Halab
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Halab (arabcha: حَلَبُ Ḥalab, qadimgi yunoncha: Βέροια, lotincha: Beroea, inglizcha: Aleppo) — Suriyaning eng katta shahri,[1] Halab muhofazasining markazi. Aholisi 2,301,570 kishi (2005) boʻlgan Halab Levantning eng katta shaharlaridan biridir.[2][3] Halab koʻp asrlar davomida Buyuk Suriyaning eng yirik shaharlaridan biri va Usmonli imperiyasida Konstantinopol va Qohiradan keyin uchinchi katta shahar boʻlgan.[4][5][6]
Halab arabcha: حلب | |
---|---|
shahar | |
36°12′00″N 37°9′00″E | |
Mamlakat | Suriya |
Muhofaza | Halab (muhofaza) |
Ilk eslatilishi | mil.av. 2500 |
Avvalgi nomlari | Xalman, Beroyya |
Maydon | 190 km2 (73 kv mi) |
Markazi balandligi | 390 m |
Rasmiy til(lar)i | arab tili |
Aholisi (2016) |
1,800,000 |
Konfessiyaviy tarkib |
musulmonlar xristianlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+2, yozda UTC+3 |
Telefon kodi | +963 21 |
Halab dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biridir; ayrim manbalarga qaraganda unga eramizdan avvalgi 6-ming yillikda asos solingan.[7] Halab janubidagi qazilmalar unda eramizdan avvalgi 3-ming yillikda odamlar gavjum yashaganini koʻrsatadi.[8] Halab shuningdek Mesopotamiyadan qolgan mix yozuvlarda tijoriy va harbiy rivojlangan shahar deya eslatiladi.[9] Uning bu qadar uzoq tarixi ehtimol shahar Oʻrta Yer dengizi va Mesopotamiya orasidagi strategik savdo yoʻlida joylashgani tufaylidir.
Halabning tarixiy ahamiyati uning Oʻrta Osiyo va Mesopotamiyadan oʻtgan Buyuk ipak yoʻlida joylashganidadir. 1869-yili Suez kanali ishga tushirilgach, savdo yoʻli dengizga koʻchib, Halab taraqqiyoti asta-sekin pasaya boshladi. Birinchi jahon urushidan keyin, Usmonli imperiyasi tanazzuli paytida Halabning shimoliy qismi Mosulgacha temir yoʻl bilan birgalikda zamonaviy Turkiyaga ajratildi. 1940-yillarda u Antokiya va Iskandarun shaharchalarini yana Turkiyaga berib, dengizga chiqish yoʻlini yoʻqotdi. Suriyaning keyingi muhosarasi shahar ahvolini yanada ogʻirlashtirdi. Biroq bu uning qadimiy meʼmorchiligi va anʼanalarini saqlab qolishga yordam bergan boʻlishi ham mumkin. Zamonaviy Halabda turizm rivoj topmoqda, qurilish ishlari ham jadallashgan. 2006-yili u „Islomiy madaniyat poytaxti“ unvoniga sazovor boʻldi.
Halabning qadimgi nomi Xalpe yoki Xalibon boʻlgan[10], yunonlar bilan rimliklar esa uni Vériya (Βέροια) deb nomlagan. Krest harbiy yurishlari, keyingi fransuz hukmdori vaqtida Halab shahrini italyan tilida Aleppo deb atagan. Aleppo soʻzining qanday maʼnoda aytilgani toʻgʻrisida aniq maʼlumot yoʻq. Ayrim olimlarning fikricha „Halab“ soʻzi „temir“ yoki „mis“ degan maʼnoni anglatadi, shaharda esa shu metallarni ishlab chiqarish qadimdan rivojlangan, shahar nomi shunga bogʻliq qoʻyilgan degan fikrlarni oʻrtaga tashlamoqda. Boshqalari esa „Xalaba“ soʻzi aramey tilida „oq“ degan maʼnoni bildiradi, bu davlat oq rangli marmarlarning koʻpligi bilan olamga mashhur boʻlgan, shahar nomi shunga bogʻliq boʻlsa kerak degan fikrlarni aytmoqdalar. Yana bir taxminan fikr Halab soʻzining etimologiyasiga etaklaydi. Halab soʻzi „yangi sogʻilgan sut“ degan maʼnoni anglatadi. Qadimgi zamonda Ibrohim paygʻambar yoʻlovchilarga sut berar ekan[11]. Odamlar „Halab Ibrohim“, yaʼni „Ibrohim (Avraam) sigir sogʻdimi?“ deb soʻraydigan boʻlibdi. Uning sigirining rangi esa sargʻich-oqchil (arab. shaheb) boʻlgan, shu sababli shahar „Xaleb ash-Shaxba“ deb atalgan[12].
