From Wikipedia, the free encyclopedia
Evan Thomas Peters (20-yanvar 1987-yil[1], Sent-Luis, Missuri, AQSH) – amerikalik kino va televideniye aktyori. U „Gʻaroyib odamlar: Oʻtgan kelajak“ (2014), „Gʻaroyib odamlar: Hal qiluvchi on“ (2016) va "Gʻaroyib odamlar: Feniks zulmati" (2019) filmlarida „Peter Maximoff/Quicksilver“ rolini oʻynaganligi bilan mashhur. Antologiya teleseriali, Amerika dahshatli hikoyasi (2011-2018, 2020- hozirgi). 2021-yilda Evan „Meir of Easttown“ miniserialidagi detektiv Kolin Zabel obrazi uchun Emmi mukofotiga sazovor boʻldi.
Evan Peters Missuri shtatining Sent-Luis shahrida tugʻilgan va Balvin chekkasida oʻsgan[2], Evan Peters – Julia va Fil Petersning oʻgʻli[1]. Uning otasi Charlz Styuart Mott fondining vitse-prezidenti[3]. Peters Rim-katolik dinida tarbiyalangan va katolik maktabida oʻqigan[4]. Uning akasi Endryu va otasi tomonidan kattaroq oʻgay opasi Mishel bor[1]. 2001-yilda Peters oilasi bilan Michigan shtatidagi Grand Blanc shahriga koʻchib oʻtdi va u yerda aktyorlik boʻyicha tahsil oldi[3].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.