From Wikipedia, the free encyclopedia
Daryl Hannah (1960-yil 3-dekabrda tavvalud topgan)[1] – amerikalik aktrisa. Oʻzining kinodagi debyutini Brian De Palmaning The Fury (1978) gʻayritabiiy dahshatli filmidagi rolidan boshlagan. Hannah yillar davomida turli filmlarda, jumladan Ridley Scottning „ Blade Runner“ (1982) ilmiy-fantastik trilleridagi Pris Stratton rolida va Randal Kleiserning Summer Lovers (1982) romantik komediyasida Cathy Featherstone rolida, Ron Howard filmidagi suv parisi Madison, Splash (1984) fantastik-romantik komediyasi, Roxanne romantik komediyasida Roxanne Kowalski (1987), Oliver Stonening Wall-street dramasida Darien Taylor (1987) va Steel Magnolias komediya-dramasida Anelle Dupuy Desoto (1989) rollarida suratga tushgan. 2005-yilda Hannah Quentin Tarantinoning Kill Bill: Vol. 2. jang sanʼati filmidagi bir koʻzli qotil Elle Driver roli uchun Saturn mukofotini qoʻlga kiritdi. 2015-yilda u Netflix Sense 8 serialida Anjelica Turing rolida namoyon boʻldi.
Hannah Chikagoda, Illinois shtatida, prodyuser va sobiq maktab oʻqituvchisi Susan Jeanne Metzger va suv tashuvchi qayiq ishlab chiqariladigan kompaniya egasi Donald Christian Hannah oilasida tavallud topgan[2][3]. Uning ota-onasi ajrashishadi va onasi keyinchalik, kinematograf Haskell Wexlerning ukasi biznesmen Jerrold Wexlerga turmushga chiqadi. Hannah aka-uka Don, Page Hannah va uning singlisi Tanya Wexler bilan Illinois shtatining Long Grove shahrida bolaligini oʻtkazgan[4]. U Rim-katolik dinida tarbiya topgan[5].
Hannah yoshligida, uyqusizlik tufayli filmlarga qiziqa boshladi. U yoshligidan juda uyatchan boʻlganini aytadi[6]. Keyinchalik unga autizm tashxisi qoʻyilgan va doktorlar uni kasalxonaga yotqizishni va dori-darmonlarni doimiy qabul qilib borishini tavsiya qilishdi[7][8][9]. Buning oʻrniga, uning onasi atrof-muhit oʻzgarishi qiziga koʻproq yordam beradi degan umidda Hannah bilan vaqtincha Yamaykaga koʻchib oʻtishga qaror qildi[5]. Hannah Los-Anjelesdagi Janubiy Kaliforniya universitetiga oʻqishga kirishdan avval Chikagodagi ilgʻor Frensis U. Parker maktabida balet va aktyorlik mahoratidan taʼlim oldi[10][11].
Hannah filmdagi debyutini 1978-yilda 17 yoshida Brian De Palmaning The Fury qoʻrqinchli filmidagi roli bilan boshlagan[4]. U Rachel Ward bilan birga 1983-yilda The Final Terror dahshatli filmida rol ijro etgan[12]. Film 1981-yilda suratga olingan, ammo 1983-yilda ommaga namoyish etilgan[13].
Hannah Grumpy Old Men komediyalarida Jack Lemmonning qizi rolini ijro etgan. Oʻsha yili HBO Attack Of The Fifty-Foot Women komediya remeykida Nancy Archer rolida namoyon boʻlgan. 1995-yilda Hannah Empire jurnali tomonidan „Kino tarixidagi 100 ta eng seksual yulduz“ roʻyxatida 96-oʻrinni egalladi[14]. Oʻsha yili The Tie That Binds filmida qotil sotsiopat Leann Netherwood sifatida paydo boʻldi. 1998-yilda Rear Window televizion filmida Christopher Reeve bosh rolini ijro etdi. Aynan shu yili videofilmdagi Addams Family Reunion filmida Morticia Addams rolini oʻynadi.
Hannah rejissyor Quentin Tarantino tomonidan suratga olingan Kill Bill (2003) filmida bir koʻzli qotil Elle Driver rolini ijro etdi. Uning ushbu filmdagi ijrosi va Speedway Junky (1999), Dancing at the Blue Iguana (2000), A Walk to Remember (2002), Northfork (2003), Casa de los Babys (2003) va Silver City (2004) filmlaridagi chiqishlari, baʼzi tanqidchilar tomonidan uning film olamiga qaytishi sifatida tasvirlangan. Kill Bill filmidan soʻng, u bir nechta telefilmlar va mini-seriallarda, jumladan Syfy original filmi Shark Swarm, Hallmark Channel uchun Final Days of Planet Earth va Spike uchun Kung Fu Killerda paydo boʻldi. Shuningdek, 2009-yilda Shennonʼs Rainbow va The Cycle filmlarida ham namoyon boʻlgan[15].