Halab — jahondagi eng qadimgi shaharlarning biri boʻlib hisoblanadi, shaharning poydevori mil.av. VI ming yillikda qalana boshlagan[13]. Shaharning janubida joylashgan Tall as-Savdo va Tall al-Ansari qirliklaridagi tarixiy qazma ishlari mil.av. 3 ming yillikning yarmida insoniyatning shu atrofda istiqomat qilganini koʻrsatadi[14]. Xett, Mari va Yevfrat yozmalarida, markaziy Anatoliya, Ebla shahrida topilgan qazma yodgorliklarda Halabning katta savdo markazi boʻlganligi va unda harbiy mashgʻulotning yaxshi rivojlanganligi yozilgan.[15]
Tarixiy yozmalarda Halabning Damashq shahridan avval paydo boʻlib, ilk bor mil.av. 3 asrda Ebla qirolligining poytaxti boʻlganligi aytiladi. Shahar Eblada Armi va Arman degan nom bilan mashhur boʻlgan. Akkad qirolligida shaharni Arman deb nomlagan. Akkadning qiroli Naram-Sin (yoki uning otasi) qadimgi Ebla va Armanni mil.av. XXIII asrda ishgʻol qilgan.[16][17]
Keyin vavilon zamonida Aleppo Halab (Xalba) degan nom bilan ilk bor uchraydi.[17] Shahar Amorei qirolligining yoki Yamxadning markazi boʻlgan. Yamxad qirolligi (arab. يمحاض) (Mil.av. 1800—1600-y.y.) shuningdek „Halab eri“ degan nom bilan ham mashhur boʻlgan.[18]
Yamxadni xettamlik Mursili I mil.av. XVI asrda xonavayron qildi. Keyinchalik, Halab qayta chiroy ochib, Suriya tarixida oʻz oʻrniga munosib shahar boʻldi.[17]
Xett qirolligi mil.av. XII asrda tashkil topgan vaqtda Halab aramiylik Arpad Siro-xettik qirolligining tarkibida, keyinchalik Aramiy Siro-xettik qirolligining Xatarikka-Luxutining pytaxti boʻldi. IX asrda Halab Yangiassuriyaning, keyinchalik Axmeniytar imperiyasining tarkibida boʻldi.
Aleksandr Makedonskiy shaharni mil.av. 333-yili bosib oldi. Selevk Nikator bunda yunon qishloqlarini tashkil qilib (taxminan mil.av. 301—286-yildar) uni Makedoniya imperiyasidagi Veriya shahrining hurmatiga — Veriya deb nom beradi. Veriyaga Selevkiylar taxminan 300-yil hukmdorlik qildi.
