eBay Inc. — Internet-auksion (asosiy faoliyati), internet-magazin, tezda toʻlovni amalga oshirish va VoIP kabi sohalarda hizmat taklif etuvchi Amerika kompaniyasidir. eBay.com saytini boshqaradi, Paypal va Skype kompaniyalari egasi hisoblanadi.
Qisqa faktlar Turi, Tarmogʻi ...
eBay Inc.
Turi
Ommaviy kompaniya
Tarmogʻi
Auksionlar
Shiori
What ever it is, you can get it on eBay. va Shop victoriously!
2004 yil sentyabrda eBay Koreya bozoriga kirib kela boshlaydi, Korean online trading company dan 3 millionga aksiya sotib oladi, har bir aksiyani 12,000 koreya voniga (tahminan $109 AQSH dollari) sotib oladi.
2004 yil noyabrda eBay Marktplaats.nl ni €225 millionga sotib oldi. Bu nemis firmasi Niderlandiya auksion bozorining 80% ga egalik qilar edi va asosiy daromadi reklama sotishdan kelib tushar edi.
16-dekabr2004 yil eBay rent.com ni $30 million pul va $385 millionlik eBay aksiyalariga sotib oladi.
2005 yil mayda eBay Gumtree ni oʻz tarkibi qoʻshadi, Birlashgan Qirollik dagi reklamalar sayti tizimi.
2005 yil iyun eBay Shopping.com(Wayback Machine saytida 2010-10-11 sanasida arxivlangan) ni $635 millionga oʻz tarkibiga qoʻshadi, ushbu sayt tovarlar va ular narhlarni solishtirish boʻyicha hizmatlar taklif etadi.
2005 yil avgust eBay VoIPSkype kompaniyasini $2.6 milliard pul va aksiyalar bilan sotib oladi.
eBay auksionida sotilgan qimmatbaxo predmetlar
340 yillik Shekspir qoʻlyozmasi (Prince of Tyre),1666 yilda buyuk London yongʻinini boshidan kechirgan (£5 mln)