italiyalik sobiq professional futbolchi From Wikipedia, the free encyclopedia
Massimo Ambrosini (1977-yil 29-mayda tavallud topgan) – asosan yarim himoyachi ampulasida harakat qilgan sobiq italiyalik futbolchi. Massimo, asosan, Italiya A Seriyasining grant klublaridan biri boʻlgan A.C Milan jamoasidagi muvaffaqiyatli oʻyinlari bilan mashhurlikka erishgan. Amborisini klub tarkibida oʻn sakkiz yili davomida harakat qildi. Jamoa bilan birgalikda bir nechta unvonlarni qoʻlga kiritdi va 2009-yildan 2013-yilgacha Paolo Maldini nafaqaga chiqqanidan soʻng, sardorlik bogʻichini oʻz zimmasiga oldi. Ambrosini Fiorentinadagi bir mavsumlik faoliyatidan soʻng, 2014-yilda futboldagi faoliyatini yakunlaydi. Xalqaro miqyosda Italiya milliy futbol terma jamoasi sharafini 2000-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida va ikki marotaba UEFA Yevropa chempionatida himoya qildi. Shuningdek, UEFA Yevro 2000 turnirida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Massimo Ambrosini[1] | ||
Tavallud sanasi | 29-may 1977-yil | ||
Tavallud joyi | Pesaro, Italiya | ||
Boʻyi | 1.82 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1994—1995 | Cesena | 25 | (1) |
1995—2013 | AC Milan | 344 | (29) |
1997—1998 | → Vicenza (ijara) | 27 | (1) |
2013—2014 | Fiorentina | 21 | (0) |
– | Italiya | 35 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Hozirda Massimo Sky Sport Italiya jamoasi uchun ekspert va futbol sharhlovchisi sifatida ishlaydi[2].
2009-yilning 6-iyulida milanliklar mavsumoldi mashgʻulotlari uchun taʼtildan qaytishganda, Ambrosini rasman klub sardori etib tayinlandi va sardorlik bogʻichini Paolo Maldinidan meros qilib oladi. 2009-yilning 8-sentyabrida Massimo shartnomasini yana bir yil muddatga uzaytirgani holda, jamoada 2011-yilgacha qolishni afzal koʻradi[3]. Ambrosini2010—2011-yilgi mavsumda uchta oʻyin oʻtkazgan holda A Seriya chempionligini qoʻlga kiritdi va hamshahar raqib „Inter de Milan“ jamoasini ortda qoldirdi. 2011-yil 19-may sanasidada Massimo yangi, bir yillik shartnoma imzolaydi[4].
2011—2012-yilgi mavsumda ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan va boshqa jamoadoshlari Filippo Inzaghi, Alessandro Nesta, Gennaro Gattuso va Clarence Seedorflar ketganidan soʻng, Ambrosini klubdagi kelajagini koʻrib chiqayotgani xabar qilingandi. Bir nechta muhim magʻlubiyatlar bilan boshlangan juda qoʻpol startdan soʻng, „Milan“ yakunda mavsumni amaldagi chempion „Yuventus“ va ikkinchi oʻrindagi Napolidan keyin uchinchi oʻrinda yakunladi va keyingi mavsumda Chempionlar ligasi saralash pley-offiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
2013-yil 11-iyun kuni „Milan“ bosh direktori Adriano Galliani klub Ambrosini bilan yakunlangan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilganini tasdiqladi va shu bilan uning „Milan“dagi oʻn sakkiz yillik faoliyatini yakunlandi.
Club | Season | League | Kubok | Mintaqaviy | Boshqa oʻyinlar | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Cesena | 1994-95 | Serie B | 25 | 1 | 2 | 0 | — | — | 27 | 1 | ||
AC Milan | 1995-96 | Serie A | 7 | 0 | 4 | 0 | 3 | 0 | — | 14 | 0 | |
1996-97 | 11 | 0 | 3 | 0 | 4 | 0 | — | 18 | 0 | |||
1998-99 | 26 | 1 | 3 | 0 | — | — | 29 | 1 | ||||
1999-2000 | 29 | 2 | 4 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 36 | 2 | ||
2000-01 | 16 | 3 | 3 | 1 | 7 | 0 | — | 26 | 4 | |||
2001-02 | 9 | 3 | 1 | 0 | 3 | 0 | — | 13 | 3 | |||
2002-03 | 21 | 1 | 3 | 1 | 13} | 0 | — | 37 | 2 | |||
2003-04 | 20 | 1 | 3 | 1 | 6 | 0 | 3 | 0 | 32 | 2 | ||
2004-05 | 22 | 1 | 4 | 2 | 11 | 1 | 1 | 0 | 38 | 4 | ||
2005-06 | 13 | 1 | 1 | 0 | 0 | — | 18 | 1 | ||||
2006-07 | 19 | 2 | 3 | 0 | 12 | 0 | — | 34 | 2 | |||
2007-08 | 33 | 4 | 0 | 0 | 7 | 0 | 3 | 0 | 43 | 4 | ||
2008-09 | 28 | 7 | 0 | 0 | 5 | 1 | — | 33 | 8 | |||
2009-10 | 30 | 1 | 1 | 0 | 8 | 0 | — | 39 | 1 | |||
2010-11 | 18 | 1 | 1 | 0 | 4 | 0 | — | 23 | 1 | |||
2011-12 | 22 | 1 | 2 | 0 | 6 | 0 | 1 | 0 | 31 | 1 | ||
2012-13 | 20 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | — | 25 | 0 | |||
Umumiy | 344 | 29 | 37 | 5 | 99 | 2 | 9 | 0 | 489 | 36 | ||
Vicenza (ijarada) | 1997-98 | Serie A | 27 | 1 | 1 | 0 | — | 6 | 0 | 34 | 1 | |
Fiorentina | 2013-14 | Serie A | 21 | 0 | 1 | 0 | 8 | 1 | — | 30 | 1 | |
Umumiy faoliyati | 417 | 31 | 41 | 5 | 107 | 3 | 15 | 0 | 580 | 39 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.