Rim imperiyasi 3 asrlarda Suriyaning shimolida hukmdorlik qildi. Rimliklarning davrida suriyaliklar koʻpaydi. Shuningdek V asrda Vizantiya imperiyasi davrida ham Suriya ahilisi anchaga koʻpaydi. Antik zamonda Veriya aholisi boʻyicha Antokiyadan keyingi ikkinchi shahar, Suriyaning poytaxti; Rim imperiyasida aholisi boʻyicha uchinchi shahar boʻldi. Arxeologik qazilmalar Antokiya va Veriyaning orasida milodiy VI asrda aholining zich boʻlganini yoʻqqa chiqarmaydi. Bu joyda hozirgi kunda qazilma ishlari yurmoqda. Qazilma ishlarining natijasiga koʻra uylar, cherkovlar topilyapti. Masalan: avliyo Simeon cherkovi. Avliyo Maron shu yerda tavallud topgan va qabri Halabning gʻarbida Bredda joylashgan degan taxminlar keltiradi.[19]
Sosoniylar imperiyasi Suriyaga VII asrda kirib keldi. Keyin Halabni 637-yili Holid ibn Volidning boshchiligidagi arablar bosib oldi. 944-yili hokimi Sayfud Daula boʻlgan Xamdaniylar amirligining rezidensiyasi boʻldi. Shahar rivojlanib, boʻlajak Mutanabbi Al-Mutanabbi, Al Farobiy v.h faylasuflarning maktabiga aylandi. 962-yili shaharga Vizantiyaliklar harbiy yurishlar qilib, 974-987-yillar orasida Vizantiya imperiyasining tarkibiga qoʻshildi. Halab ikki marta 1098 va 1124-yillari Krest harbiy yurishi vaqtida qamalda boʻldi, ammo magʻlibiyatga uchramadi. 1138-yili 9-avgustda er kuchli er qimirlashi roʻy berib, shahar qiyrab qoldi. Tarixiy manbalar boʻyicha 230 000 kishi vafot etdi. Halab Saloxiddinning, keyinchalik 1183-yili Ayubiylarning qoʻl ostida boʻldi.
1260-yili 24-yanvarda[20] Halabni Xulaguning moʻgʻul askasi va unga tobe Antokiya knyazi Boemund VI-ning frank risarlari va uning qayin otasi Armaniston hukmdori Xetum 1 bilan birlashib bosib oldi.[21] Shahar devori 6 kunlik jangdan soʻng, sitadel 4 kundan keyin berildi. Koʻplab musulmonlar halok boʻldi.[22] Turonshoxni oʻltirmadi, shahar esa avvalgi hukmdori Xomsning qoʻliga oʻtdi. Shaharda moʻgʻul garnizoni joylashtirildi. Halabdan soʻng moʻgʻullar Damashqqa harbiy yurishini boshladi. Damashqni 1260-yili 1-martda batamom bosib oldi. 1260-yili sentabrda mamlyuklar Akkalik franklar bilan ittifoq tuzib, moʻgʻullar bilan jang qilishini tasdiqladi. 3-sentabr 1260-yili Mamlyuklar moʻgʻullardan ustidan sharafli zafar quchib, moʻgʻul qoʻmondoni Kitbukani oʻltirdi, 5 kunda Damashqni qaytarib oldi. Musulmonlar 1 oy ichida Halabni qoʻlga kiritib, u shaharda oʻz odamlarini gubernator etib tayinladi. Moʻgʻullar Kitbuka uchun qasos olish maqsadida koʻplab musulmonlarni qirib tashladi. Biroq qayta jang qilib enga olmasligiga koʻzi etganidan soʻng, orqaga chekinishga majbur boʻladi.[23]
1271-yili moʻgʻullar shaharni himoyalab turgan turkman lashkarlarini magʻlubiyatga uchratib, shaharni qaytadan qoʻlga oladi. Mamlyuk garnizoni Xama shahriga qochadi. Oradan koʻp vaqt Beybars sulton boshchiligidagi askarlar shaharni moʻgʻullardan xalos qiladi.[24]1280-yili 20-oktyabrda moʻgʻullar shaharga yana yurish qilgani bilan, bu paytda mamlyuklarning hukmdori al-Mansur Qalaun askarlari bilan kelib moʻgʻullarni Evfrat daryosi orqali shahardan quvib chiqadi.
1400-yili shahar sohibqiron, adolatli hukmdor Amir Temurning qoʻl ostiga oʻtadi.[25] Amir Temur davrida shahar yanada chiroy ochib, shaharda koʻplab minoralar, madrasalar barpo etiladi.[26]
19 asrda yahudiylar ikkita qirgʻinga duchor boʻldi. 1947-yili Isroil davlatining tashkil topishi bilan Halab shahrida katta qirgʻin roʻy berdi va nihoyat yahudiylar ommaviy ravishda Isroilga koʻcha boshladi.
