Hazorasp tumani
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Hazorasp tumani – Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Janubdan Turkmaniston, sharqdan Tuproqqalʼa tumani, shimoldan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, gʻarbdan Bogʻot tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,45 ming km2. Tumanda 1 shaharcha (Hazorasp), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshta, Boʻston, Karvak, Ov-shar, Pichoqchi, Sanoat, Yuqori muhamon, Yangibozor). Markazi – Hazorasp shaharchasi.
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Xorazm viloyati |
Maʼmuriy markazi | Hazorasp |
Rasmiy tili | xorazmcha |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
41°19′0″N 61°4′0″E |
Tadqiqotchilarning fikriga koʻra Hazorap atamasi ikki qismga Hazor va Asp ga boʻlgan holda oʻrganadi. Yahyo Gʻulomovning fikricha, mazkur qal’ani katta dev qurgan. Dev aldash yoʻli bilan shu yerga suv ichgani keladigan mingta otni qoʻlga kiritadi va ularning qanotini kesib oʻziga oʻrgatadi. Shundan keyin bu yerni mingta ot deya atay boshlaydilar[1]. Tilshunos Y.Jumanazarovning aytishicha, Hazorasp atamasi qabila nomidan olingan. Bu yerda qadimda Hazora-os yoki Os qabilasi degan qabila yashagan. „Doʻsimov Z., Egamov X. Joy nomlarining qisqacha izohli lugʻati“ kitobida Hazorasp atamasi ikkita qismdan tashkil topgan deyilgan. Hazor-xalq nomi va -us koʻplik qoʻshimcha shaklidan iborat ekanligi aytilgan[2]. Oʻzbek tilining toponimlarining oʻquv izohli lugʻati kitobida Hazorasp atamasi Eroniy tillarda hazor(ming koʻp), osiyo(tegirmon), yop(anhor, ariq) koʻp tegirmonni yuritadigan katta ariq soʻzlarining birlashmasi deyiladi[3]. A.Nabiyev Hazorasp soʻzining maʼnosini quydagicha tushuntiradi. Hazor fors-tojik tilida ming, asp ot degan maʼnoni anglatadi. Hazorasp Xorazmning janubiy qismida joylashgan boʻlib bu yerda mingta otliq saqlangan. Dushmanlar hujumi paytida bu yerdan madad kuchlari kelgan deyiladi[4]. Hazorasp muqaddas lov qal’asi, Xorazm otashparastlar oʻlkasi, oʻt-olov, quyoshga sajda qiluvchilar mamlakatidir deyiladiK.Nurjonovning kitobida[5]. Aholi Hazorasp atamasini Hazoros yoki Hazoris deya talqin qiladi[6].
Hazorasp tumani Xorazm vohasining janubi-sharqi va Qizilqum choʻlida joylashgan. Yer yuzasi pasttekislik, sharqdan gʻarbga bir oz qiya. Urtacha balandligi 150-200 m. Tuman gʻarbiy qismining shimoliy chekkasi va sharqiy qismining janubi Amudaryo terrasalaridan iborat. Janubiy chegarasi Qoraqum choʻliga tutash. Bu yerlarda choʻl relyefiga xos qum tepalari, qoldiq koʻllar (Hajjalikoʻl, Shoʻrkoʻl, Kepak, Uzunkoʻl, Qurvanak va boshqalar) bor. Pitnak atrofida qirlar joylashgan. Tumanning sharqiy qismini Qizilqum choʻli egallagan. Iqlimi keskin kontinental, yanvarning oʻrtacha temperaturasi – 4,1°, eng past temperatura —32°. iyulniki 27°, eng yuqori temperatura 44°. Yillik yogʻin 100-110 mm. Vegetatsiya davri taxminan 200—210 kun. Tumanning shimoliy va janubdan Amudaryo oqib oʻtadi. Tuman ekinzorlari Amudaryodan suv oladigan Toshsoqa, Hazorasp kanallari va bu kanallardan chiqarilgan Pit-nakarna, Yangiyop, Hassayop, Kartibi-char, Ovsharyop, Muhamonyop va boshqa ariqlardan sugʻoriladi. Tuproqlari allyuvial oʻtloqi, botqoq va shoʻrxoklardan iborat. Sizot suvlari 1-3 m chuqurlikda, qish va bahorda yer yuzasiga koʻtariladi va natijada tuproq yuza qatlamida tuz toʻplanadi. Qish va bahorda tuproq yuvilib oqava suvlar tumanning janlan oʻtgan Kattakoʻl kollekto-riga borib tushadi. Tuman janubida Amudaryoda Oʻzbekistonda eng yirik Tuyamoʻ-yin suv ombori qurilgan. Yovvoyi oʻsimliklardan saksovul, roʻvak, turangʻil, tol, terak, jiyda, bugʻdoyiq, ajriq, shuvoq, semizoʻt, shoʻra, oqbosh, yulgʻun, yantoq, qamish, qoʻgʻa, yakan va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, quyon, tulki, boʻrsiq, nutriya, yumronqoziq, ondatra, kaltakesaklar, ilonlar; qushlardan tustovuq, birqozon, oʻrdak, gʻoz va boshqa uchraydi. Tumanning eng janubiy da, Amudaryo boʻyida Qizilqum davlat qoʻriqxonasi tashkil etilgan.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tatar, qozoq, koreys, rus, turkman va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Oʻrgacha aholi zichligi 1 km2ga 91,5 kishi. Shahar aholisi 32,9 ming kishi, qishloq aholisi 155,6 ming kishi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.