Hamo
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Hamo (arabcha: حماة) — Suriyaning gʻarbiy qismidagi shahar, Osiy vodiysida. Hamo muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 265 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Qishloq xoʻjaligi (don, paxta, mevalar) rayonining savdo markazi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, sement, metallurgiya sanoati korxonalari mavjud.
Hamo حَمَاة | |
---|---|
Shahar | |
35°08′00″N 36°45′00″E | |
Mamlakat | Suriya |
muhofaza | Hamo |
tuman | Hamo |
Hukumat | |
• Voliy | Mahmoud Zanubua[1] |
Markazi balandligi | 305 m |
Rasmiy til(lar)i | arab tili |
Aholisi (2023) |
996,000[2] |
Vaqt mintaqasi | UTC+3 |
Telefon kodi | +963 33 |
|
Mamluklar hukmronligining gullab-yashnagan davri 1516-yilda, Usmonli turklari Halab yaqinidagi Marj Dabiq jangida mamluklarni magʻlub etib, Suriyani bosib olishlari bilan tugadi. Hamo va Suriyaning qolgan qismi Konstantinopoldan mamlakatni boshqarayotgan Usmonlilar hukmronligi ostiga oʻtdi[3]. Usmonlilar davrida Hamo asta-sekin mintaqaning maʼmuriy tuzilmasida muhim ahamiyatga ega boʻldi. U dastlab Tripolidagi iyolat („viloyat“) livalaridan („tuman“) birining markaziga aylantirilgan[4]. Hamo Oʻrta yer dengizi sohili sharqidan Osiyoga oʻtadigan savdo yoʻllari uchun muhim markazga ham aylandi. Shaharda 1556-yildan beri mavjud boʻlgan Xon Rustum posho singari bir qancha xonlar (karvonsaroylar) qurilgan[3]. Hamo voliysi 1692-yilda Usmonli imperiyasining qabilalarni joylashtirish dasturi doirasida turkman koʻchmanchilarini Hamo-Hims hududiga joylashtirish vazifasini yukladi[5].
Keyin 18-asrda Damashq voliysi mulki tarkibiga kirdi.[4]. Bu vaqtda Damashq voliylari Usmonlilar uchun Suriyaning boshqa qismlarini ham boshqargan Azmlar xonadoni edi. Ular Hamoda hashamatli qarorgohlar, jumladan Azm saroyi va Xon Asad poshoni qurdilar, bu karvonsaroylarni 1742-yilgacha Hamoni bir necha yil boshqargan Asad Posho al-Azm qurdirdi[3]. Bu vaqtga kelib shaharda 14 ta karvonsaroy boʻlib, ular asosan chigit, paxta, jun va boshqa tovarlarni saqlash va tarqatish uchun foydalanilgan[6]. 1864-yilda Viloyat qonuni qabul qilingandan soʻng, Hamo kattaroq Shom viloyatining bir qismi boʻlgan Hamo sanjagining poytaxti boʻldi (shahar koʻproq maʼmuriy vakolatlarga ega boʻldi)[4]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.