From Wikipedia, the free encyclopedia
Ar-Riyod (arabcha: الرياض Ar-Riyoz — bog‘, xi-yobon) — Saudiya Arabistonining poytaxti, eng yirik shahri va Najd viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi taxminan 2,2 mln. kishi (1992, shahar atrofi bilan). Shaharning qachon barpo etilgani to‘g‘risida aniq maʼlumot yo‘q. 1821 — 19 asr 2-yarmidan (vaqti-vaqti bilan) Saudiylar davlatining poytaxti, 1902 yildan Najd amirligi, 1927—32 yillarda Hijoz, Najd va boshqa qo‘shib olingan viloyatlar, 1932 yildan Saudiya Arabistoni poytax-ti. Hoz. Ar-Riyod—Saudiya Arabistonining yirik sanoat, savdo va madaniy markazi. Ar-Riyodda issiqlik elektr stansiyalari, binokor-lik materiallari ishlab chiqaradigan, neftni qayta ishlovchi zavodlar, ko‘plab hunarmandchilik korxonalari bor. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qayta ishlanadi. Ar-Riyod Dammam porti bilan temir yoʻl orqali bog‘langan. Havo yo‘llari orqali Ar-Riyod mamlakatning yirik shaharlari va bir qancha chet mam-lakatlar bilan bog‘langan. Shaharda harbiy akademiya, universitetlar, oliy texnika instituti bor.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.