Bill Gates

Amerikalik boy ishbilarmon va xayriyaparvar From Wikipedia, the free encyclopedia

Bill Gates

William Henry Gates III (oʻqilishi: Uilyam Henri Geyts Uchinchi; 1955-yil 28-oktyabrda tugʻilgan) amerikalik biznes-magnat, dasturchi, investor, yozuvchi va filantropdir. Gates bolalikdagi doʻsti Paul Allen bilan birgalikda hozirda jahonning eng yirik AT-industriya kompaniyasi boʻlmish Microsoftga asos solgan[2][3]. U Forbes jurnalining dunyodagi eng badavlat kishilar roʻyxatida koʻp yillar davomida birinchi oʻrinni egallab kelgan[4] Gates qoʻlida Microsoft ulushining 1,6 foizi mavjud.[5]. Gates, shuningdek, bir necha kitoblar muallifi hamdir.

Qisqa faktlar Tavalludi, Fuqaroligi ...
Bill Gates
Thumb
Gates 2017-yilda
Tavalludi
William Henry Gates III

28-oktyabr 1955-yil (1955-10-28) (69 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Taʼlimi Harvard universiteti (tashlab ketgan)
Kasbi
  • Dasturchi
  • investor
  • ishbilarmon
Faoliyat yillari 1972  hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Melinda French Gates
(turm. 1994; ajr. 2021)
[1]
Bolalari 3
Otasi Bill Gates Sr.
Onasi Mary Maxwell
Veb-sayti gatesnotes.com
Imzosi
Thumb
Yopish

Shaxsiy kompyuter inqilobining yirik arboblaridan biri boʻlgan Gates monopoliyada ayblanib tanqid etilgan[6]. Shu bilan birgalikda Gates koʻplab ehsonlar qilgan: 2000-yilda rafiqasi bilan tuzgan Bill & Melinda Gates Foundation jamgʻarmasi orqali tibbiy va ilmiy tadqiqotlarga $36 milliarddan oshiq xayriya ulashgan[7][8].

Gates 2000-yil yanvarida Microsoft bosh ijrochi direktori lavozimidan voz kechib, raislikka oʻtdi. 2006-yil iyunida u Bill & Melinda Gates Foundation jamgʻarmasida ishlashini eʼlon qildi. 2008-yil 27-iyunida Gates Micorosoftʼdagi oxirgi toʻliq ish kuniga chiqdi. Hozirda u kompaniya ishlariga deyarli aralashmaydi.

Turmush oʻrtogʻi Melinda Gatesga 1994-yili uylangan. Uch farzandi bor: qizlari Jennifer Katharine (1996-yil tugʻilgan) va Phoebe Adele (2002-yil tugʻilgan) hamda oʻgʻli Rory John (1999-yil tugʻilgan). Bill Gates dindor emas, oʻzini agnostik deb taʼriflaydi[9][10].

Manbalar

Havolalar

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.