1947-yilgi Halab qirgʻini — Yahudiylarga atab uyushtirilgan qirgʻin. Halab (Aleppo), Suriya dekabr 1947-yili BMT-ning Falastin erini yahudiylar uchun boʻlib, Isroilni davlat deb tan olishining natijasida boʻlgan qirgʻin.
19 asrda Halab 1853 va 1875-yillari ikkita katta qirgʻinning guvohi boʻldi.[27] BMT 1947-yilgi 29-noyabrda Falastinni boʻlish toʻgʻrisidagi farmonidan keyin, Halabning arablari shaharning yahudiylariga qarshi qingʻinni boshladi,[28][29] shu vaqtda ularning soni 10 000 kishi edi.
Qancha kishi halok boʻlganligi toʻgʻrisida aniq maʼlumot yoʻq. 8 va 75 sonlari orasida kishi halok boʻldi, yuzdan ziyod kishi jarohat oldi degan maʼlumot bor.[28][30][31] 10 Sinagoga, 5 maktab, yoshlar klubi, 150 ga yaqin yahudiylarning uyi va doʻkonlari xonavayron qilindi[32] Shu vaqtning pul qiymati boʻyicha hisoblaganda voqeaning zarari 2,5 million dollarni tashkil qilgan.[33][34] Qirgʻin vaqtida Halab kodeksining koʻplab varaqalar yoʻq qilindi.[28] Va nihoyat yahudiylar Isroilga tomon qichishdi. Shu yillari yahudiylar kvartalidagi yahudiylar soni 2 barovarga kamayib ketdi.[35]
Halab Oʻrta er dengizidan 120 km masofada, dengiz sathidan 380 m balandlikda, Suriya-Turkiya chegarasining sharqiy tarafida 45 km-da joylashgan. Shaharda asosan shimoliy va gʻarbiy tarafida qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Halabning sharqiy tarafida Suriya choʻli joylashgan. Yangi shahar eski shahardan birnecha km masofada Kuayka daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan; shaharning eski qismi daryoning soʻng tarafida joylashgan. Eski shahar radiusi 10 kilometrga teng atrofida 8 ta katta qirlik mavjud, markazida katta qirlik boʻlgan. Shu qirlikning ustiga mil.av. 2 asrda qamal barpo etilgan. Atalgan qirliklarning nomlari: Tal as-Savdo, Tal Aysha, Tal as-S"tt, Tall al-Yasmin, Tal al-Ansari (Yarukiyyya), An at-Tal, al-Jallum va Baxsita[36]. Shaharning eski qismi mustahkam darvozadan iborat eski devorlardan bilan oʻralgan.[36]
Hududi 190 km² Halab Yaqin Sharqdagi jadal rivojlanib borayotgan shaharlarning biri hisoblanadi. 2001-yili Halabning hududini 2015-yilgacha 420 km² ga kengaytirish rejasi ishlab chiqildi.[37],[38]
Halab qaragʻayi (lotincha: Pinus halepensis) — qiltanoqti daraxt; Oʻrta er dengizi yoqasida oʻsadi. Afrikada togʻli hududlarda 1 750 metr balandlikda oʻsadi.
