From Wikipedia, the free encyclopedia
Busan (Koreyacha talaffuzi: [pusan]), Janubiy Koreyadagi shahar, mamlakatning janubiy-sharqiy qismida joylashgan hisoblanadi. Maʼmuriy jihatdan provinsiyaga tenglashtirilgan. Aholisi 3,5 million kishini tashkil etib, ushbu shahar aholisi boʻyicha Janubiy Koreyadagi Seuldan keyin ikkinchi eng koʻp aholiga ega shahar hisoblanadi.[1] Transport yoʻllarining muhim tuguni. Mamlakatning Koreya boʻgʻozi sohilidagi yirik porti (yiliga 30 million tonnadan ortiq yuk ortib-tushiriladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Yirik sanoat markazi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallurgiya, elektrotexnika, kimyo va rezina, mashinasozlik (jumladan, kema va avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish), harbiy, radiotexnika sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chikariladi. Yirik issiklik elektr stansiyasi va AES qurilgan. Baliq ovlanadi. Busan milod boshlarida Kaya qishlogʻi oʻrnida vujudga kelgan. 15-asrda shahar dengiz boʻyi qalʼasi sifatida Yaponiya-Koreya savdo aloqalarida muhim ahamiyatga ega boʻlgan. 20-asrda Busan yirik sanoat shahriga aylandi.
Busan | |
---|---|
| |
35°10′48″N 129°4′30″E{{#coordinates:}}: cannot have more than one primary tag per page | |
Region | Yeongnam |
|
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.