oʻzbek shoirasi va davlat arbobi From Wikipedia, the free encyclopedia
Mehrinoz Abbosova (toʻliq ismi: Mehrinoz Nosirjon qizi Abbasova; 1995-yil 23-iyul; Chortoq tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbek shoirasi[1]. Xalqaro jurnalist va adabiyotshunos. Respublika yosh ijodkorlar kengashining ilk raisi (2017—2022). Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzosi (2018). Shuhrat medali sohibasi (2017). Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori (2012)[2]. Shoiraning „Men yoshlikman“ (2011) va „Yulduzrang qoʻshiqlar“ (2014) nomli kitoblari Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi tavsiyasi bilan chop etilgan. Hozirda u Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining Davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Mehrinoz Abbosova | |
---|---|
Mehrinoz Nosirjon qizi Abbasova | |
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi | |
Mansab davri 2022-yil 11-fevraldan – hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Oʻtmishdoshi | Qobuljon Ahmedov |
Respublika yosh ijodkorlar kengashining raisi | |
Mansab davri 2017-yil 19-iyundan – 2022-yil 11-fevralgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Oʻtmishdoshi | lavozim joriy etilgan |
Vorisi | Muhammadxon Yusupov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Mehrinoz Nosirjon qizi Abbasova 23-iyul 1995-yil Chortoq tumani Namangan viloyati Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Turmush oʻrtogʻi | Xushnud Xudoyberdiyev |
Bolalari | Mustafo Gʻayratov |
Onasi | Muqaddasxon Dehkanova |
Otasi | Nosirjon Dehkanov |
Istiqomat joy(lar)i |
Toshkent Oʻzbekiston |
Taʼlim |
Bakalvriat: Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Magistratura: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti |
Kasbi | xalqaro jurnalist, adabiyotshunos. |
Dini | islom |
Maʼlumoti | oliy |
Mukofotlari | |
Vebsayti | MehrNoz |
Mehrinoz Abbosova 2017-yilda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning eʼtiboriga tushgan va talabalik chogʻida yangi tashkil etilgan Respublika yosh ijodkorlar kengashi raisligiga prezidentning taklifi bilan tayinlangan. Uning qoʻl ostida kengash tomonidan ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida koʻplab forumlar, festivallar, tanlovlar, anjumanlar va ijtimoiy loyihalar oʻtkazilgan. Hozirda esa bir nechta katta loyihalarni, xususan WikiStipendiya marafonining tashkillashtirilishi va oʻtkazilishi jarayonlarida oʻzining katta hissasini qoʻshib kelmoqda.
Mehrinoz Abbasova 1995-yil 23-iyulda Namangan viloyati Chortoq tumanida tavallud topgan. Oilada 3 farzandning kenjasi. Mehrinoz otasi Nosirjon Dehkanovni oʻzining eng birinchi ustoziligini aytib, bolaligini eslab shunday deydi[3]:
… Endi anglasam, dadam bolaligimdan fikrlarim, orzularim, maqsadlarim bilan hisoblashganlar. O‘zimga nisbatan kuchli ishonch uyg‘otganlar. Har doim dunyodagi eng yaxshi dadaning, xokisor va halol odamning qizi ekanimdan faxr tuyaman[3].
Mehrinoz Abbasovaning bolaligi Chortoq tumani va Namangan shahrida oʻtgan. U dastlab 2002-yilda tumandagi 45-sonli oʻrta maktabda oʻqishni boshlagan. 2004-yilda oilasi Namanganga koʻchganidan soʻng, shahardagi 57-sonli oʻrta maktabda (2004—2007), 57-sonli ixtisoslashgan maktabda (2007—2011), 2011-yildan Namangan davlat universiteti qoshidagi 2-sonli akademik litseyda taʼlim olgan. 4-sinfdan ingliz tili kurslarida oʻqigan. Badiiy gimnastika, raqs toʻgaraklariga qatnashib, musiqa maktabida fortepiano va dutor chalishni oʻrgangan[3]. Toshkent meditsina institutida oʻqishni, vrach boʻlishni va bir kun kelib Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotida ishlab, butun dunyo boʻylab ekologik jihatdan noqulay mintaqalar aholisini davolashni orzu qilgan[4].
Sheʼriyatga qiziqib, yoshligidan Namanganning taniqli adiblari – Ziyoviddin Mansur, G‘ulomjon Akbarov va boshqalar bilan yaqindan tanishgan[4]. 2012-yilda esa adabiyot yoʻnalishi boʻyicha Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori boʻlgan. Shoiraning „Men yoshlikman“ (2011)[5] va „Yulduzrang qoʻshiqlar“ (2014) nomli kitoblari Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi tavsiyasi bilan chop etilgan[6].
Shoira 2014-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirdi. 2017-yilda Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida chiqish qildi va shu chiqishi tufayli Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning eʼtiboriga tushdi. Prezidentning taklifi bilan Mehrinoz Abbosova talabalik chogʻidayoq yangi tashkil etilgan Respublika yosh ijodkorlar kengashining raisi lavozimiga tayinlandi[7]. Kengash tomonidan ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Mehrinoz Abbosovaning qoʻl ostida „Respublika yosh ijodkorlar forumi“, „Oʻzbekiston bahori“, „Samarqand sheʼr oqshomlari“, „Toshkent ilhomlari“ festivallari; „Buyuklar biz bilan“, „Izhor“, „Duel“ tanlovlari; „Tarjimonlar haftaligi“, „Zomin jilgʻalari“ anjumanlari; „Orol odamlari“, „Cheksiz ijod-cheksiz imkon“ ijtimoiy loyihalari oʻtkazildi. 2017-yilda Shuhrat medali sohibasi boʻldi[8][9].
2018—2020-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oliy adabiyot kursida magistratura bosqichini tamomladi. 2018-yilda Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasiga aʼzo boʻldi. 2022-yil 11-fevraldan hozirgacha Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining Davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelyapti[10][11].
Mehrinoz Abbosova Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligida bir nechta katta loyihalarni, xususan WikiStipendiya marafonini tashkillashtirilishi va oʻtkazilishi jarayonlarida oʻzining katta hissasini qoʻshib kelmoqda. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 30-iyunda Yoshlar kuniga bagʻishlangan tantanali tadbirda soʻzlagan nutqda bu toʻgʻrida toʻxtalib shunday dedi[12][13]:
… Men hozirgina uchrashgan Mehrinoz Abbosova boshchiligidagi bir guruh tashabbuskor yoshlar tomonidan dunyoning eng ommabop elektron ensiklopediyasi – Vikipediyaga 10 mingdan ortiq oʻzbek tilidagi maqolalar joylanganini eshitib, xursand boʻldim[13].
2023-yil 7-sentyabr kuni Mehrinoz Abbosovaning turk tiliga tarjima qilingan sheʼrlari „Gerçek Fethiye Gazetesi“da eʼlon qilingan[14]. Shuningdek, 2023-yildan boshlab taniqli adabiyot va sanʼat vakillari bilan ochiq suhbat tarzida olib boriladigan yangi video kontent – „Aslida“ loyihasiga asos solgan[15].
Mehrinoz Abbasovaning turmush oʻrtogʻi taniqli oʻzbek bloggeri va huquqshunosi – Xushnud Xudoyberdiyev[16]. Ularning Mustafo ismli oʻgʻli bor[17].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.