Uzunligi 10—20 metr. Yaproqlari qora-yashil, uzunligi 10 sm-gacha, yupqa 0,75 mm, yumshoq, 2 yilgacha saqlanadi.[39]
Yangi shahar bilan eski shaharni boʻlib turadi. Eski shahar eski devorlardan iborat. Uzunligi 5 km, 9 ta darvozasi bor. Oʻrta asrlik qamal-saroyi mavjud. Tarix varaqalarida Halab shahri koʻplab voqealarning guvohi boʻlgan, shaharni har vaqtda har turli hukmdor boshqargan, koʻpgina janglarning ham guvohi boʻlgan. Shu sababli shahar aholisi kvartallarga boʻlinib, masalan: musulmon, xristian, yahudiy kvartallari mavjud edi. Ular bir-biriga muxtoj boʻlmasdan hayot kechirgan. Eski shaharning umumiy hududi 3,5 km². 120 ming kishi istiqomat qilishadi.[40]
Bu shaharning strategik joylashishi mahalliy aholining savdogarchilik qilishiga homiy boʻldi. Sababi Halabdan Buyuk ipak yoʻli oʻtar edi. Jahondagi eng katta usti yopiq bozor umumiy hududining uzunligi 13 km Halabda joylashgan.[41] Bozor Madina deb nomlanadi. Bu savdo markazidan ipakning barcha turini, hind choyi va kofesini, Damas kofesini topa olasiz. Bozorda shuningdek (xonlar) karvon saroyi Karvon-saroy (arab. كاروانسرا) joylashgan.
Bundan boʻlak xonlar va bozorlar „Jayda“ xristian kvartalida mavjud:
xristian kvartalining Jdaydada koʻplagan tarixiy inshoatlari mavjud[47]
Halabda koʻplagan yoʻqolib ketgan shaharning qoldiqlari mavjud. Ular Suriyaning shimolida taxminan 700 ga yaqin mil.av. V asrda barpo etilgan binolar vizantiya arxitekturasining qoldiqlarining elementlari.
Eng asosiylari Jabal Samgʻan (Samaan togʻi)da joylashgan:
Xamdaniylar davri |
Mirdasiylar davri
|
Saljuqiylar davriZengiylar davri |
|
|
|
|
|
2010-yilgi maʼlumot boʻyicha shaharda 4 ta xususiy universitetlar faoliyat yuritmoqda:
Shaharda birnechta xristian, arman jamoatining maktablari va Halab xalqaro maktabi, Halab fransuz maktabi faoliyat yuritmoqda.
Xon al-Jumrukda britan, golland, fransuz konsulliklari faoliyat yuritgan. Xon al-Naxxasiinda venesiyan konsuli joylashgan. Belgiya konsuli ham shu binoda faoliyat yuritgan. Italiya (1548), Fransiya (1562), Britaniya (1583), Gollandiya (1607) oʻrta asrda Halabda konsulliklarini ochgan.[49]. 1908-1924-yillar orasida AQSh-ning konsulligi faoliyat yuritgan.[50]
Halabda sportning rivojlangan turi futboldir. Halabda koʻpgina futbol klubtari mavjud. Shulardan „al-Ittixad Aleppo“ suriya dviziyasida peshqadamdir. Shaharda 75 ming tamoshabinni oʻz bagʻriga sigʻdira oladigan xalqaro stadion joylashgan[52]
Shahardagi asosiy sport klublari:
Al-Ittixad Suriyaning mashhur klublaridan. Klubning 15 ming tamoshabinga moʻnjallangan xususiy stadioni bor. Ikkinchi oʻrinda Al-Xurriya va Al-Yarmuk klublari.
Halab aholisining qiziqadigan yana bir sport turi basketbol. Shaharda 12 ta klub mavjud. Bundan boʻlak tennis, gandbol, voleybol, stol tennisi, suzish klublari bor.
Halab aholisining koʻp qismi — arab-musulmonlar. Xristian Armanlar, Yunonlar, Moruniy katolik cherkovi, Suriya Katolik va yahudiy, amerikan Protestant jamoatlari mavjud.
