Maʼmun akademiyasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
9-asr 1-yarmida Xalifa Maʼmun arrashid (813—833) tomonidan Bagʻdodda tashkil etilgan ilmiy markaz. Dastlab "Bayt ul hikmat" ("Bilim uyi" deb atalgan). Bu akademiyada Hunayn ibn Ishoq, Sobit ibn Kurra, Xubaysh, Baxtyashu, Qusto ibn Luqa al-Baaxbakkiy, Yahyo ibn Adiy, Ishoq al-Damashqiy, Masarjuvayxlar oilasi, Navbaxt, Ibn Muqaffa, Ibn Mojja, Ibn Vaxshiyalar tomonidan yunon, yahudiy, sanskrit, suryoniy, fors tilidan juda koʻplab ilmiy-adabiy, falsafiy-axloqiy asarlar arab tiliga tarjima qilindi va ularga sharxlar yozilib, musulmon dunyosiga yoyildi. Ayni shu tarjima va sharxlar tufayli yunon, hind olimlari asarlari bizgacha yetib kelgan. 828 yil Maʼmun akademiyasi qoshida Bagʻdodning ash-Shammasiya mahallasida birinchi rasadxona, 831 yil Damashq yaqinidagi Kosion togʻida rasadxonaning boʻlimi qurilgan. Rasadxonaga dastlab marvlik Abu Ali Yahyo ibn Mansur, keyinchalik Muhammad Xorazmiy rahbarlik qilgan. Maʼmun akademiyasida turli maqsadlarda ilmiy ekspeditsiyalar ham tashkil qilingan. Chunonchi 830 yil Xorazmiy boshchiligida Gʻarbiy Hindiston (hozirgi Sharqiy Afgʻoniston), Vizantiya, Volganing quyi oqimiga 3 ta ekspeditsiya uyushtirilgan. Maʼmun akademiyasida Xorazmiy bilan birga Xolid ibn al-Malik al-Marvarrudiy, Al-Abbos ibn Sayd al-Javhariy, Ahmad ibn Abdulloh alMarvaziy, Ahmad al-Fargʻoniy, Abu Fazl alhamid ibn Vaseʼ ibn Turk alXuttaliy, Abu Yusuf Yoqub ibn Sabbox al-Kindiy va boshqa koʻplab oʻrtaosiyolik olimlar ijod qilib, turli fanlar rivojiga katta hissa qoʻshdilar.
Ushbu sahifani Xorazm Maʼmun akademiyasi bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
11 -a. boshida Xorazm poytaxti Gurganj (hozirgi Koʻhna Urganch) shahridagi ilmiy markaz ham Maʼmun akademiyasi deb nomlangan (qarang Xorazm Maʼmun akademiyasi).[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.