2020-yilda Hannah Dave Franco bilan Roku kanali uchun suratga olingan komediya seriali The Now da suratga tushdi[16].
2023-yilda Neil Young va Crazy Horsening „A Band A Brotherhood A Barn“ filmida eng yaxshi musiqiy film uchun Grammy mukofotiga nomzod boʻlgan[17].
Hannah shuningdek, 2000-yilda Londonning West End shahrida Mariyln Monroning The Seven Year Itch filmida bosh rolini ijro etgan mohir teatr aktrisasi hisoblanadi. Spektakl haqidagi fikrlar Hannahning ijrosini yuqori baholadi. Bu spektakl Hannahga oʻz isteʼdodini komediyachi sifatida koʻrsatish uchun „mukammal vosita“ ekanligini koʻrsatdi[18].
2002-yilda Hannah Robbie Williamsning „Feel“ musiqasi uchun videoklipida, Williamsning sevgilisini aks ettirgan[19].
Hannah va aktrisa Hilary Shepard Turner ikkita stol oʻyinini yaratdilar, Love It or Hate It[20], 2005-yilda esa Ellen DeGeneres shousida ikkinchi oʻyinni koʻrib chiqishdi[21].
Hannah Jon F. Kennedy[22] va qoʻshiqchi Jackson Browne bilan uzoq muddatli shaxsiy munosabatda boʻlgan edi[23]. U Browne bilan 1983-yilda uchrasha boshlagan va 1992-yilda Browne unga nisbatan jismoniy zoʻravonlik qilgani haqidagi asossiz mish-mishlar tufayli ajralishgan[24]. Keyinchalik Browne Fox Television bilan mana shu tuhmat boʻyicha bahsda gʻalaba qozondi[25][26]. Hannah qoʻshiqchi Neil Young bilan 2014-yilda munosabatlarni boshlagan va ular 2018-yilda turmush qurishgan[27][28][29].
Yili | Sarlavha | Rollari | Izohlar |
---|---|---|---|
1978 | The Fury | Pam | |
1981 | Hard Country | Loretta | |
1982 | Blade Runner | Pris Stratton | |
Summer Lovers | Cathy Featherstone | ||
1983 | The Final Terror | Windy Morgan | |
1984 | Reckless | Tracey Prescott | |
Splash | Madison | Eng yaxshi aktrisa uchun Saturn mukofoti | |
The Pope of Greenwich Village | Diane | ||
1986 | The Clan of the Cave Bear | Ayla | |
Legal Eagles | Chelsea Deardon | Ijrochi rassom | |
1987 | Roxanne | Roxanne Kowalski | |
Wall Street | Darien Taylor | Yordamchi aktrisa uchun Golden Raspberry mukofoti | |
1988 | High Spirits | Mary Plunkett Brogan | Yordamchi aktrisa uchun Golden Raspberry mukofoti uchun nomzod |
1989 | Crimes and Misdemeanors | Lisa Crosley | Kreditsiz |
Steel Magnolias | Annelle Dupuy Desoto | ||
1990 | Crazy People | Kathy Burgess | |
1991 | At Play in the Fields of the Lord | Andy Huben | |
1992 | Memoirs of an Invisible Man | Alice Monroe | |
1993 | Grumpy Old Men | Melanie Gustafson | |
1994 | The Little Rascals | Miss June Crabtree | |
1995 | The Tie That Binds | Leann Netherwood | |
Grumpier Old Men | Melanie Gustafson | ||
1996 | Two Much | Liz Kerner | Yordamchi aktrisa uchun Golden Raspberry mukofoti uchun nomzod |
The Last Days of Frankie the Fly | Margaret | ||
1998 | The Gingerbread Man | Lois Harlan | |
The Real Blonde | Kelly | ||
Addams Family Reunion | Morticia Addams | ||
Hi-Life | Maggie | ||
1999 | My Favorite Martian | Lizzie | |
Speedway Junky | Veronica | ||
Diplomatic Siege | Erica Long | ||
2000 | Cord | Anne White | |
Wildflowers | Sabine | ||
2001 | Jackpot | Bobbi | |
Dancing at the Blue Iguana | Angel | ||
Cowboy Up | Celia Jones | aka Ring of Fire | |
2002 | A Walk to Remember | Cynthia Carter | |
Searching for Debra Winger | Herself | ||
Hard Cash | Virginia | ||
2003 | Northfork | Flower Hercules | |