Yil | Aholisi | Oʻsishi, %± |
---|---|---|
1883 | 99 179 | - |
1901 | 108 143 | 9.0 % |
1922 | 156 748 | 44.9 % |
1925 | 210 000 | 34.0 % |
1934 | 249 921 | 19.0 % |
1944 | 325 000 | 30.0 % |
1950 | 362 500 | 11.5 % |
1960 | 425 467 | 17.4 % |
1965 | 500 000 | 17.5 % |
1983 | 639 000 | 27.8 % |
1990 | 1 216 000 | 90.3 % |
1995 | 1 500 000 | 23.4 % |
2000 | 1 937 858 | 29.2 % |
2004 | 2 181 061 | 12.6 % |
2005 | 2 301 570 | 5.5 % |
Bonjour, j'adore le caca. Cher journal, Aujourd'hui j'ai mangé des haricots verts et du canard à la cantine. C'était moins dégueu que d'habitude. Quand même, on était loin de la jouissance gustative. Ce n'est pas grave. Je ne vais pas au self pour jouir. Si je veux jouir, je vais dans d'autres endroits plus adaptés à la réalisation de mes plaisirs. À ce propos, je voulais me rendre chez Nil pour jouir un bon coup. Ce coquin n'était pas là. Dommage. J'ai essayé de jouir tout seul, mais je j'ai pas réussi. Triste vie, que ma vie. Queue ma vît. À demain, cher journal. XIX asrning boshida Halabning aholisi 200 ming kishi edi. Shaharning savdo joylari, fabrikalari mavjud edi. Fabrikasidan chiqqan ipak matolari, qogʻoz mahsulotlari, jun, teri mahsulotlari bilan, butkul sharqni taʼminlab turdi. Ammo Halabdagi katta zilzila va vabo, xolera kasalliklari aholining orisida ommaviy ravishda koʻpayib ketishidan, oqibatda aholining kamayib ketishiga sababchi boʻldi. Halab tarixchisi, shayx Komil al-Gazzi (1853—1933), 1822-yilgi zilziladan avval shahar aholisi 400 ming kishi edi deb maʼlum qiladi. Darvoqe xolera va vabo kasalliklari (1823 va 1827-yillar) Halab aholisini 110 ming kishiga kamaytirib yubordi.[53]. 1901-yili Halab aholisi 108 143 kishini tashkil qildi. Shulardan musulmonlar — 76 329 (70,58 %), Xristianlar — 24 508 (22,66 %); va iudaylar — 7 306 (6,76 %)[54]. Xristianlar arman qochqinlari kelganda koʻpaydi. (1915-yilgi arman genotsidi). Birinchi arman qochqinlari kelganda (1915—1922) Halab aholisi 1922-yili 156 748 kishiga edi, shulardan: musulmonlar 97 600 kishi (62,26 %), xristian-katoliklar — 22 117 (14,11 %), iudaylar — 6 580 (4,20 %), evropaliklar shu vaqtda 2 652 (1,70 %), arman qochqinlari — 20 007 (12,76 %) va boshqalar — 7 792 (4,97 %)[55][56]. Yekіnshі armyan bosqindari 1923 jili keldі.[57]. 1923—1925-yillari shaharga 40 000 arman qochqinlari keldi, Halab aholisi 1925-yilning oxirlarida 210 000 kishiga koʻpaydi. Shulardan: armanlar 25 %[58]. 1944-yili Halab aholisi 325 000 kishini tashkil qildi, shularning 112 110 (34,5 %) xristianlar (armandar — 60 200). Halab xristianlarining yarimi 1947-yilgacha armandar boldi. Keyinchalik arman repatriatsiyasi vaqtida armanlarning koʻpchiligi Sovet Armanistonga koʻchdi.(1946—1967).
1911-yili Usmon sultoni Bogʻdodda temir yoʻlini barpo etish bilan shugʻullangan vaqtda, temir yoʻl Halab orqali oʻtdi. Shu sababli Halabdagi vokzal „Bogʻdod temir yoʻli“ (en:Baghdad Railway) deb nomlanadi. Halabni Anqara bilan bogʻladi. Shu temir hozirgi kunda ham mavjud. Halab bilan Damashq orasida ham temir yoʻl barpo etilgan.
Halab xalqaro aeroporti (en:Aleppo International Airport) mavjud. Yangi aeropot 1999-yili barpo etilgan.[63] Aeropot Suriya arab havo yoʻllariga tegishli (arabcha: مؤسسة الطيران العربية السورية; ing. — Syrian Arab Airlines / Syrianair). Syrianair — en:AACO alyansining aʼzosi (en:Arab Air Carriers Organization).
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.