From Wikipedia, the free encyclopedia
Lucas Fransua Bernard Hernandez (fransuzcha: [lukas ɛʁnɑ̃dɛz, - ɛʁnandɛs][4][5] 1996-yil 14-fevralda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, Bundesliganing „Bavariya“ klubi va Fransiya terma jamoasida chap qanot va markaziy himoyachi ampulasida oʻynaydi[6].
colspan="4" class="infobox-header" style="background-color:
| |||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Toʻliq ismi |
Lucas François Bernard Hernandez[1] | ||||||||||||||||||
Tu’gʻilgan yili | 14 February 1996 | ||||||||||||||||||
Tu’gʻilgan joyi |
Marsel, Fransiya | ||||||||||||||||||
Boʻyi |
1.84 m (6 ft)[3] | ||||||||||||||||||
Pozitsiyasi |
Himoyachi | ||||||||||||||||||
colspan="4" class="infobox-header" style="background-color:
| |||||||||||||||||||
Hozirgi jamoasi |
|||||||||||||||||||
Raqami |
21 | ||||||||||||||||||
colspan="4" class="infobox-header" style="background-color:
| |||||||||||||||||||
2002-2007 |
Rayo Majadahonda | ||||||||||||||||||
2007-2014 | |||||||||||||||||||
colspan="4" class="infobox-header" style="background-color:
| |||||||||||||||||||
Yillari |
Jamoalar |
Oʻyinlar |
(Gollar) | ||||||||||||||||
2014-2015 |
Atlético Madrid B |
21 |
(1) | ||||||||||||||||
2014-2019 |
67 |
(1) | |||||||||||||||||
2019- |
74 |
(1) | |||||||||||||||||
colspan="4" class="infobox-header" style="background-color:
| |||||||||||||||||||
2012 |
Fransiya U16 |
1 |
(0) | ||||||||||||||||
2014 |
Fransiya U18 |
2 |
(0) | ||||||||||||||||
2014-2015 |
Fransiya U19 |
13 |
(0) | ||||||||||||||||
2015 |
Fransiya U20 |
3 |
(0) | ||||||||||||||||
2016-2017 |
Fransiya U21 |
9 |
(0) | ||||||||||||||||
2018- |
Fransiya |
33 |
(0) | ||||||||||||||||
colspan="4" class="infobox-header" style="background-color:
Yutuqlari
| |||||||||||||||||||
*Club domestic league appearances and goals, correct as of 19:22, 12 November 2022 (UTC) |
Ernandes oʻz faoliyatini "Atletiko Madrid" klubida boshlagan, u yerda u 100 dan ortiq oʻyinlarda maydonga tushib, 2016-yilda UEFA Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib borgan. Shuningdek, 2018-yilgi Yevropa ligasi va Superkubogi sohibi bo‘lgan. U 2019-yilda „Bavariya“ bilan shartnoma imzoladi va oʻzining birinchi mavsumidayoq Bundesliga, DFB-Pokal va Chempionlar ligasida gʻolib chiqdi. Ernandes 2018-yildan beri fransuz termasi futbolchisi, 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatida ham gʻolib bo‘lgan va UEFA Yevro-2020da ham ishtirok etgan.
Otasi Jan-Fransua Ernandes „Olimpik Marsel“da oʻynab yurgan paytida Ernandes toʻrt yoshida Ispaniyaga koʻchib oʻtdi (u fransuz tilida biroz ispancha aksent bilan gapiradi)[7] va „ Atletiko Madrid“ jamoasiga kelib qoʻshildi[8][9]. 2013-yilning 9-noyabrida murabbiy Diego Simeone tomonidan Ernandes La Liganing „Vilyarreal“ klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushirildi[10], ammo ertasi kuni mehmondagi 1:1 hisobidagi oʻyinda unga imkon berilmadi[11].
Ernandes asosiy tarkibdagi debyutini 2014-yil 26-aprelda o‘tkazdi va Segunda B divizionida „Real Sosedad B“ga qarshi safarda 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi[12]. Mavsum davomida u yana uchta oʻyinda maydonga tushdi, chunki ularda quyi ligaga tushib ketish xavfi deyarli yoʻq edi. Natijada Lukas klub bilan 2018-yilgacha amal qiladigan yangi shartnoma imzoladi[13].
Ernandes 2014-yil 3-dekabrda jamoadagi birinchi debyutini o‘tkazdi va Ispaniya Kubogida CE L’Hospitalet ustidan 3:0 hisobida muvaffaqiyat qozonib, to‘liq 90 daqiqa davomida o‘ynadi[14]. Uning Ispaniya yuqori ligasidagi ilk uchrashuvi Bilbaoning „Atletik''iga qarshi safarda 4:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda roʻy berdi. U oʻsha oʻyinda Guilherme Siqueiraning oʻrniga kechroq maydonga tushirildi[15].
