Mangʻistau (viloyat)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Mangʻistau viloyati (qozoqcha: Маңғыстау облысы), — Qozogʻiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1973-yil 20-martda Guryev (hozirgi Atiarau) viloyatidan ajralib chiqqan. Maydoni 165,6 ming km2. Aholisi 577,464 kishi (2013). 1988-yilning 2-iyunida tarqatilib 1990-yilning 17-avgustida tarixiy „Mangʻistau“ degan nom bilan qaytadan viloyat boʻlib tashkil topdi. Viloyat markaizi — Aqtau shahri. Mangʻistau viloyati Qozogʻistonni dengiz bilan bogʻlaydigan yagona suv bekati bor.
| ||
viloyat | ||
---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Aqtau | |
Yirik shahari | Aqtau, Janaoʻzen | |
Asos solingan sanasi | 1973-yil | |
Akim | Aydarbekov Alik Serikovich | |
Aholi (2013) |
577,464[1] (3 % , (15-oʻrin) | |
Zichligi | 3,5 kishi./km² | |
Millatlar tarkibi |
qozoqlar 88 % ruslar 8,2 % | |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, Xristianlar | |
Maydoni | 165 642 km² (6,1 %, 7-oʻrin) | |
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi Eng past joyi |
556 m -132 m | |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 | |
Telefon kodi | +7 7292 [2] | |
Pochta indeksi | 13 xxxx[3] | |
Avtomobil raqami kodi | R, 12 | |
Rasmiy sayti | http://www.mangystau.kz/index.php | |
Xaritada | ||
43°52′0″N 52°0′0″E |
Aholisi
Viloyat aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 547,424 kishiga yetdi. Viloyat aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:
Aholi soni 1989 yilgi | % | Aholi soni 1999 yilgi | % | Aholi soni 2010 yilgi | % | |
---|---|---|---|---|---|---|
jami | 332424 | 100,00 % | 314669 | 100,00 % | 446265 | 100,00 % |
Qozoqlar | 165043 | 49,65 % | 247644 | 78,70 % | 386069 | 86,51 % |
Ruslar | 106801 | 32,13 % | 46630 | 14,82 % | 38160 | 8,55 % |
Ozarbayjonlar | 4568 | 1,37 % | 3407 | 1,08 % | 4456 | 1,00 % |
Ukrainlar | 10159 | 3,06 % | 4124 | 1,31 % | 3290 | 0,74 % |
Lezginlar | 10366 | 3,12 % | 2379 | 0,76 % | 2433 | 0,55 % |
Tatarlar | 5163 | 1,55 % | 2490 | 0,79 % | 2191 | 0,49 % |
Armanlar | 1873 | 0,56 % | 1308 | 0,42 % | 1223 | 0,27 % |
Qoraqalpoqlar | 89 | 0,03 % | 144 | 0,05 % | 875 | 0,20 % |
Chechenlar | 4056 | 1,22 % | 655 | 0,21 % | 811 | 0,18 % |
Koreyslar | 816 | 0,25 % | 716 | 0,23 % | 802 | 0,18 % |
Oʻzbeklar | 937 | 0,28 % | 394 | 0,13 % | 612 | 0,14 % |
Qirgʻizlar | 325 | 0,10 % | 323 | 0,10 % | 484 | 0,11 % |
Olmonlar | 1136 | 0,34 % | 554 | 0,18 % | 436 | 0,10 % |
Beloruslar | 1697 | 0,51 % | 612 | 0,19 % | 427 | 0,10 % |
Osetinlar | 1111 | 0,33 % | 338 | 0,11 % | 314 | 0,07 % |
Gurjinlar | 690 | 0,21 % | 215 | 0,07 % | 279 | 0,06 % |
Udinlar | 284 | 0,09 % | 241 | 0,08 % | 266 | 0,06 % |
boshqalar | 17310 | 1,64 % | 2495 | 0,83 % | 3137 | 0,70 % |
Viloyatda tugʻish koʻrsatkichi
Dunyoga kelganlar | 2003 | 2004 | 2005 | 2006 | 2007 | 2008 | 2009 | 2010 | 2011 |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
ming kishi | 8,086 | 9,385 | 9,898 | 11,248 | 12,201 | 13,348 | 14,236 | 14,676 | 16,025 |
1000 kishiga hisoblaganda | 23.50 | 26.38 | 26.89 | 29.41 | 30.58 | 32.04 | 32.00 | 28.57 | 29.96 |
Geografiyasi
Mangʻistau viloyati Qozogʻistonning janubi-gʻarbida. Relyefi xilma-xil. Oʻrtacha balandlikdagi togʻ, qirlar, keng tekisliklar va okean sathidan past botiqlar uchraydi. Mangʻistau togʻlari (eng baland choʻqqisi Qaratau tizmasidagi Beshshoʻqi choʻqqisi 556 m) shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon 150 km masofaga choʻzilgan. Viloyatning shimoliy Kaspiy boʻyi pasttekisligining janubiy chekkasi bilan band. Mangʻistau togʻlaridan janubi-sharqda Qozogʻistonda eng chuqur Qoragiyo (Botir) botigʻi joylashgan (—132 m). Viloyatning janubi-sharqiy qismini Ustyurt platosi egallagan. Bu yerda Mangʻistau neft havzasi joylashgan. Katta tabiiy gaz zahiralari ham bor. Temir rudasi, qoʻngʻir koʻmir, ohaktosh, mergel va boshqa foydali qazilma boyliklar ham koʻp. Tuproqlari, asosan, boʻz-qoʻngʻir tuproq. Shimol-gʻarb vajanubi-sharqiy qismida shoʻrxoklar va taqirlar keng tarqalgan. Shimol bilan janubda shuvoq va shoʻralar; Kaspiy dengizi sohillarida shoʻra va galofit oʻtlar oʻsadi. Hayvonlardan saygʻoq, boʻri, tulki, kemiruvchilardan yumronqoziq, qoʻshoyoq, qushlardan tuvaloq, qizgʻaldoq uchraydi.
