From Wikipedia, the free encyclopedia
Islom olami uyushmasi - xalqaro islom tashkiloti. Ruxrniylarning 1962 yil may oyida Makkada boʻlib oʻtgan konferensiyasida asos solingan. Qarorgohi Makka sh.da. Oliy rahbar organi Taʼsis kengashi boʻlib, unga turli mamlakatdan 60 nafar diniy arbob kiradi. Uyushma qarorlari tavsiya harakteriga ega, majlisi yiliga 1-marta chaqiriladi. Taʼsis kengash ishini Bosh kotibiyat lashtirib, boshqarib turadi. Uyushmaning Saudiya Ara-bistonining 3 ta shahri — Ar-Riyod, Madina va Jiddada boʻlimlari mavjud, yana 13 ta vakolatxonasi boʻlib, ular Ummon (Iordaniya), Jakarta (Indoneziya), Kualalumpur (Malayziya), Nuaktosh (Mavritaniya), Dakar (Senegal), Parij (Fransiya), Nyu-York (AQSH) va b. bir necha xorijiy mamlakatlar poytaxtlarida joylashgan. Bundan tashqari, I. o. u.ning barcha musulmon mamlakatlarida vakillari bor. Uyushma BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi hamda YUNESKO huzurida maslaqat berish huquqini olgan. I.o.u. BMTning bolalar fondiga badal oʻtkazib turadi. I.o.u. nizomiga muvofiq uning bosh maqsadi — islom taʼlimotini dunyoda hukmron taʼlimotga aylantirish va islom aqidalariga asoslangan tuzum oʻrnatish. Musulmonlar birligini taʼminlash, yoshlar masalasi bilan shugʻullanish ham uning oldiga qoʻygan vazifalaridan hisoblanadi. I. o. u. masjidlar va ularning imom-xatiblariga alohida eʼtibor beradi hamda ular orqali keng koʻlamda tashviqot ishlarini olib borishga yordam qiladi.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.