi soʻnggi oʻrinlarga nazar tashlab, juda ehtiyotkorlik bilan aytgan va oʻz balladasi bilan hech boʻlmaganda oʻntalikka kirishga umid qiladi. Eurovision tanlovi natijalaridan qatʼi nazar, Michael Schulteni 2018-yil noyabr oyida Germaniyaning Myunxen, Kyoln, Gamburg, Berlin shaharlari boʻylab gastrol safarida ishtirok etadiganlar roʻyxatiga oldindan kiritishadi[24].
„Eurovision-2018“ natijalari hakamlar hay’ati tomonidan ovoz berish (shu jumladan finalga chiqa olmagan mamlakatlar) va teletomoshabinlarni tanlash orqali aniqlangan. Bu ikki ovoz berish oʻrtasida sezilarli farq bor. Professional hakamlar hay’atining qaroriga koʻra, eng koʻp ballni Avstriya – 271, Shvetsiya – 253, Isroil – 212, Germaniya – 204, Kipr – 183 oladi. Tomoshabinlar soni boʻyicha beshlikka Isroil, Kipr, Italiya, Chexiya, Germaniya kiradi. Ballar yigʻindisi boʻyicha ikkila ovoz berishda Isroil – 529, Kipr – 436, Avstriya – 342, Germaniya – 340, Italiya – 308 eng yaxshilari boʻlishdi.
Ommaviy axborot vositalari sharhlovchilari Michael Schultening 4-oʻrinni olishini kutilmagan va hatto shov-shuvli deb atashdi. Musiqachining oʻzi bolaligidan Eurovision qoʻshiq tanlovining muxlisi boʻlganini tan oladi[25][26][27].
Lissabondagi xalqaro muvaffaqiyat Michael Schulteni Buxtehudeda ham mashhur qiladi. 2018-yil 18-mayda shahar burgomistri Katya Oldenburg-Shmidt (nemischa: Katja Oldenburg-Schmidt ) qoʻshiqchini shaharning qadimiy ratushasida boʻlib oʻtgan tantanali ziyofatda tabriklaydi[28], u yerda qoʻshiqchi shaharning oltin kitobiga imzo chekadi va balkondan tomoshabinlarga minnatdorchilik bildirib, ularga oʻz balladalaridan parchalarni kuyladi hamda 2018-yil 13-oktyabrda boʻladigan konsertiga taklif qiladi[20][29][30][31][32].
2018-yil 19-mayda „Stern“ jurnali „Kun bayonoti“ (nemischa: Spruch des Tages ) ruknida qoʻshiqchining quyidagi soʻzlarini joylashtiradi: „Tanlovning Germaniyadagi saralash bosqichiga ariza topshirish hayotimdagi eng yaxshi qarorlardan biri edi. ESC men uchun hech qachon unutmaydigan ulkan sarguzasht va davr boʻldi“. Michael Schulte, shuningdek, Eurovision-2019 uchun Germaniyadagi saralash bosqichiga ariza berishni va uning shaklini qayerdan topish mumkinligini ham tushuntirgan[33].
Eurovision-2021ning final konsertida Michael Schulte oʻzining 2018-yildagi You Let Me Walk Alone[34] qoʻshigʻini Zoe Wees bilan birga duetda ijro etgan. Schulte Lissabondagi muvaffaqiyatidan besh yil oʻtib, Germaniyaning eng mashhur yakkaxon xonandalardan biri boʻlib qolmoqda. Uning yangi albomi „Remember Me“ taqdimoti 2023-yil sentyabr oyiga rejalashtirilgan[35].
Oilasi va musiqiy faoliyatini davom ettirishi
Eurovisondagi chiqishidan bir oy oʻtgach, Buxtehude shahrida Michael Schulte va uning qayligʻi Katarina Mayerning toʻyi boʻlib oʻtadi (nemischa: Katharina Mayer ). Kuyovjoʻra boʻlib, uning doʻsti, mashhur musiqachi Max Giesinger qatnashgan[36][37]. 2018-yil 17-avgustda Michael va Katharinaning birinchi farzandi dunyoga keladi, unga Luis deb ism qoʻyishadi[38][39].
