From Wikipedia, the free encyclopedia
Bilim — kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik maʼlumotlar; voqelikning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va qoidalarga zid kelmasa bunda ishonch hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz Bilim darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim: birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi; uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim. Uchala shart birgalikda mavjud maʼlumotlarni Bilim darajasiga olib chiqadi. Inson ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bilmasliqdan bilishga, mavhum Bilimlardan mukammal va aniq Bilimlar hosil qilish tomon boradi. Kishining moddiy dunyo toʻgʻrisidagi Bilimi nisbiydir, u doimo rivojlanib boradi. Bilim kundalik tajriba, kuzatish orqali toʻplanadi. Bilimlarni tadqiqetuvchi taʼlimot — epistemologiyada perseptiv (hissiy), hayotiy — kundalik (sogʻlom akl) va ilmiy Bilim shakllari ajratib koʻrsatiladi. Ilmiy adabiyotlarda Bilimlarning ilmiy va ilmdan tashqari shakllari ham farq qilinadi. Ilmdan tashqari Bilimlarga madaniyat, adabiyot, sanʼat, mifologiya, din va shahrik. sohalarga oid Bilimlar kiradi. Odatdagi fan sohalarida tadqiq etiladigan Bilimlar ekzoterik (koʻzga tashlanuvchan) Bilimlar deb atalsa, astrologiya va shahrik. sohalarga oid Bilimlar ezoterik (pinhoniy) Bilimlar deyiladi. Ekzoterik Bilimlar ilm-fan qoidalariga zid kelmaydigan boʻlsa, ezoterik.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.