Atirov (viloyat)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Atirov viloyati (qoz.: Атырау облысы) – Qozogʻiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938-yili Gurev viloyati degan nom bilan tashkil topgan. 1992-yildan keyin hozirgi nomga ega boʻlgan. Maydoni 118,6 ming km2. Aholisi 555,1 ming kishi (2013). Shimoliy tarafidan Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati bilan, sharqida Aqtoʻbe viloyati bilan, janubiy-gʻarbidan Mangʻistov viloyati bilan va gʻarbidan Rossiyaning Astraxan viloyati bilan chegaradosh. Viloyat markazi – Atirov shahri.
| ||
viloyat | ||
---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Atirov | |
Asos solingan sanasi | 1933-yil[1] | |
Akim | Izmuxambetov Baqtiqoʻja Salaxatdinovich | |
Aholi (2013) |
↗ 555,198[2] (3,1 % , (16-oʻrin) | |
Zichligi | 4,58 kishi./km² | |
Millatlar tarkibi |
qozoqlar 88,96 % ruslar 8,63 % koreyslar 0,59 % | |
Dinlar tarkibi | Musulmonlar, Xristianlar | |
Maydoni | 118 631 km² (4,4 %, 12-oʻrin) | |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 | |
Telefon kodi | +7 712х xx-xx-xx | |
Pochta indeksi | 06 xxxx | |
Avtomobil raqami kodi | E, 06 | |
Rasmiy sayti | http://www.e-atyrau.kz/rus/ | |
Xaritada | ||
47°7′0″N 51°53′0″E |
Tarixi
Tabiati
Atirov viloyati Kaspiy boʻyi pasttekisligida joylashgan. Barxan qumlari, suv oqmaydigan botiqlar bor. Yanvarning oʻrtacha harorati – 3,4° dan – 10,6° gacha, iyulniki 24°–26°. Yiliga 100–200 mm yogʻin tushadi. Yozda toʻzonli boʻronlar va suxoveylar boʻladi. Asosiy daryolari: Ural, Emba, Uil, Sagʻiz. Sayoz, asosan shoʻr koʻllar bor. Yer yuzasining kattagina qismi shoʻrxok, shoʻrtob va qoʻngʻir choʻl-dasht tuproqlaridan iborat. Oʻsimliklari chala choʻl tipidagi (shoʻra, shuvoq, betaga, chalov va boshqalar) oʻsimliklar, daryo qayirlarida daraxt, butazor (toʻqayzor)lar mavjud.
Aholisi
Aholi soni v 1989-yil | % | Aholi soni v 1999-yil | % | Aholi soni v 2010-yil | % | |
---|---|---|---|---|---|---|
barchasi | 424708 | 100,00 % | 440286 | 100,00 % | 513363 | 100,00 % |
Qozoqlar | 338998 | 79,82 % | 391672 | 88,96 % | 469719 | 91,50 % |
Ruslar | 63673 | 14,99 % | 38013 | 8,63 % | 32602 | 6,35 % |
Koreyslar | 3000 | 0,71 % | 2600 | 0,59 % | 2781 | 0,54 % |
Tatarlar | 4913 | 1,16 % | 2728 | 0,62 % | 2529 | 0,49 % |
Ukrainlar | 3749 | 0,88 % | 1442 | 0,33 % | 1231 | 0,24 % |
Olmonlar | 1401 | 0,33 % | 687 | 0,16 % | 544 | 0,11 % |
Oʻzbeklar | 63 | 0,01 % | 319 | 0,07 % | 416 | 0,08 % |
Bulgʻorlar | 864 | 0,20 % | 436 | 0,10 % | 389 | 0,08 % |
Ozarbayjonlar | 49 | 0,01 % | 9 | 0,00 % | 327 | 0,06 % |
Qoraqalpoqlar | 6 | 0,00 % | 5 | 0,00 % | 313 | 0,06 % |
Armanlar | 22 | 0,01 % | 5 | 0,00 % | 279 | 0,05 % |
Beloruslar | 1066 | 0,25 % | 347 | 0,08 % | 271 | 0,05 % |
va boshqalar | 6904 | 1,63 % | 2023 | 0,46 % | 1962 | 0,38 % |
Sanoati
Atirov viloyati sanoatida neft qazib chiqarish, neftni qayta ishlash va baliq sanoati muhim oʻrin tutadi. Energetikasi mahalliy va qisman chetdan keltiriladigan neft mahsulotlari va Qaragʻandi koʻmirida ishlaydi. Neft Emba koni va Atirov atrofidan olinadi. Atirovda neftni qayta ishlash zavodi, shahar yaqinida baliq konserva kombinati ishlab turibdi. Mashinasozlik va metallsozlik (Atirovda mashinasozlik zavodi), kimyo, yogʻochsozlik, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
Hududiy boʻlinishi
Viloyatda hammasi boʻlib 2-shahar, 7-tuman, 15-shahar tipidagi qishloq va 56 qishloq okrugi mavjud.
Tumanlar | boʻlinish markazi | Hududi (ming km²) | Aholisi (ming kishi) |
---|---|---|---|
Jiliqoʻy | Qulsari | 29,4 | 67,9 |
Inder | Inderboʻr | 10,9 | 30,3 |
Isotoy | Oqqistov | 14,7 | 23,9 |
Mahambet | Mahambet | 9,6 | 29,0 |
Moqot | Moqot | 4,9 | 27,2 |
Qizilqoʻgʻa | Miyoli | 24,9 | 32,2 |
Qurmongʻozi | Qurmongʻozi | 20,9 | 58,5 |
Shaharlar | Hududi (ming km²) | Aholisi (ming kishi) | |
Atirov shahari | 458 | 316,4 | |
Qulsari shahari | 40 | 66,0 |
Qishloq xoʻjaligi
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi – yaylov chorvachiligi. Asosan dagʻal junli qoʻylar boqiladi. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning ancha qismi pichanzor va yaylov. Bahorikor va sugʻorma dehqonchilik qilinadi. Qishloq xoʻjaligida yem-xashak ekinlari (bir yillik oʻtlar, silos uchun makkajoʻxori) ham ekiladi. Gʻalla ekinlaridan asosan arpa, tariq yetishtiriladi, Volga va Ural daryolari-744ning quyi oqimida sholi ekiladi. Sabzavot va kartoshka hamda poliz ekinlari ham salmoqli oʻrin tutadi. Kaspiy dengizida baliq ovlanadi. Qishloq xoʻjaligining umumiy mahsulot miqdori – 19528,1 million tengeni, aniq miqdor indeksi 99,7 % tashkil qildi. Goʻsht mahsuloti – 47,0 ming tonnani 102,1 %, sut mahsuloti – 54,2 ming tonnani (100,5 %), tuxum – 1,84 milliontani (100,2 %) tashkil qildi. 2010-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik qora mol – 182,3 mingtani 102,8 %, qoʻy va echki – 619 mingtani (103,1 %), tuya – 31,7 mingtani (102,5 %), yilqi – 46 mingtani (103,9 %) tashkil qildi.
Transporti
Temir yoʻl orqali boshqa viloyatlar bilan bogʻlangan. Ural daryosi (Uralskkacha) va Kaspiy dengizida (Atirovdan Astraxongacha va Fort-Shevchenkogacha) kema qatnaydi. Yuklarning bir qismi avtomobil transportida tashiladi. Avialiniyalar Atirovni Atirov viloyatining boshqa joylari bilan bogʻlaydi.
Manbalar
Havolalar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.