Atirov

From Wikipedia, the free encyclopedia

Atirovmap

Atirov (qozoqcha: Атырау) — Atirov viloyatining markazi, Qozogʻistonning gʻarbida, Yoyiq daryosining yoqasida joylashgan shahar. Temir yoʻl stansiyasi. Neftni qayta ishlash va kimyo sanoati rivojlangan. 1640-yil asos solingan va Rossiya hukumatining keyinroq Oʻrta Osiyoga bosqinchilik yurishlarida tayanch istehkomlaridan biri boʻlgan.

Qisqa faktlar Atirov qoz. Атырау, Mamlakat ...
Atirov

qoz. Атырау
shahar
Thumb
Thumb
Thumb
Thumb
Thumb
Thumb
Thumb
Gerb
47°7′0″N 51°53′0″E
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Atirov viloyati
Hukumat
  Akim Serik Shapkenov[1]
Asos solingan 1640
Avvalgi nomlari Ustʼ-Yaitskiy shaharchasi, Nijniy Yaitskiy shaharchasi, Gurev
Qachondan beri shahar 1885
Markazi balandligi 506 m
Rasmiy til(lar)i qozoqcha
Aholisi
 (2013)
217 312[2]
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 7122[3]
Pochta indeks(lar)i 060001-060011[4]
Avtomobil kodi E, 06
Thumb
Atirov
Atirov
Yopish
Thumb
Atirov shahridagi Ural daryosi

Nomi

1640-yili Yaitskiy gorodok deb nomlangan shaharcha barpo etilgan. Yoyiqning yuqorida Verxniy Yaitskiy gorodok (hozirgi Oʻral shahri) degan shaharcha barpo etilgan, Nijniy Yaitskiy gorodok deb nomlangan, keyinchalik — Ust-Yaitskiy gorodok. Rossiya malikasi Ekatarina II Yoyiq daryosini Ural deb nomlanishiga farmon berganida, shaharning nomi Guryev gorodok, Guryev deb oʻzgartirilgan.

1920-yili maʼlum muddatga bolsheviklar Gurevni Chapaev deb qayta nomlagan.

1992-yildan buyon shahar nomi — Atirov[5].

Atirov degan soʻzi (qozoqcha: Атырау) qozoq tilidan tarjшmasi delta degan maʻnosini bildiradi.

Geografiyasi

Atirov va Astana shaharlarining oraliq masofasi — 1810 km.

Atirovni yoqiq daryosi ikkiga boʻladi: gʻarbi Samar va sharqi Buqar[6]. Rossiya chegarasining gʻarb tarafidan Volga daryosi oqadi. Geografik tomondan viloyatning shimoli-gʻarbiy tomoni Yevropada, barcha sharq tomoni esaOsiyoda joylashgan, asosan choʻlu-biyobonlardan iborat. Shaharning gʻarb tomoni Rossiyaning Astraxan viloyati bilan chegaradosh.

Aholisi

Aholisi 1897-yili 9,3 ming, 1923-yili 12,5 ming, 1939-yili 41,5 ming, 1997-yili 265 ming, 2006-yili 269 ming kishini tashkil qildi. 2012-yilda esa 206,656 kishi boʻlib qoldi, unga asosiy sabablardan biri koʻplab slovyan xalqlarining chet ellarga koʻchib ketishidir.

2007-yili 1-yanvarda shaharning aholisi 207,2 ming kishini tashkil qildi, shu jumladan:

  • Atirov shahri — 154,1 ming kishi;
  • Baliqchi kenti — 17,1 ming kishi;
  • Jumisker kenti — 6,7 ming kishi;
  • Qishloq aholisi — 28,2 ming kishi.

Atirov viloyatida 84 millat vakillari istiqomat qilishadi.

Iqtisodiyot

2007-yil 1-yanvarda roʻyxatdan oʻtgan korxonalarning soni 5195 tani tashkil qildi, shularuning 4875 kichik, 275 oʻrta, 45 yirik. 2006-yil 3319,5 ming tonna neft mahsuloti qayta ishlandi, undan 493,7 ming tonna motorli oʻtin (benzin); 1122,2 ming tonna gazoyl; 1389,9 ming tonna mazut; 123,6 ming tonna neftli koks olindi. Elektr quvatini ishlash 1442,9 mln kVt/soat; issiqlik quvvati — 1624,4 ming kKal tashkil qildi.

Asosiy oziq ovqat mahsulotlaridan: 18 tonna sosiska; 5784 tonna quritilgan baliq; 323 tonna qayta ishlangan sut mahsulotlari; 7370 tonna yangi yopilgan non olindi.

Atirov shahrining iqtisodiy rivojiga „QazMunayGaz“, „Atirov munay ondeu zavodi“, „Qaztransoyl“, „Atirovbaliq“, „Zaman grupp“, MChB, „Atirov jariq“, „Obltransgaz“, „Atirovsushar“, „Atirov suv arnasi“, v.b. mahkamalar koʻp hissasini qoʻshmoqdalar.

Ijtimoiy soha

Atirovda neft korxonasining rejalash instituti, neft va tabiiy tuzlar ilmiy instituti, universitet, drama teatri, filarmoniya, oʻrta maxsus oʻquv yurtlati, taʻlim beruvchi musiqa va sport maktablari, kutubxonalar, kinoteatrlar, madaniyat va hordiq parki, mehmonxonalar, bola bogʻchalar, tibbiy mahkamalar faoliyat yuritadi.

Maorif

  • Umumiy bilim beruvchi maktablar soni — 68;
  • Maktabgacha boʻlgan mahkama soni — 25;
  • Oliy oʻquv yurti — 4;
  • Oʻrta maxsus oʻquv yurtlari — 11.

Oliy oʻquv yurtlari

  • Atirov neft va gaz instituti
  • Atirov Pedagogika instituti
  • Atirov universiteti
  • Kaspiy atrofining hozirgi zamon kolledji (PSK)
  • Atirov agrar texnik kolledji
  • Atirov biznes va huquq kolledji

Shaharning nazarga tushgan joylari

  • Imangʻali masjidi
  • Uspen cherkovi
  • Qurmangʻazi Sagʻirbayuli haykali
  • Beybars sulton haykali
  • Viloyat muzeyi
  • Xiuaz Dospanova haykali
  • Isatay-Maxambet haykali

Manbalar

Havolalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.