2018-yil 24-iyun kuni Michael Schulte gitarada Kil haftaligi yakunida qoʻshiq aytib, ishtirok etadi, bu haftalikda uch milliondan ortiq tomoshabinlar qatnashgan[40][41].
Birinchi farzandi tugʻilgandan soʻng, Schulte otalar va oʻgʻillar oʻrtasidagi muloqot mavzusini qamrab oluvchi „Never Let You Down“ nomli yangi qoʻshigʻini yozadi[42].
2018-yil 16-noyabrda Berlindagi Potsdam maydonidagi teatrda 1948-yildan beri boʻlib kelayotgan „Bambi“ televizion mukofotining 70-tantanali topshirilish marosimi boʻlib oʻtadi. Ommaviy ovoz berish natijalariga koʻra (nemischa: Publikumswahl ), mukofotni Michael Schulte olgan, u bu nominatsiyada Mike Singer, Nico Santos va Leadan oʻzib ketadi[43].
2019-yil 3-oktyabrda Germaniya birligi kunida Michael Schulte Kil maydonida bepul konsert beradi. Uning „Highs & Lows“ yangi albomi bilan Germaniya boʻylab gastrol safari 2020-yilning martiga rejalashtiriladi[44].
2021-yil 12-martda er-xotinning ikkinchi oʻgʻili tugʻiladi, unga Lenni (nemischa: Lenny ) deb ism qoʻyiladi. Bu yangilik eʼlon qilinganda, Michael „Stay“ deb nomlangan yangi singlining tez orada chiqishini shaʼma qiladi[45].
2023-yil fevral oyida Michael Schulte Max Giesinger bilan birgalikda aytgan „More to this life“ qoʻshigʻi chartlarda yuqori oʻrinlardan joy oladi[46].
Diskografiyasi
Albomlari
(Eʼlon qilingan vaqti qavs ichida koʻrsatilgan)
- All the Waves (11.03.2011)
- Acoustic Cover – Live, Vol. 1 (06.05.2011)
- Acoustic Cover – Live, Vol. 2 (08.07.2011)
- Berlin Sessions (02.12.2011)
- Acoustic Cover – Live, Vol. 3 (27.07.2012)
- Wide Awake (28.09.2012; DE: #54)
- Grow Old with Me (EP – 21.12.2012)
- My Christmas Classics (22.11.2013)
- Thoughts (EP – 16.05.2014)
- The Arising (3.10.2014; DE: #81)
- Hold the Rhythm (28.04.2017)
Singllari
Yil | Nomi | Reyting[47] | Izoh | ||
---|---|---|---|---|---|
![]() |
![]() |
![]() | |||
2012 | Creep | 62 (1 haftada) |
— | — | Sanasi: 6 -yanvar 2012-yil (faqat raqamli formatda) |
Video Games | 66 (1 haftada) |
— | — | Sanasi: 27-yanvar 2012-yil (faqat raqamli formatda) | |
Carry Me Home | 8 (5 haftada) |
30 (3 haftada) |
25 (3 haftada) |
Sanasi: 3-fevral 2012-yil (faqat raqamli formatda); 10-fevral 2012-yil (CD) | |
2018 | You Let Me Walk Alone | 27 (1 haftada) |
— | — | Sanasi: 20-fevral 2018-yil Unser Lied für Lissabon dasturi; Euroviision-2018 |
Boshqa qoʻshiqlari
- 2010: Soul Traveler
- 2011: She
- 2011: Tears
- 2011: Good Times
- 2011: Last Christmas
- 2012: Ohne Dich
- 2012: Jump Before We Fall
- 2014: Rock and Scissors
- 2015: Indigo, feat. „Fewjar“
- 2016: Remember Yesterday, „Alle Farben“ & Perttu
- 2015: Carmine, feat. „Fewjar“
- 2017: End of My Days
Filmografiyasi
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.