Iqlimi va ichki suvlari
Iqlimi keskin kontinental va quruq. Yanvarning oʻrtacha harorati —3, —4°. Yozi juda issiq va quruq. Iyulning oʻrtacha harorati 26—27°. Maksimal harorat 45° ga yetadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori viloyat shimolida 150– 160 mm, janubida 100–110 mm. Yer usti suvlari kam. Faqat janubi-sharqidagina bir nechta koʻl bor. Kaspiy dengizining suvi quruklikka ancha kirib borgan. Qoʻltiqlarning suvlari shoʻr, ichish va texnika maqsadlarida foydalanishga yaramaydi. Yer osti suvi koʻp. Quduq suvlaridan keng foydalanilmoqda.
Hududiy boʻlinishi
Qishloq xoʻjaligi
Qishloq xoʻjaligining asosini goʻsht-junga ixtisoslashgan qoʻychilik, tuyachilik va yilqichilik tashkil etadi. Bu yerda chorva mollari deyarli yil boʻyi yaylovlarda boqiladi. Dehqonchilik suyet rivojlangan. Maqat — Aqtau —— Uzen va Beyneu —— Qoʻngʻirot temir yoʻli Mangʻistau neftini va Oʻrta Osiyo paxtasini boshqa mamlakatlarga chiqarish imkonini beradi. Viloyatni Atirau, Astraxon va Turkmanboshi shaharlari bilan bogʻlaydigan dengiz yoʻlovchilar tashish transporti ham ishlaydi. Havo transporti viloyat markazi Aqtauni Olmaota, Aterov va Moskva bilan bogʻlaydi.[6]
Sanoati
Mangʻistau viloyati Qozogʻistonning donor hududi boʻlib hisoblanadi. Neft va gaz konlariga boy, asosiy markazlari — Uzen va Jetiboy neft konlari. Oziq-ovqat ayniqsa baliq sanoati rivojlangan. Aqtau shahrida goʻsht kombinati, sut, kimyo, temir-beton konstruksiyalar zavodlari, qurilishda ishlatiladigan chigʻanoqtosh koni, suvni chuchuklashtirish qurilmasiga ega boʻlgan issiqlik va atom elektr stansiyalari, Bautino posyolkasida baliq ovlash kemalarini taʼmirlash zavodi, Yeraliyevo shaharchasida tikuvchilik fabrikasi bor.
Mangʻistau viloyati Kaspiy dengizining yoqasida joylashganligi va boshqa davlatlar bilan chegaradosh boʻlganligi sabab, yuk tashish yildan-yilga koʻpayib bormoqda. Viloyatda „Jer-Dengiz-Aspan“ rejasi ham yaxshi rivojlanib kelayapti. Viloyatning 2010-yilgi iqtisodiy koʻrsatkichlari:
- Umumiy hudud mahsuloti — 1,422,9 mlrd tenge (5 oʻrin)
- Korxona mahsulotlarining umumiy hajmi — 1647, 4 mlrd tenge (2 oʻrin)
- Qishloq xoʻjaligining mahsuloti — 4,4 mlrd tenge (14 oʻrin)
- Asosiy kapitalga quyilgan sarmoya — 372 mlrd tenge (3 oʻrin)
- Parchalangan savdo koʻlami — 78 mlrd tenge (14 oʻrin)
Ijtimoiy soha
Viloyatda 117 kunduzgi umumiy bilim beruvchi maktab (qatnashuvchilar soni 88,1 ming), 13 kolledj (10,3 ming qatnashuvchi) 4 oliy oʻquv yurti (17,8 ming student) faoliyat yuritadi.
Manbalar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.