From Wikipedia, the free encyclopedia
VEGA KARPO (Vega Carpio) Lope Feliks de (1562.25.11 — Madrid — 1635.27.8) — ispan dramaturgi. Uygʻonish davrining yirik vakili. 2000 dan ortiq pyesa, 20 ta poema va lirik sheʼrlar muallifi. "Arkadiya" (1598) diniy, "Oʻz yurtida sargardon" (1604) ishqiy mojarolar mavzuidagi, "Doroteya" (1632) suhbat tarzidagi romanlari bor. "Bizning davrimizda yangi sanʼat komediyalar yaratadi" sheʼriy traktatida (1609) V. K. Uygʻonish davri dramalarining asosiy yoʻnalishlarini tasvirlaydi. V. K. pesalarining koʻpchiligi oʻz vatani va b. mamlakatlar tarixidan olingan ijtimoiy-siyosiy mavzularda. "Fuente Ovexuna" (1619), "Begunohlar qoni" (1623), "Sevilya yulduzi" (1623), "Jazo qasos emas" (1635) va b. pesalarida mustabid podsho hokimiyati tanqid qilinadi. "Graf Fernan Gonsales yoki Kastiliyaning ozod etilishi" (1625), "Kastiliya sudyalari" (1618), "Kordovalik dongdor Pedro Karbonero" (1603) va b.da tarixiy voqea-hodisalar xalq qahramonlik dramalariga aylangan. V.K.ning "It oʻzi ham yemas, otga ham bermas" (1618), "Xetaflik dehqon qizi" (1620), "Koʻza koʻtargan qiz" (1627), "Raqs oʻqituvchisi" (1593), "Oʻz sevgilisining quli" (1627—47) kabi komediyalari makkorlik, sevgi mashmashalari haqidagi komediyalardir. V. K. pesalari Uygʻonish davri ispan dramaturgiyasining mumtoz namunalaridir.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.