Barack Hussein Obama II (talaffuzi: Barak Useyn Obama Ikkinchi; 4-avgust 1961-yilda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi, huquqshunos va yozuvchi boʻlib, 2009-yildan 2017-ylga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 44-Prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. Bungacha 1997-yildan 2004-yilga qadar Illinois shtati senatori, 2005-yildan 2008-yilga qadar esa AQSh senatori (Illinoisdan) vazifalarini bajargan. Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlgan Obama AQShning ilk afroamerikalik prezidenti boʻlgan.[1] Obamadan keyin AQSh Prezidenti Donald Trump boʻldi.
Barack Obama | |
---|---|
Rasmiy portret (2012) | |
44-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti | |
Mansab davri 20-yanvar 2009-yil – 20-yanvar 2017-yil | |
Vitse-prezident | Joe Biden |
Oʻtmishdoshi | George W. Bush |
Vorisi | Donald Trump |
Amerika Qoʻshma Shtatlari Senatori (Illinoisdan) | |
Mansab davri 3-yanvar 2005-yil – 16-noyabr 2008-yil | |
Oʻtmishdoshi | Peter Fitzgerald |
Vorisi | Roland Burris |
Illinois Senati aʼzosi (13-okrugdan) | |
Mansab davri 8-yanvar 1997-yil – 4-noyabr 2004-yil | |
Oʻtmishdoshi | Alice Palmer |
Vorisi | Kwame Raoul |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Barack Hussein Obama II 4-avgust 1961-yil Honolulu, Hawaii, A.Q.Sh. |
Fuqaroligi | AQSh |
Siyosiy partiyasi | Demokratlar |
Turmush oʻrtogʻi | Michelle Robinson (1992-yildan) |
Bolalari |
|
Ota-onasi |
|
Istiqomat joy(lar)i | Kalorama, Washington |
Taʼlim | Punahou maktabi |
Alma mater |
|
Kasbi |
|
Imzosi | |
Vebsayti |
2009-yil 9-oktyabrida tinchlikparvar siyosati uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.[2]
2012-yilgi saylovda ham gʻalaba qozondi.[3] Shuningdek, Obama uch bestseller kitob muallifi hamdir: Dreams from My Father („Otamdan orzular“) (1995), The Audacity of Hope („Umid jurʼati“) (2006) va A Promised Land („Vaʼda qilingan yer“) (2020).[4]
Dastlabki hayoti va karyerasi
Obama 1961-yil 4-avgustda[5] AQShning Hawaii shtati Gonolulu shahridagi Kapiolani Ayollar va Bolalar Tibbiy Markazida dunyoga kelgan.[6][7][8] U Hawaiida va AQShning 48 ta qitʼada joylashgan shtatlaridan tashqarida tugʻilgan yagona prezidentidir.[9] Uning onasi oq va otasi qora irqqa mansub. Onasi, Ann Dunham (1942-1995) Kanzasning Uichita shahrida tugʻilgan boʻlib, asosan ingliz, nemis, irland, shotland va uelslik kelib chiqishga ega boʻlgan.[10] Otasi Barack Obama Katta (1936-1982)[11][12] Keniyaning Luo qabilasiga mansub hamda grant asosida Hawaiiga oʻqishga kelgan talaba boʻlgan. Obamaning ota-onasi 1960-yilda Manoadagi Hawaii uiversitetida rus tili darsida uchrashishgan.[13][14] Juftlik 1961-yilning 2-fevralida, Obama tugʻilishidan olti oy avval Vailukuda turmush qurishgan.[15][16]
1961-yil avgusti oxirlarida, Obama tugʻilganidan bir necha hafta oʻtgach, Barack va uning onasi Seattle shahridagi Washington universitetiga koʻchib oʻtishib, u yerda bir yil yashashdi. Bu vaqt davomida Barackning otasi 1962-yilning iyunida Hawaiida oʻqishini tamomlab, iqtisod boʻyicha bakalavrlik darajasi oldi. Keyinchalik, Harvard universitetiga grant asosida oʻqishga kirib, u yerni tugatdi va iqtisod boʻyicha magistrlik darajasini oldi. Obamaning ota-onasi 1964-yil martida ajrashishdi.[17] Obama Katta 1964-yilda Keniyaga qaytdi va u yerda uchinchi marta uylandi. U, shuningdek, Keniya moliya vazirligida katta iqtisod tahlilchisi lavozimini bajardi.[18] U oʻgʻli Obamani koʻrish uchun 1971-yil Mavlud bayramida[19] faqat bir marotaba Hawaiiga tashrif buyurgan. U 1982-yili avtomobil halokati tufayli vafot etdi, bu paytda Obama 21 yoshda edi.[20] Bolalik chogʻlarini yodga olarkan, Obama bu haqda shunday deydi: „Otamning atrofimdagi odamlarga umuman oʻxshamasligini, yaʼni u qop-qora boʻlsa, onam sutdek oqligini bazorgʻa fahmlaganman“.[14]
Nashr etilgan kitoblari
- Dreams from My Father (1995)
- The Audacity of Hope (2006)
- Of Thee I Sing (2010)
- A Promised Land (2020)
Audiokitoblar
- 2006: The Audacity of Hope: Thoughts on Reclaiming the American Dream (Random House Audio) ISBN 978-0739366417
Manbalar
Oʻqish uchun
Havolalar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.