2015-yilning 10-avgustida Ernandes shartnomasini 2019-yilgacha uzaytirdi va yakunda asosiy tarkibga ko‘tarildi[16]. Uning UEFA Chempionlar Ligasidagi ilk uchrashuvi 2016-yilning 15-martida bo‘lib o‘tdi. PSV Eyndxovenga qarshi 1/8 final uchrashuvining qo‘shimcha bo‘limida jarohat olgan Diego Godin oʻrniga aynan u tushirildi (120 daqiqadan so‘ng 0:0, penaltilar seriyasida 8:7 hisobida g‘alaba qozondi)[17]. 28-may kuni San-Siroda “Real Madrid" ga magʻlub boʻlgan finalda ham ishtirok etdi[18].
2016-yilning 6-avgustida, Ernandes „Atletiko“ bilan shartnomasini 2020-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirdi[19]. U 2016-17 yilgi mavsumda Atletiko safida kerakli oʻyinchilardan biri edi va mavsum davomida barcha musobaqalarda 22 uchrashuvda maydonga tushgan boʻlsa, shularning 20tasini asosiy tarkibda boshladi.
2017-18-yilgi mavsumda Ernandes jamoaning asosiy aʼzosi boʻldi, chunki u barcha musobaqalarda 44 ta oʻyinda maydonga tushdi. „Atletiko“ 2018-yilgi UEFA Yevropa ligasi finaliga chiqib, Fransiyaning Marsel klubiga qarshi oʻynadi va yakunda 3:0 hisobida gʻalabaga erishdi, bu, oʻz navbatida, Ernandes uchun birinchi xalqaro sovrin edi[20].
Ernandes professional futbolchi sifatida ilk golini 2019-yilning 19- yanvarida „SD Huesca“ga qarshi o‘yinda (3:0) kiritdi[21].
2019-yilning 27-martida, „Atletiko“ Lukas Ernandes 2019-yil yozida klubni tark etishini tasdiqladi. „Atletiko“ Ernandesga shartnomani uzaytirishni taklif qildi, ammo u Bundesliganing „Bavariya“ klubi bilan shartnoma imzolashga qaror qildi. „Atletiko“ nemis klubi Ernandesning tovon pulini 80 million yevroga faollashtirganini aytdi[22]. Myunxenning „Bavariya“ klubi tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, Ernandesning o‘ng tizzasidagi medial tanglay bog‘lamining shikastlanishi aniqlangan. 2019-yil 28-mart kuni Ernandes o‘ng tizzasini muvaffaqiyatli operatsiya qildi. Operatsiya Ernandesning „Atletiko“dagi mavsumini yakunlashiga olib keldi[23].
Ernandes La Ligada 14 ta, barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan.
2019-yil 12-oktabr kuni Ernandesning „Atletiko“dagi sobiq bosh murabbiyi Diego Simeone Marca nashriga bergan intervyusida chap qanot himoyachisining „Bavariya“ga ketishi „Atletiko“ga katta zarar yetkazganini aytdi: "Bizni eng ko‘p xafa qilgan narsa bu Lukas edi. „Atletiko“ni bir vaqtning o‘zida tark etib, „Barselona“ga o‘tgan Antuan Grizmanndan ham ko‘proq u muhim oʻyinchi edi[24].
2019-yilning 27-martida „Bavariya“ Ernandes 2019-yilning 1-iyulida 80 million yevro evaziga klubga o‘tishini eʼlon qildi va u bilan 2024-yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi[25][26]. U 10-avgust kuni DFB-Pokalda Energie Kottbusga qarshi birinchi davra oʻyinida „Bavariya“ safida 89-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi[27]. 2020-yil 23-avgust kuni „Bavariya“ jamoadoshlari bilan Ernandes Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi[28].
2020-yil 3-noyabrda Ernandes UEFA Chempionlar ligasining 2020-21 -yilgi mavsumida „Red Bull Zalsburg“ ustidan 6:2 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda „Bavariya“ safidagi ilk golini kiritdi[29].
Ernandes 2012-yilning 6-martida Fransiya terma jamoasi safida ilk bor maydonga tushdi va 16 yoshgacha bo‘lganlar jamoasi tarkibida Covercianoda Italiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (1:1) to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. 2014-yilda u 18 va 19 yoshgacha boʻlgan jamoalar safida ham maydonga tushdi. Keyingi yili u oʻz oʻyinlari bilan 2015-yilgi UEFA 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri boʻldi[30].
2018-yilning mart oyida Ernandes murabbiy Dide Desham tomonidan Kolumbiya va Rossiya bilan oʻrtoqlik oʻyinlari uchun terma jamoaga chaqirildi[31]. U Parijdagi 2:3 hisobidagi magʻlubiyatning soʻnggi 14 daqiqasida Lukas Digne oʻrniga maydonga tushib, oʻz debyutini amalga oshirdi[32].
