Busan
Busan, Janubiy Koreyadagi shahar, mamlakatning janubiy-sharqiy qismida joylashgan hisoblanadi. Maʼmuriy jihatdan provinsiyaga tenglashtirilgan. Aholisi 3,5 million kishini tashkil etib, ushbu shahar aholisi boʻyicha Janubiy Koreyadagi Seuldan keyin ikkinchi eng koʻp aholiga ega shahar hisoblanadi. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Mamlakatning Koreya boʻgʻozi sohilidagi yirik porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Yirik sanoat markazi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallurgiya, elektrotexnika, kimyo va rezina, mashinasozlik, harbiy, radiotexnika sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chikariladi. Yirik issiklik elektr stansiyasi va AES qurilgan. Baliq ovlanadi. Busan milod boshlarida Kaya qishlogʻi oʻrnida vujudga kelgan. 15-asrda shahar dengiz boʻyi qalʼasi sifatida Yaponiya-Koreya savdo aloqalarida muhim ahamiyatga ega boʻlgan. 20-asrda Busan yirik sanoat shahriga aylandi.