The Job | CJ March | ||
Casa de los babys | Skipper | ||
The Big Empty | Stella | ||
Kill Bill: Volume 1 | Elle Driver | ||
2004 | Kill Bill: Volume 2 | Eng yaxshi aktyorlar uchun Italian onlayn film mukofoti Eng yaxshi jang haqida film uchun MTV kino mukofoti Eng yaxshi aktrisa uchun Saturn mukofoti | |
Silver City | Maddy Pilager | ||
Whore | Adriana | ||
Careful What You Wish For | Store Patron | Qisqa metrajli film | |
2006 | Love Is the Drug | Sandra Brand | |
Keeping Up with the Steins | Sacred Feather / Sandy | ||
Olé | Maggie Granger | ||
2007 | The Poet | Marlene Konig | |
Cosmic Radio | Herself | Cameo | |
2008 | Vice | Salt | |
The Garden | Herself | ||
Dark Honeymoon | Jan | ||
2009 | The Cycle | Carrie | aka The Devil’s Ground |
Shannonʼs Rainbow | Dr. Rita Baker | ||
2010 | A Closed Book | Jane Ryder | Eng yaxshi aktrisa uchun Bahamas kino mukofoti[30] |
2011 | Every Generation Needs a Revolution | Herself | Qisqa metrajli film |
A Fonder Heart | Margaret Boone | ||
Lovemakers | Mimi | ||
2012 | Eldorado | The Stranger | |
2013 | Garbage | Herself | |
The Hot Flashes | Ginger Peabody | ||
2014 | 2047: Sights of Death | Major Anderson | |
Father Rupert Mayer | Joanna Sebastian | ||
2015 | I Am Michael | Deborah | |
Skin Traffik | Zhanna | ||
Awaken | Mao | ||
Sicilian Vampire | Carmelina Trafficante | ||
2017 | The American Connection | Flora | 2007-yilda suratga olingan |
The Slider | Carol | ||
2018 | Papa | Sarah Freidman | |
2019 | The Sound of a Wild Snail Eating | Narrator | Qisqa metrajli film |
Undateable John | Rose | ||
2023 | Buckle Up | Angel | |
Yil | Sarlavha | Rollari | Izohlar |
---|---|---|---|
1982 | Paper Dolls | Taryn Blake | Televizion film |
1993 | Attack of the 50 Ft. Woman | Nancy Archer | Televizion film |
1997 | The Last Don | Athena Aquitane | 2-epizod |
1997 | Gun | Jill Johnson | Epizod: „All the Presidentʼs Women“ |
1997 | Muppets Tonight | Herself | 1-epizod |
1998 | Rear Window | Claudia Henderson | Televizion film |
1998 | Rescuers: Stories of Courage: Two Families | Maria Althoff | Televizion film |
2000 | First Target | Alex McGregor | Televizion film |
2001 | Jack and the Beanstalk: The Real Story | Thespee | Televizion film |
2002 | Frasier | Caller #2 (voice) | Epizod: „Frasier Has Spokane“ |
2006 | Final Days of Planet Earth | Liz Quinlan | Televizion film |
2007 | All the Good Ones Are Married | Alex | Televizion film |
2008 | Storm Seekers | Leah Kaplan | Televizion film |
2008 | Kung Fu Killer | Jane | Televizion film |
2008 | Shark Swarm | Brooke Wilder | Televizion film |
2013 | Social Nightmare | Susan Hardy | Televizion film |
2013 | Zombie Night | Birdy | Televizion film |
2013—2014 | Hawaii Five-0 | Cherie Tranton | 2-epizod |
2015—2018 | Sense8 | Angelica Turing | 17-epizod |
2021 | The Now | Maxine Poole | 11-epizod |
Yil | Sarlavha | Izohlar |
---|---|---|
1993-yil | Oxirgi kechki ovqat | Yozuvchi va hammuallif |
2001-yil | Strip Eslatmalar | Hujjatli film |
2018-yil | Paradoks | Ssenariy muallifi[31] |
Yil | Sarlavha | Rollari | Izohlar |
---|---|---|---|
2000 | The Seven Year Itch | Qiz | Marilyn Monroe tomonidan tanitilgan. Hannahga sahna qoʻrquvini yengishga yordam berdi[32]. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.