Ernandes 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun terma jamoa tarkibidan joy oldi[33]. U musobaqadagi debyutini 16-iyun kuni Avstraliyaga qarshi (2:1) oʻtkazdi[34] va Fransiyaning turnir davomidagi yettita oʻyinidan oltitasida toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qildi[35][36].
2021-yil oktabr oyida Belgiyaga qarshi UEFA Millatlar ligasi yarim finali oldidan Lukas birinchi marta ukasii Teo bilan Dide Deshamdan milliy terma jamoaga chaqiruv oldi. Keyinroq ikkalasi 3-4-1-2 sxemasida mos ravishda chap qanot yarim himoyachi va chap qanot himoyachisi sifatida maydonga tushishdi. Teo 90-daqiqada gʻalaba toʻpini kiritdi[37]. Ernandes 2022-yilgi Jahon chempionati oldidan Fransiya terma jamoasiga chaqirildi, biroq Avstraliyaga qarshi guruhdagi birinchi o‘yin boshida tizzasidan jarohat oldi va turnirda ishtirok eta olmaydigan boʻldi[38].
Ernandesning otasi Jan-Fransua ham markaziy himoyachi edi. U asli ispan[39] va Atletiko Madrid safida ham oʻynagan[40]. Ernandesning ukasi Teo ham shu klubda tarbiyalangan va xuddi shu pozitsiyada oʻynagan[41]. 2018-yil oktabr oyida Marca nashriga bergan intervyusida u oilasi otasidan 12 yoki 13 yil davomida xabar olmaganini aytdi[42]. 2022-yilda fransuzning L'Équipe gazetasi 2004-yilda bedarak yo‘qolgan Jan-Fransua Tailandda yashayotganini va uning sobiq sherigi tomonidan bolalarini ko‘rishga qonuniy ravishda to‘siq qo‘ygani aniqlangan[43].
2017-yil 3-fevralda Ernandes qiz doʻstiga[44] zoʻravonlikda ayblanib, hibsga olingan[45]. Ernandes va uning qiz doʻsti Ameliya Llorente ham 31 kunlik jamoat ishlariga joʻnatildi[46][47].
Ernandes oʻsha yilning iyun oyida Llorente bilan asal oyidan qaytib, Madridga birga qoʻnganidan soʻng, cheklov tartibini buzgani uchun yana hibsga olingan. Ushbu qoidabuzarlik uchun 2021-yil 13-oktabrda Ernandes Ispaniya sudi tomonidan olti oylik qamoq jazosiga hukm qilindi, biroq u apellyatsiya berdi va uning oʻrniga toʻrt yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi va 96 000 yevro jarima toʻlashga majbur boʻldi[48][49][50].
Klub | Mavsumlar | Liga | Musobaqa | Yevropa | Boshqa | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizionlar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Atlético Madrid | 2014-15 | La Liga | 1 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 |
2015-16 | La Liga | 10 | 0 | 2 | 0 | 4[lower-alpha 1] | 0 | — | 16 | 0 | ||
2016-17 | La Liga | 15 | 0 | 5 | 0 | 4[lower-alpha 1] | 0 | — | 24 | 0 | ||
2017-18 | La Liga | 27 | 0 | 6 | 0 | 11[lower-alpha 2] | 0 | — | 44 | 0 | ||
2018-19 | La Liga | 14 | 1 | 2 | 0 | 5[lower-alpha 1] | 0 | 1[lower-alpha 3] | 0 | 22 | 1 | |
Umumiy | 67 | 1 | 18 | 0 | 24 | 0 | 1 | 0 | 110 | 1 | ||
Bayern Munich | 2019-20 | Bundesliga | 19 | 0 | 3 | 0 | 3[lower-alpha 1] | 0 | 0 | 0 | 25 | 0 |
2020-21 | Bundesliga | 23 | 0 | 1 | 0 | 8[lower-alpha 1] | 1 | 5[lower-alpha 4] | 0 | 37 | 1 | |
2021-22 | Bundesliga | 25 | 0 | 1 | 0 | 8[lower-alpha 1] | 0 | 0 | 0 | 34 | 0 | |
2022-23 | Bundesliga | 7 | 0 | 1 | 0 | 2[lower-alpha 1] | 1 | 1[lower-alpha 5] | 0 | 11 | 1 | |
Umumiy | 74 | 0 | 6 | 0 | 23 | 2 | 4 | 0 | 107 | 2 | ||
Umumiy koʻrsatkich | 141 | 1 | 24 | 0 | 47 | 2 | 5 | 0 | 217 | 3 |
Milliy terma jamoa | Yillar | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Fransiya | 2018 | 15 | 0 |
2019 | 2 | 0 | |
2020 | 5 | 0 | |
2021 yil | 8 | 0 | |
2022 | 3 | 0 | |
Jami | 33 | 0 |
Atletiko Madrid
Bavariya
Fransiya
Shaxsiy sovrinlar
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.