Marilyn Monroe

From Wikipedia, the free encyclopedia

Marilyn Monroe
Remove ads

Marilyn Monroe (talaffuzi: Merilin Monro; 1926-yil 1-iyun — 1962-yil 4-avgust) — amerikalik aktrisa, qoʻshiqchi va model. 1950-yillarning eng mashhur ishqiy-ramzlaridan biri boʻlgan. U suratga tushgan filmlar $200 million (2021-yilda $2 milliardga teng) ishlab topgan. 1962-yilda vafotidan[3] keyin, Monroe pop-madaniyat ikonasiga aylangan. 1999-yilda Amerika film instituti „Hollywoodning oltin asridagi eng buyuk aktrisalar“ roʻyxatida Monroeni oltinchi oʻringa loyiq topgan. Koʻplab kinotanqidchilar va ommaviy axborot vositalari Monroeni Oscar olmagan eng yaxshi aktrisalardan biri sifatida tilga olishgan[4][5].

Qisqa faktlar Tavalludi, Vafoti ...
Remove ads

Hayoti

Marilyn Monroe, tugʻilgan paytidagi ismi — Norma Jeane Mortenson, 1926-yil 1-iyunda Los-Anjeles (Kaliforniya) shahrida tugʻilgan. Onasi Gladys Pearl Baker (qizlik familiyasi Monroe; 1902-1984) Meksikadan Kaliforniyaga koʻchib kelgan. Marilyn Monroe bolaligining koʻp qismini mehribonlik uyida oʻtkazgan[6]. Oʻn olti yoshida politsiya ofitseri James Doughertyga turmushga chiqgan. Monroe 20th Century Fox va Columbia Pictures kinokompaniyalari bilan shartnoma imzolab, bir necha filmlarda kichik rollarni ijro etgan. 1950-yil oxirida esa Fox bilan yangi shartnoma imzolagan. Shu yillar mobaynida u As Young as You Feel, Monkey Business, Clash by Night va Donʼt Bother to Knock kabi kinokomediyalarda rollar oʻynab tanilgan. 1953-yilga kelib Monroe Hollywood yulduzlaridan biriga aylangan.

Remove ads

Filmografiyasi

Thumb
Gentlemen Prefer Blondes (1953) filmidan sahna.
Thumb
How to Marry a Millionaire (1953) filmidan sahna.
Thumb
The Seven Year Itch (1954) filmi taqdimotida.
Thumb
Jazda faqat qizlar (1959) filmidan sahna.

Monroe jami 29 ta filmda rol oʻynagan[7][8].

Filmlar

Batafsil maʼlumot Yil, Nom ...

Televideniye

Batafsil maʼlumot Yil, Nom ...
Remove ads

Mukofotlar

Batafsil maʼlumot Yil, Mukofot ...

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads